Yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan тengdosh-tengdoshga tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman!” keng qamrovli targ‘ibot aksiyasini amalga oshirish belgilangan.
Shunga ko‘ra, Jizzax viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan iborat targ‘ibot guruhi shakllantirilib, aholi gavjum joylarda, jumladan bozorlar, savdo komplekslari, ko‘chalarda, axborot kutubxona markazida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Hech kim hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida fuqarolarning uzogʻi yaqin, ogʻiri yengil boʻlmoqda. Bugunda FHDY idoralariga qilingan har bir murojaatga oʻz vaqtida yechim topilib, xizmatlar sifatli va samarali olib borilmoqda.
Baxmal tuman FHDY boʻlimi tomonidan tumandagi Istiqlol MFYda yashovchi 1948-yilda tugʻilgan fuqaro J.Baymuratov tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.
Gʻallaorol tumanida FHDY boʻlimi tomonidan A.Suyarovning 1982 yılda vafot etgan turmush oʻrtogʻining oʻlimi qayd etib berildi.
Jizzax shahar FHDY boʻlimida 2008-yil 23-oktabrda vafot etgan Sh.Fga oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinib, yaqin qarindoshiga topshirildi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan IIV huzuridagi JIED Uchinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari hamda 29-sonli manzil koloniyasi xodimlari ishtirokida qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
BMTning 10.12.1984 yildagi “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi Konvensiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.06.2021 yildagi "Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5163-sonli qarori hamda Jinoyat kodeksi tegishli moddasining sharhi bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Tadbir so'ngida yig'ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
“Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar orqali aholi va yoshlar orasiga tobora yaqinroq kirib borilmoqda.
Bugungi loyiha ekologiya mavzusiga bag'ishlanganligi bilan ahamiyatlidir. Sababi bahorning yangilanish va yasharish hususiyati atrof-muhitni ham tobora yashillikka burkamoqda.
Jizzax shahrining aholi gavjum joylarida, bozorlarda, istirohat bog'larida va ayni dehqonchilik mavsumini boshlash chog'ida turgan bog'bonlar davrasida o'tkazilgan viktorina o'yinlari yoshu-qarining ekologiya borasidagi huquqiy bilimlarini sinash bilan birga, targ'ibot guruhi uchun ham bog'dorchilik va ko'chatchilik sirlari to'g'risida yaxshiroq bilib olishlari uchun tajriba bo'ldi.
Viktorina savol-javoblarida faol ishtirok etgan yurtdoshlarimizga sovg'alar topshirildi. Savollarga javob topishga qiynalgan ishtirokchilarga huquqiy adabiyotlar va Konstitutsiya kitoblari topshirilib, bu boradagi bilimlarini aynan mana shunday adabiyotlardan yanada mustahkamlab olishlari kerakligi tushuntirildi.
AGAR SIZ:
✔️ o‘z biznesingizda foydalanayotgan yoki foydalanmoqchi bo‘lgan intellektual mulk haqida ma’lumotga ega bo‘lishni;
✔️ intellektual mulk sizning biznes imkoniyatlaringizni oshirishga qanday yordam berishi mumkinligini;
✔️ o‘z biznesingiz qanday istiqbolli intellektual mulk aktivlariga ega ekanligini;
✔️ intellektual mulk aktivlarini qanday himoya qilish va biznesingizga qo'shimcha qiymat berish uchun qanday boshqarish mumkinligini o'rganishni istansangiz
???? O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilayotgan sayyor qabulini o'tkazib yubormang!
⏰ Sayyor qabul sanasi va soati: 13-mart kuni, soat 10:00 da.
????Manzil: Jizzax shahar, Navoiy ko'chasi, 4/4, Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazi (Yagona darcha)
Murojaat uchun raqamlar ????
☎️ (+993) 72-226-24-47, +998 91 593 53 44
???? Қонунчиликка кўра, уй-жойга муҳтож хотин-қизларга бериладиган арзон уй-жойлар тўлови қуйидагича миқдорда қопланиши белгиланган: (https://lex.uz/docs/3682704)
????10 фоизи Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш давлат мақсадли жамғармаси, талабгор ишлаётган ташкилот ва бошқа манбалар ҳисобига (бошланғич бадал сифатида);
????90 фоизи банкларнинг имтиёзли кредитлари ҳисобига.
Mamlakatimizda yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir yosh davlatimiz eʼtiborida ekanligi, ularning taqdiri, hayoti va kelajagiga xech kim befarq emasligi olib borilayotgan amaliy ishlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Bugunda Jizzax viloyat adliya tizimga viloyatimiz boʻyicha 12 mingdan ortiq yoshlar biriktirilgan boʻlib, ular bilan bevosita ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi. Toifalarga ajratilgan yoʻnalishlar boʻyicha uchrashuvlar, davra suhbatlari utkazilmoqda. Muammolari urganilib ularga yechim topilmoqda.
Sharof Rashidov tumanida adliya organlariga 3.609 nafar yoshlar, shundan "Nonisangil" mahallasida 1.538 nafar yoshlar biriktirilgan. Adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashevning mahalla yoshlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Yoshlarning oʻz fikr-mulohazalari, muammolari va kamchiliklar yuzasidan ochiq soʻz yuritishlariga sharoit yaratildi. Bu kabi tadbirlarda koʻpgina savollar qonunchilikni bilmaslik oqibatidan paydo boʻlayotgani sababli, yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish borasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi orzulari va maqsadlari tinlanib, ularni amalga oshirish bo'yisha doimo hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.
Mirzachoʻl tumani adliya boʻlimi tomonidan tumanning Do'stlik MFY hududidagi 9-10-11 sinf oʻquvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o'quvchilar tuman tarix muzeyi, kosmonavtika muzeyi hamda tuman axborot kutubxonalarida bo'lib, u yerdagi eksponatlar, tarixiy asarlar, badiiy adabiyotlar va jahon adabiyoti na'munalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir so'ngida yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Doʻstlik tuman sudi bilan hamkorlikda oʻquvchilar ishtirokida sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sud raisi A.Umirzakov hamda tuman adliya boʻlimi tomonidan sudlov faoliyati boʻyicha batafsil tushunchalar berilib, oʻquvchi yoshlarning oʻzlari qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Eng asosiysi yoshlarni huquq sohasiga qiziqtirish orqali ularning huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga befarq boʻlmasliklarini tushuntirish, qonunchilikdan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida yoshlar uchun sayyor sud jarayonlari tashkil etilmoqda.
Bunday targʻibot tadbirdari amaliyot va nazariyaning ajoyib uygʻunligi hisoblanib, yoshlar qalbida qonunlarga hurmat, huquqshunoslik kasbiga boʻlgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishi tabiiy.
Mamlakatimizda yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir yosh davlatimiz eʼtiborida ekanligi, ularning taqdiri, hayoti va kelajagiga xech kim befarq emasligi olib borilayotgan amaliy ishlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Adliya boshqarmasi boshlig'i B.Pirxalov tomonidan Do'stlik tumanidagi "Sanoatchilar" mahallasida adliya organlariga biriktirgan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Yurt ertasi bo'lgan o'gil-qizlarning yaxshi ta'lim-tarbiya olishi bugunning asosiy vazifasi ekanligi, endilikda yoshlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlari uchun adliya xodimlari tomonidan yaqindan ko'mak berilishi alohida ta'kidlab o'tildi.