Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov ishtirokida Jizzax shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlar Prezidentimiz tashabbusi bilan 24-fevraldan boshlab haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.
O'quvchilari bilan tashkil etilgan suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar shu bilan birga, voyaga etmaganlar o'rtasida kuzatiladigan jinoyatlarning javobgarligi masalasi, narkojinoyatlarning huquqiy oqibati, odam savdosi, kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini bildirdi.
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 405-моддасига кўра, фарзанд туғилгандан кейин ота-оналар ёки бошқа яқин қариндошларга болани парваришлаш учун махсус таътил берилади. Ушбу таътил боланинг икки ёки уч ёшга тўлгунига қадар давом этиши мумкин ва у билан боғлиқ айрим ижтимоий кафолатлар ҳам назарда тутилган.
Биринчи навбатда, ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугагач, аёлнинг хоҳишига кўра унга боласи икки ёшга тўлгунига қадар болани парваришлаш таътили берилади. Ушбу давр учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланган тартибда нафақа тўланади. Бу нафақа бола парвариши билан боғлиқ харажатларни қисман қоплашга хизмат қилади.
Иккинчидан, аёл ўз хоҳишига кўра боласи уч ёшга тўлгунига қадар уни парваришлаш учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқига эга. Бироқ бу таътил даврида иш ҳақи сақланмайди. Шунга қарамай, ходимнинг иш жойи ва лавозими сақланиб қолади.
Учинчидан, қонунчиликка кўра болани парваришлаш таътилидан фақат она эмас, балки боланинг отаси, бувиси, буваси ёки болани амалда парваришлаётган бошқа қариндошлари ҳам фойдаланиши мумкин. Шунингдек, бола васийга берилган бўлса, васий ҳам ушбу таътилдан тўлиқ ёки қисмларга бўлиб фойдаланиш ҳуқуқига эга.
Тўртинчидан, болани парваришлаш таътили вақтида ходим истаса, тўлиқсиз иш вақти асосида ишлаши ёки иш берувчи билан келишувга кўра уйда туриб ишлаши мумкин. Бунда болани парваришлаш учун белгиланган нафақани олиш ҳуқуқи сақланиб қолади.
Бешинчидан, болани парваришлаш таътили даврида ходимнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Шунингдек, ушбу таътилнинг кўпи билан олти йили умумий меҳнат стажига, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига қўшиб ҳисобланади. Бироқ жамоа шартномаси ёки ташкилотнинг ички ҳужжатларида бошқача тартиб назарда тутилмаган бўлса, болани парваришлаш таътили вақти келгусидаги йиллик меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини берувчи иш стажига киритилмайди.
Mirzacho'l tumani Adliya bo'limi xodimlari tomonidan 06.03.2026-yilda “Mustaqillik” MFY “mahalla yettiligi”, mahalla faollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarorining mazmun-mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tayyorlangan kiberxavfsizlik, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlar, soxta qo‘ng‘iroqlar, firibgarlik, kiberjinoyatlardan qanday himoya qilinish mumkinligi bo‘yicha tayyorlangan ogohlantirish va slaydlar mazmuni hamda boshqa turdagi huquqbuzarliklar, ularning salbiy oqibatlari va Jinoyat kodeksida mazkur toifa jinoyatlari uchun tayinlanadigan jazo turlari haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, huquqshunos xodimlar tomonidan “mahalla yettiligi” hamda mas’ullarga erta va qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda oila qadriyatlari haqida tushunchalar yetkazish, bolalar va ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish, nizoli oilalarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasining 29.01.2026-yildagi “Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarori haqida xabardor qilinib, qarorning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirib berildi.
Tadbir yakunida, mas’ullarga mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda bu borada ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ning ijrosini sifatli ta’minlash masalalariga oid tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan ish bilan ta’minlash, mulkiy munosabatlar, meros masalasi bo‘yicha qonunchilikning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga “International foodchain” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushib, unda jamiyatga tegishli “KFC” tovar belgisidan tadbirkorlik subyektlari tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalaganlik holati ma’lum qilingan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari davomida Jizzax shahar hududida joylashgan xizmat ko'rsatish shaxobchasi tomonidan iste’molchilarni adashtirish darajasida o‘xshash tovar xizmat ko'rsatish belgisidan foydalanib kelinganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilib, noqonuniy muomaladagi mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi.
Adliya bo‘limi tomonidan “Madad” NNT, IIB, xotin-qizlar bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi “Madaniyat” MFYda ijtimoiy profilaktika haftaligi o‘tkazildi.
Tadbirda, mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida huquqiy tushuntirish berildi.
Tadbir yakunida, oilaviy nizolar, ajrimlarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi, ularning muammolari o'rganildi va tegishli huquqiy tushunchalar berilishi ta’minlandi.
Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini aniqlashdan iboratdir.
Sayyor qabul davomida adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududlarda kontrafaktga qarshi kurashish doirasida targʻibot ishlari davom etmoqda.
Sh.Rashidov tumanida faoliyat yurituvchi savdo obyektlarida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi ekanligi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlar kataloklari va boshqa tarqatma materiallar taqratildi.
Oliy ta'lim muaasasalarining bitiruvchi talabalarini amaliyotga jalb etish, tanlagan kasbi bo'yicha mehnat faoliyati yuzasidan tushunchalarga ega bo'lishlari uchun davlat organlari va tashkilotlarida amaliyot o'tash tajribasi ko'p yillardan beri samarali natija berib kelmoqda. Xususan, bugunda Toshkent davlat yuridik universitetining 11 nafar bitiruvchi kurs talabalari adliya tizimida amaliyot o'tamoqda. Ularning bilimi va salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida "Targ'ibot poezdi" loyihasiga jalb etilgan holda joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, mazkur loyihaga Jizzax yuridik texnikumi o'quvchilari ham jalb etilmoqda. Bu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad esa yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshirishdan iborat bo'lib, suhbatlar tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlarning dastlabki manzili Do'stlik va Mirzacho'l tumanlarida adliya bo'limiga biriktirilgan umumta'lim maktablari bo'ldi. Talabalar tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va yoshlarga berilgan imtiyozlar, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kiberjinoyat va narkotik moddalar savdosi kabi noqonuniy ishlarning huquqiy javobgarlik masalalari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Shu bilan birga o'quvchi yoshlarda huquqshunoslik kasbiga qiziqishni oshirish maqsadida qonun himoyachisi bo'lish insonga katta mas'uliyat yuklashi, davlat xizmatchisi sifatida xalqqa xizmat qilish eng oliy burch ekanligi ta'kidlandi. Talabalar o'zlari erishgan yutuqlar, o'qish jarayonlari, ilm olishdagi mashaqqatlar haqida aytar ekan, bu orqali jamiyatga kerakli kadr bo'lib yetishishi, oilasi, ota-onasining ishonchini oqlashi haqida faxr bilan gapirib berishdi.
Bundan tashqari “Huquqiy viktorina" o'yinlari ham tashkil etilib, yoshlarning huquqiy bilimlari sinovdan o'tkazildi.
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»dagi Konstitutsiyamizning eng muhim prinsiplaridan biri bo‘lgan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida belgilangan yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar sud-huquq tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Buning natijasida sud mustaqilligi ta’minlandi, sudyalarning huquqiy maqomi yanada mustahkamlandi, sud ishlarini tashqi ta’sirlardan holi tarzda hal qilishni kafolatlovchi huquqiy baza yaratildi.
Shu sababli fuqarolarimizda sudga bo‘lgan ishonch yanada ortib borishi natijasida, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudlarda murojaat qilish salmog‘ida ortib bormoqda.
Sudlarning asosiy vazifasi bo‘lgan odilov sudlovni amalga oshirish faoliyatini tubdan yaxshilash, fuqarlarimizda yengilliklar yaratish va davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qator Qaror va Farmonlar, Oliy Majlis tomonidan sohaga doir qonunlar, huqumat tomonidan qarorlar, normativ hujjatlar qabul qilinmoqda.
Shulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabr kungi “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-280-sondi Qarori hisoblandi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida»gi PF-80-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaror fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining rolini oshirish, shuningdek, notariuslar faoliyatini raqamlashtirish bilan bog‘liq ishlarni izchil davom ettirish maqsadida qabul qilingan.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha bo‘lgan notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan, yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida hamda ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlar, kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi joriy etish belgilandi.
Bu bilan kelgusida nizosiz bo‘lgan fuqarolik-huquqiy talablar yuzasidan sudga murojaat qilmasdan, notariuslar tomonidan ijro xatlari yozish orqali hal etiladigan bo‘ladi. Bu esa fuqarolarni va tadbirkorlik sub’ektlarinin ortiqcha ovvoragarchiligini oldini oladi hamda sudlarda mavjd yuklamalar kamayishi, ularni nizoli masalalarni hal qilishga ko‘p vaqt ajratishga imkoniyat yaratiladi.
Bundan tashqari, notariuslarga yuklatilyotgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, natarial idoralarda faoliyat yuritishi uchun professional kadrlar zaxirasini yaratish va ularga kadrlarni tanlab olish mexnaizmini tubdan yaxshilashga doir bir qator normalar kiritildi.
2026-yil 1-apreldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga oshirish, bunda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra notarius o‘z roziligi bilan ish faoliyatini yetmish yoshgacha amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘rniga axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda quyidagi ikki bosqichdan iborat bo‘lgan yagona tanlov tartibini joriy etiladi.
Unga ko‘ra, birinchi bosqichda talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadi. Ikkinchi bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi. Mazkur talab faqat Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etiladigan kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z kasbiy faoliyatini uzrli sabablarga ko‘ra bajara olmagan taqdirda, uning arizasiga asosan litsenziyasining amal qilish muddatini to‘xtatib turish, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatishdan tashqari ogohlantirish va jarima ko‘rinishidagi muqobil ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi.
Shuningdek, Adliya vazirligiga notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng ko‘p sonini belgilash hamda olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hudud (notarial okrug)larda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga talabgorlarni yagona tanlovda ishtirok etmagan holda Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida tayinlash kabi qo‘shimcha vakolatlar beriladi.
Kamida uch yil davomida notariuslik faoliyatini amalga oshirgan notariuslarga Oliy malaka komissiyasi xulosasi asosida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius sifatida o‘zlari tanlagan respublikaning istalgan boshqa hududida faoliyatini davom ettirish huquqi beriladi.
2026-yil 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va undagi ulushlar bilan bog‘liq barcha bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuborilib, ko‘chmas mulk ob’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi ma’lumotlar kommunal xizmatlar tashkilotlarining elektron axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi va ma’lumotlar bazalarida yangilanadi.
Kadastr agentligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Soliq qo‘mitasi va «O‘zsuvta’minot» AJ 2026-yil 1-aprelga qadar o‘z axborot tizimlarining belgilangan tartibda to‘liq integratsiyasini ta’minlab, ma’lumotlar avtomatik tarzda yangilanishini yo‘lga qo‘yiladi.
Bularning hammasi, fuqarolarimiz hamda tadbirkorlik sub’ektlarimizga keng kulamli qo‘layliklar yaratish, ularni vaqtini tejash va ularni ortiqcha ovvogarchiligini oldini olishga qaratilgan islohatlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Habibullo Yorov
Jizzax viloyat ma’muriy
sudining sudyasi
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialining magistratura bosqichi talabalari hamda o'qituvchilari adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Dastlab ishtirokchilarda adliya organlari haqida aniqroq tushunchalar hosil qilish uchun tizim faoliyatiga bag'ishlangan videorilik namoyish etildi.
Shundan so'ng, o‘quvchilar viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘limlar faoliyati va ulardagi ish jarayonlari, xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Adliya boshqarmasining tarkibiy bo'limlari xodimlari tomonidan o'z yo'nalish faoliyatlari doirasida tushunchalar berildi. Har bir yo'nalish huquqiy sohaga qiziqadigan talabalarning e'tiboridan chetda qolmadi. Shu bilan birga yoshlar qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgarishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.