Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
Sayyor_qabul

Bugungi kunda adliya va soliq organlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash hamda ularning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev hamda Jizzax shahar 4-sektor rahbari J.Axbo'tayevlar tomonidan Jizzax shahar “Shodlik” MFYda tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul huddi shu maqsadlarni ko'zda tutadi. 

Tadbirda faollar, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari aholi va yoshlar muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida yuzma-yuz muloqotlarga kirishishdi.

Sayyor qabul davomida 35 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berilib, masalaning ijobiy yechim topishi uchun to'g'ri yo'l ko'rsatildi. Yechimi vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olindi. Aholiga Jizzax shahar Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar ham ko'rsatildi.

08
Adliya aralashuvi bilan...

Fuqaro P.Karimovning Jizzax viloyat IIB YHXB (Jizzax shahar IIB YHXB) xodimlari tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlaridan norozi bo‘lib adliya boshqarmasiga qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O'rganishda, Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan fuqaro P.Karimovga nisbatan 2019-2021-yilgacha  12 ta ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorlar rasmiylashtirilganligi, biroq mazkur qarorlar chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmaganligi ma'lum bo'ldi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 330-moddasida Basharti ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo‘lsa, u holda bunday qaror ijro etilmasligi belgilangan.

Shunga asosan, o'rganish yakunida 12 ta ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qilish haqida Jizzax viloyati IIB YHXBga taqdimnoma kiritilib, ushbu qarorolar bekor qilinishi ta'minlandi.

07
Qonunchilikdagi yangiliklardan har bir fuqaro xabardor boʻlishi kerak

Mahalla aholisini jinoyatchilar haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini oʻtkazish hamda huquqiy tarbiyani yoʻlga qoʻyishning samarali mexanizmlarini yaratish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi tashkilot va muassasalarda targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Targʻibot tadbirlari davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati keng tushuntirib borilmoqda. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Yuristlar malaksini oshirish markazi rofessor oʻqituvchilari maʼruza bilan ishtirok etishmoqda.

06
Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida o‘rganishlar olib borilmoqda

Mahalla aholisini jinoyatchilar haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Baxmal tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan uchrashuvda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot mas’ullari, aholi va yoshlar jamlandi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan dastlab qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovdan foydalanish huquqi, aholi tomonidan davlat organlarini hisobdorlikka chaqirish orqali jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga urg‘u berilib, sportda yuqori natijalarni qayd etgan baxmallik yoshlarning mehnatlari alohida e’tirof etildi.

06
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MUHIM VAZIFA

Respublika ishchi guruhining mahalla aholisini jinoyatchilar haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Jizzax viloyatida o‘rganishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ishchi guruh tomonidan Zarbdor tumanida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish maqsadida jinoyatchilik soni oshgan, “qizil” hudud toifasiga kirgan mahallarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. “Mustaqillik”, mahallasi “qizil” hudud toifasida, “Adirobod” va “Yoshlik” mahallalari sariq hudud sifatida belgilangan. Ishchi guruhning ushbu mahallalar beshligi va mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti hududda sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni keng muhokama qilishga asos bo‘ldi. Mahalla osoyishtaligini ta’minlash, o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash har qanday jinoyatga to‘siq bo‘ladi, deyildi tadbirda. Shuningdek, uchrashuvda odam savdosi, korrupsiya, kiberxavfsizlik, firibgarlik kabi jinoyatlardan ogoh bo‘lish, ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolish xavfi yuqori bo‘lgan fuqarolar bilan alohida viktimologik chora-tadbirlar o‘tkazilishi lozimligi tushuntirilib, mahalla xavfsizligi borasida har bir fuqaroning faolligi muhim ekanligi ta’kidlandi. Tadbir davomida aholi muammolari o‘rganildi va murojaatlar yuzasidan fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

05
Adliya aralashgach...

Forish tuman Moliya bo‘limi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi kafolatli to‘lovlar to‘lanishi kechikayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu to’lovlarni undirib berilishida amaliy yordam berishni so‘rab 4 nafar fuqaroning yo‘llagan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, ishdan bo‘shagan xodimlar muqaddam tuman iqtisodiyot va moliya bo’limida ishlab kelganligi va Jizzax viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 25-may kungi 56-sht-buyrug`i bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsada, xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash kafolatlari lozim darajada ta`minlanmaganligi aniqlandi. Xususan, ushbu sobiq xodimlarga 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmagan.

Forish tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan murojaatchilarga 10 million so‘mga yaqin bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi. Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

04
Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun

Jizzax viloyati yuridik texnikumida yangi 2023-2024-o‘quv yilining boshlanishi va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov ishtirok etdi.

Tadbirda texnikumning 2-bosqich o‘quvchilari tomonidan Vatanni madh etuvchi she'rlar o‘qildi.

Shuningdek, adliya vazirligi stipendiyasi sohibalari hisoblangan texnikumining 5 nafar o‘quvchisi sertifikat bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun, stipendiya Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vazirligi tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

31
E'tirof ezguliklarga qanot

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotini shakillantirishga hissa qo'shayotgan bir guruh xodimlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i” bilan hamda boshqarma boshlig‘i A.Ergashev "Notariat sohasiga qo‘shgan xissasi uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

30
Huquqiy targ’ibot

Jizzax viloyat o’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida profilaktik tadbir o’tkazildi.

Tadbirda, Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov, Jizzax viloyat ma’muriy sudi sudyasi B.Xursanov, Jizzax viloyat sudi bosh konsultanti va A.Po’latovlar ishtirok etishdi.

Yig’ilish ishtirokchilariga, O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda Jinoyat kodeksining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etish bilan bog’liq jinoyatlarga oid moddalari bo’yicha tushunchalar berildi.

Tadbir so’ngida, yig’ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.

29
Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun

Jizzax garnizonidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi va Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo'linm mutaxassisi bilan  deputatlar, faxriylar, yozuvchilar va shoirlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Kun davomida  kutib olingan mexmonlar harbiy  qismda  yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga sharafli va mashaqqatli kasb egalarining kundalik hayoti,harbiylarning  ruhiy zo'riqishlarni yechish honasida va sport majmuoasidagi sharoitlar bilan mashg‘ulotlar tashkil etildi.