Yangiliklar
Adliya organlari xodimlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy ahilliklik hamda oʻzaro tajriba almashish maqsadida Adliya tajriba estafetasi loyihasiga start berildi.
Loyihaning ilk qadami Fargʻona viloyati adliya boshqarmasiga boʻldi. Bu loyiha respublikaning 14 ta hududiy adliya boshqarmalarida oʻtkazilishi rejalashtirilib, ular orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan viloyat misolida master klass shaklida uchrashuvlar tashkil etiladi.
Ushbu loyiha doirasida koʻrsatkichlari jihatidan namunali deya eʼtirof etilgan Fargʻona viloyat adliyasi huquqiy targʻibot va jamoatchilik bilan ishlash sohasida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.Dastlab viloyatning Furqat tumani adliya boʻlimi, DXM, Yuridik markazlari, FHDYOsi joylashgan yagona maʼmuriy binosida boʻldik.124 ming aholisi bor ushbu maskanda aholi bilan ishlash jarayonlari bilan tanishdik.Bu yerda bir kunda oʻrtacha 200 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Aholi asosan kadastr, elektron raqamli imzo, tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi masalalarda murojaat etadi. Ushbu tuman hunarmandchilik borasida ilgʻor tumanlardan hisoblanadi.Jarayonlarni kuzatish davomida OAVga olis hududlardan materiallar tayyorlash boʻyicha ham fikrlar almashildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan Jizzax shahar "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev, "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti yuristi R.Yunusov hamda Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatovlar tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi hamda 15 nafar fuqaroning murojaatlari yozib olinib ijroga qaratildi.
Fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida, kundalik turmush tarzida duch kelishi mumkin bo'lgan huquqiy masalalar to'g'risida hamda qonunchilikdagi so'ngi yangiliklar to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Yoshlar bandligi – bu davlat ahamiyatiga molik masala.
Yoshlar muamolarini o'rganish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining dolzarb va uzoq muddatli vazifasi sanaladi.Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang'ich sharoitlariga bog'liqligi bilan belgilanadi.Tuman adliya bo'limlari tomonidan ham o'zlariga biriktirilgan yoshlar va ularning ota onalari bilan uchrashuv o'tkazib, yoshlarning muammolarini o'rganib kelinmoqda xamda muammolarini bartaraf etish bo'yicha zarur chora- tadbirlar belgilab ushbu chora tadbirlar bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinboasri E.Maxammadiyev tomonidan joriy yilning 31-iyul kuni Arnasoy tumani, Yangibo'ston MFYda fuqarolar qabul qilindi. Qabul davomida jami 30 dan ortiq fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlar ham qabul qilindi.
Qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning (tadbirkorlarning) murojaatlari yuzasidan qonun normalarida belgilangan tartib bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 15 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.Bundan tashqari sayyor qabul davomida fuqarolarga va tadbirkorlarga jami 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Bundan tashqari, sayyor qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarga va fuqarolarga ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda O‘zbekiston joriy yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishi ma`lum qilindi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shu maʼnoda, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov Zafarobod tumanidagi "Nurafshon" MFYda fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi va sayyor tarzda fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Qabul davomida jami 40 dan ortiq fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlar ham qabul qilindi.
Qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning (tadbirkorlarning) murojaatlari yuzasidan qonun normalarida belgilangan tartib bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 19 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.
Bundan tashqari sayyor qabul davomida fuqarolarga va tadbirkorlarga jami 17 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi.Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.
Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi “Boʼston” poliklinikasi xodimi M.Bning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarning qonuniyligini oʼrganib berishni soʼrab qilgan murojaati adliya boshqarma tomonidan oʼrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli Qarori bilan tasdilangan “Oʼzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʼlash tartibi va shartlari toʼgʼrisida”gi Nizomning 10-bandiga muvofiq oliy toifaga ega boʼlgan vrach xodimlarga tarif setkasi boʼyicha 10 razryadda ish haqi hisoblanishi belgilangan.
Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi Tez tibbiy yordamda ishlagan davri uchun uning 2022-yil 17-mart kuni olingan “Oilaviy shifokorlik” mutaxassisligi bo‘yicha oliy malaka toifasi berilganligi inobatga olinmagan va 7-razryad bilan ish haqi xisoblanib, M.Betuboyevaga 8.806.472 so‘m miqdorida kam olik ish haqi to‘langan.
Shunga asosan o‘rganish natijasida adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Bning manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqini undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritilib, da’vo ariza to‘liq qanoatlantirildi.
Adliyada faxriylar safi yana bittaga ko'paydi
Adliya tizimida 30 yillik ish faoliyatiga ega, bugungi kunda ko'plab shogirdlarning malakali ustozi Alimkulov Mamaraiim Egizovich adliya faxriylar safidan o'rin egalladi.
Mamaraiim Egizovichga sihat salomatlik, oilaviy hotirjamlik va keksalik gashtini mazmunli o'tkazishini tilab qolamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son topshiriqlar
bayonida har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlariga e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilib, har oyda kamida ikki marotaba ular bilan uchrashish va muammolarini hal etish vazifasi belgilangan.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘iga biriktirilgan yoshlar bilan o‘tkazilgan manzilli uchrashuvda, tumanning Rovot mahallasida yashovchi fuqaro nogironlar aravachasiga muhtoj ekanligi aniqlangandi.
Mazkur masala tez fursatda o'z echimini topdi. Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroga nogironlar aravachasi etkazib berilishi ta'minlandi. Bu boradagi ishlar bo‘lim tomonidan davom ettirilmoqda.
Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'ycha tayyorlash markazida shaxsiy tarkibning qalbi va ongida vatanparvarlik hissini singdirish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida "Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarda ishtirok etish-jinoyatga yetaklovchi illat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
G'allaorol t. G'ulchambar QFY hududida joylashgan "G‘ALLAOROL TUMAN PAYSHANBA DEHQON BOZORI" MCHJ da aholiga huqiqiy targ'ibot va sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi