Yangiliklar
Paxtakor tuman Davlat xizmatlari markazi direktori T.Bektemirov hamda markaz xodimi J.Yaxshilikovlar tomonidan tumanning Buyuk ipak yo'li mahallasida 20 dan ortiq fuqarolarga jami 4 turdagi 30 ga yaqqin davlat xizmatlari sayyor tartibda ko'rsatildi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan tadbirkorlarni davlat ro'yhatidan o'tkazishda "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili doirasida xizmatlar ko'rsatilishi yuzasidan mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga huquqiy tushuntirish berildi.
Fuqarolar qonunchilik tizimidagi yangiliklardan ham xabardor qilindi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘li Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasida tashkil qilingan tadbirda boshqarma boshligʻi A.Ergashev lavozimga tayinlangan Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘lining tarjimai holi bilan tanishtirdi hamda adliya organlari oldida turgan sharafli va masʼuliyatli vazifani vijdonan bajarib, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlidagi ishlarida omad tiladi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘lini ushbu tayinlov bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
"Bugun biz mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida, inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun etib belgilangan jamiyatda yashamoqdamiz. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomalarida belgilangan 6 ta eng muhim ustuvor vazifa barchamizdan yangicha tafakkur va yuksak mas'uliyatni talab etmoqda. Ayniqsa, “Korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga to'siq” ekani haqidagi qat'iy pozitsiya, bu illatning nafaqat iqtisodiyotimizga, balki millatimiz ma'naviyatiga, kelajagiga bo'lgan jiddiy xavf darajasini yaqqol ko'rsatib berdi",-deya ta'kidladi boshqarma boshlig'i A.Ergashev.
Xabaringiz bor korrupsiyadan holi tashkilot sifatida adliya tizimi ISO sertifikatiga ega tashkilot hisoblanadi. 2026-yil davomida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada mustahkamlash, sohada shaffoflikni oshirish va "korrupsiyaga murosasizlik" tamoyilini qaror toptirish bo'yicha tizimli ishlar olib borildi. Asosiy e'tibor xizmat ko'rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish va ichki nazoratni kuchaytirishga qaratildi.
Bu borada 2026-yilgi asosiy yo'nalishlarni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin.
Raqamlashtirish va shaffoflik: Adliya organlari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida yangi elektron platformalar ishga tushirildi va mavjudlari modernizatsiya qilindi. Notariat va FHDY sohalarida korrupsiya xavfi mavjud jarayonlar to'liq avtomatlashtirildi.
Ichki nazorat va monitoring: vazirlikning "Komplaens-nazorat" bo'linmalari tomonidan xodimlarning faoliyati doimiy ravishda o'rganilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi asosida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
Ochiqlik va jamoatchilik nazorati: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hududiy kengashlar faoliyati jonlantirilib, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazorati kuchaytirildi, murojaatlar bilan ishlash tizimi shaffoflashtirildi.
Targ'ibot-tashviqot: Xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan o'quv seminarlari va treninglar muntazam o'tkazib borildi. Bu ishlar endilikda muntazam davom ettirib boriladi.
Hurmatli hamkasblar! Biz huquqshunos degan sharafli va mas'uliyatli kasbni o'z zimmamizga olib, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat va ochiqlik kabi tamoyillarni qaror toptirish uchun sitqidildan xizmat qilmog'imiz, o'z burchimizni bajarmog'imiz lozim. Korrupsiya har qanday zamonda va har qanday makonda faqat va faqat jaholatga yetaklovchi salbiy illat sifatida qoralangan. Shunday ekan bu illatga doimo qarshi chiqishimiz, murosasiz ruhda bo'lishimiz lozim.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 18-martdagi tegishli qaroriga asosan, 708 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.
Mazkur qarorga muvofiq, fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda tan olindi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda. Bu esa mulkiy nizolarni, meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni kamaytirish, shuningdek, aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar viloyatda jami 4058 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Jizzax yuridik texnikumi faollar zalida 2026-yilning 19-mart sanasida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Boshqarma boshlig‘i bo‘lajak yuristlarning jamiyatda qonunlarga hurmat, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifamiz ekanligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni mukammal egallash, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘z qiziqishlari, maqsad va kelajak rejalari haqida gapirib berishdi. Ularning har qanday ijobiy tashabbuslari rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.
Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko'rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkaziladi. (https://lex.uz/ru/docs/6257288#6266427)
Bunda, ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o'tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.
Homilador ayolga yengilroq ish yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta'siridan xoli bo'lgan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hududidagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida mehnat qonunchiligi, mehnat ta’tillari berish, xodimlarni rag‘batlantirish va boshqa masalalar yuzasidan qonunchilikka kiritilgan yangiliklar bo‘yicha atroflicha tushuntirish berildi.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-160-son Farmoni talablariga asosan yuridik xizmat xodimlariga yuklatilgan vazifalar yetkazildi.
Bundan tashqari, hozirda tobora avj olib borayotgan kiberjinoyatlarning mazmuni yetkazilib, tashkilotlarda ushbu jinoyatni oldini olish maqsadida xodimlar uchun seminar tashkil etish bo‘yicha yuristlarga tavsiyalar berildi.
Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan “Lolazor” MFY hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lgan atrof muhit muhofazasida kuchaytirishga bag'ishlangan targʻibot tadbirlari o’tkazildi.
Uyma-uy yurgan xola aholiga firibgarlik, giyohvandlik, oʻgʻirlik va kissavurlik jinoyati shuningdek kiber jinoyat boʻyicha tushuntirishlar berilib, buklet va infografikalar tarqatildi. Atrof-muhitni asrash, uni himoya qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish oiladan, mahalladan boshlanishi, aholiga bu borada kerakli tushunchalarni yetkazish borasida mahalla faollari bilan kelishib olindi. Avvalo har kim o'z yashab turgan honadonini, istiqomat qilayotgan mahallasini toza va pokiza saqlasa mamlakatning ekologik barqarorligiga munosib hissa qo'shgan hisoblanadli.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov ishtirokida Jizzax shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlar Prezidentimiz tashabbusi bilan 24-fevraldan boshlab haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.
O'quvchilari bilan tashkil etilgan suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar shu bilan birga, voyaga etmaganlar o'rtasida kuzatiladigan jinoyatlarning javobgarligi masalasi, narkojinoyatlarning huquqiy oqibati, odam savdosi, kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini bildirdi.
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 405-моддасига кўра, фарзанд туғилгандан кейин ота-оналар ёки бошқа яқин қариндошларга болани парваришлаш учун махсус таътил берилади. Ушбу таътил боланинг икки ёки уч ёшга тўлгунига қадар давом этиши мумкин ва у билан боғлиқ айрим ижтимоий кафолатлар ҳам назарда тутилган.
Биринчи навбатда, ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугагач, аёлнинг хоҳишига кўра унга боласи икки ёшга тўлгунига қадар болани парваришлаш таътили берилади. Ушбу давр учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланган тартибда нафақа тўланади. Бу нафақа бола парвариши билан боғлиқ харажатларни қисман қоплашга хизмат қилади.
Иккинчидан, аёл ўз хоҳишига кўра боласи уч ёшга тўлгунига қадар уни парваришлаш учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқига эга. Бироқ бу таътил даврида иш ҳақи сақланмайди. Шунга қарамай, ходимнинг иш жойи ва лавозими сақланиб қолади.
Учинчидан, қонунчиликка кўра болани парваришлаш таътилидан фақат она эмас, балки боланинг отаси, бувиси, буваси ёки болани амалда парваришлаётган бошқа қариндошлари ҳам фойдаланиши мумкин. Шунингдек, бола васийга берилган бўлса, васий ҳам ушбу таътилдан тўлиқ ёки қисмларга бўлиб фойдаланиш ҳуқуқига эга.
Тўртинчидан, болани парваришлаш таътили вақтида ходим истаса, тўлиқсиз иш вақти асосида ишлаши ёки иш берувчи билан келишувга кўра уйда туриб ишлаши мумкин. Бунда болани парваришлаш учун белгиланган нафақани олиш ҳуқуқи сақланиб қолади.
Бешинчидан, болани парваришлаш таътили даврида ходимнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Шунингдек, ушбу таътилнинг кўпи билан олти йили умумий меҳнат стажига, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига қўшиб ҳисобланади. Бироқ жамоа шартномаси ёки ташкилотнинг ички ҳужжатларида бошқача тартиб назарда тутилмаган бўлса, болани парваришлаш таътили вақти келгусидаги йиллик меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини берувчи иш стажига киритилмайди.