Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
Jizzax viloyatida yana 708 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 18-martdagi tegishli qaroriga asosan, 708 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.

Mazkur qarorga muvofiq, fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda tan olindi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda. Bu esa mulkiy nizolarni, meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni kamaytirish, shuningdek, aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar viloyatda jami 4058 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

19
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Jizzax yuridik texnikumi faollar zalida 2026-yilning 19-mart sanasida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"  tashkil etildi.

Boshqarma boshlig‘i bo‘lajak yuristlarning jamiyatda qonunlarga hurmat, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifamiz ekanligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni mukammal egallash, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘z qiziqishlari, maqsad va kelajak rejalari haqida gapirib berishdi. Ularning  har qanday ijobiy tashabbuslari rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

18
#Xotin_qizlar_huquqi

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko'rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkaziladi.  (https://lex.uz/ru/docs/6257288#6266427)

Bunda, ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o'tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.

Homilador ayolga yengilroq ish yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta'siridan xoli bo'lgan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

16
Yuridik xizmat xodimlari uchun seminar tashkil etildi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hududidagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida mehnat qonunchiligi, mehnat ta’tillari berish, xodimlarni rag‘batlantirish va boshqa masalalar yuzasidan qonunchilikka kiritilgan yangiliklar bo‘yicha atroflicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-160-son Farmoni talablariga asosan yuridik xizmat xodimlariga yuklatilgan vazifalar yetkazildi.

Bundan tashqari, hozirda tobora avj olib borayotgan kiberjinoyatlarning mazmuni yetkazilib, tashkilotlarda ushbu jinoyatni oldini olish maqsadida xodimlar uchun seminar tashkil etish bo‘yicha yuristlarga tavsiyalar berildi.

13
Ekologik madaniyatni shakllantirish oiladan boshlanadi

Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan “Lolazor” MFY hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lgan atrof muhit muhofazasida kuchaytirishga bag'ishlangan targʻibot tadbirlari o’tkazildi.

Uyma-uy yurgan xola aholiga firibgarlik, giyohvandlik, oʻgʻirlik va kissavurlik jinoyati shuningdek kiber jinoyat boʻyicha tushuntirishlar berilib, buklet va infografikalar tarqatildi. Atrof-muhitni asrash, uni himoya qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish oiladan, mahalladan boshlanishi, aholiga bu borada kerakli tushunchalarni yetkazish borasida mahalla faollari bilan kelishib olindi. Avvalo har kim o'z yashab turgan honadonini, istiqomat qilayotgan mahallasini toza va pokiza saqlasa mamlakatning ekologik barqarorligiga munosib hissa qo'shgan hisoblanadli.

12
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O‘TDI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov ishtirokida Jizzax shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvlar Prezidentimiz tashabbusi bilan 24-fevraldan boshlab haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

O'quvchilari bilan tashkil etilgan suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar shu bilan birga, voyaga etmaganlar o'rtasida kuzatiladigan jinoyatlarning javobgarligi masalasi, narkojinoyatlarning huquqiy oqibati, odam savdosi, kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini bildirdi.

10
Болани парваришлаш таътили: нималарни билиш керак? 5 та муҳим факт

Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 405-моддасига кўра, фарзанд туғилгандан кейин ота-оналар ёки бошқа яқин қариндошларга болани парваришлаш учун махсус таътил берилади. Ушбу таътил боланинг икки ёки уч ёшга тўлгунига қадар давом этиши мумкин ва у билан боғлиқ айрим ижтимоий кафолатлар ҳам назарда тутилган.

Биринчи навбатда, ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугагач, аёлнинг хоҳишига кўра унга боласи икки ёшга тўлгунига қадар болани парваришлаш таътили берилади. Ушбу давр учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланган тартибда нафақа тўланади. Бу нафақа бола парвариши билан боғлиқ харажатларни қисман қоплашга хизмат қилади.

Иккинчидан, аёл ўз хоҳишига кўра боласи уч ёшга тўлгунига қадар уни парваришлаш учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқига эга. Бироқ бу таътил даврида иш ҳақи сақланмайди. Шунга қарамай, ходимнинг иш жойи ва лавозими сақланиб қолади.

Учинчидан, қонунчиликка кўра болани парваришлаш таътилидан фақат она эмас, балки боланинг отаси, бувиси, буваси ёки болани амалда парваришлаётган бошқа қариндошлари ҳам фойдаланиши мумкин. Шунингдек, бола васийга берилган бўлса, васий ҳам ушбу таътилдан тўлиқ ёки қисмларга бўлиб фойдаланиш ҳуқуқига эга.

Тўртинчидан, болани парваришлаш таътили вақтида ходим истаса, тўлиқсиз иш вақти асосида ишлаши ёки иш берувчи билан келишувга кўра уйда туриб ишлаши мумкин. Бунда болани парваришлаш учун белгиланган нафақани олиш ҳуқуқи сақланиб қолади.

Бешинчидан, болани парваришлаш таътили даврида ходимнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Шунингдек, ушбу таътилнинг кўпи билан олти йили умумий меҳнат стажига, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига қўшиб ҳисобланади. Бироқ жамоа шартномаси ёки ташкилотнинг ички ҳужжатларида бошқача тартиб назарда тутилмаган бўлса, болани парваришлаш таътили вақти келгусидаги йиллик меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини берувчи иш стажига киритилмайди.

09
Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi

Mirzacho'l tumani Adliya bo'limi xodimlari tomonidan 06.03.2026-yilda “Mustaqillik” MFY “mahalla yettiligi”, mahalla faollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarorining mazmun-mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tayyorlangan kiberxavfsizlik, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlar, soxta qo‘ng‘iroqlar, firibgarlik, kiberjinoyatlardan qanday himoya qilinish mumkinligi bo‘yicha tayyorlangan ogohlantirish va slaydlar mazmuni hamda boshqa turdagi huquqbuzarliklar, ularning salbiy oqibatlari va Jinoyat kodeksida mazkur toifa jinoyatlari uchun tayinlanadigan jazo turlari haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, huquqshunos xodimlar tomonidan “mahalla yettiligi” hamda mas’ullarga erta va qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda oila qadriyatlari haqida tushunchalar yetkazish, bolalar va ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish, nizoli oilalarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasining 29.01.2026-yildagi “Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarori haqida xabardor qilinib, qarorning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirib berildi.

Tadbir yakunida, mas’ullarga mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda bu borada ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ning ijrosini sifatli ta’minlash masalalariga oid tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan ish bilan ta’minlash, mulkiy munosabatlar, meros masalasi bo‘yicha qonunchilikning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

06
#Adliya_aralashgach

Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga “International foodchain” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushib, unda jamiyatga tegishli “KFC”  tovar belgisidan  tadbirkorlik subyektlari tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalaganlik holati ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari davomida Jizzax shahar hududida joylashgan xizmat ko'rsatish shaxobchasi tomonidan iste’molchilarni adashtirish darajasida o‘xshash tovar xizmat ko'rsatish belgisidan foydalanib kelinganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilib, noqonuniy muomaladagi mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi.

05
IJTIMOIY PROFILAKTIKA HAFTALIGI!

Adliya bo‘limi tomonidan “Madad” NNT, IIB, xotin-qizlar bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi “Madaniyat” MFYda ijtimoiy profilaktika haftaligi o‘tkazildi.

Tadbirda, mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida huquqiy tushuntirish berildi.

Tadbir yakunida, oilaviy nizolar, ajrimlarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi, ularning muammolari o'rganildi va tegishli huquqiy tushunchalar berilishi ta’minlandi.