Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

02
Sayyor qabul: Muammoning katta-kichigi boʻlmaydi...

Keyingi toʻrt yil ichida mamlakatimizda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yaratildi.  Ayni jarayonda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar ham xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur oʻrgangan holda tegishli idora va tashkilotlar bilan bamaslahat hal etishning natijador vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.  Shuni alohida ta'kidlash joizki Adliya Vazirligi tashabbusi bilan "Mahalla huquqshunosi" loyihasi yo'lga qo'yilishi ham fuqarolarning muammolariga yechim topishning yangicha yondashuvi hisoblanadi. Aynan Yangiobod tumanidek olis manzillarda ushbu loyiha amalga oshirilishi aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyati oshishida va muammolar yechim topishida hizmat qilmoqda.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha reja-grafikka asosan joriy yilning 1-dekabr kuni adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari B.Pirxalov tomonidan Yangiobod tumani, "Sovot" QFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida jami 20 nafar fuqarolar qabul qilinib, 4 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi. 7 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 9 nafar fuqaroning murojaati ish yurituvga qabul qilinib, tegishli mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

01
Konstitusiya - erkin va farovon hayotimiz kafolati

Konstitutsiya- bu har bir davlatning mustaqillik va xurlik ramzidir. Shu boisdan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 30 yiligi munosabati bilan "Konstitutsiya bosh qomusimiz " muvzusi doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshliq o'rinbosari B.Pirxalov, Sh.Rashidov tuman adliya bo'limi boshlig'i I.Rashidov, IIB xodimlari, hokim yordamchilari, mahalla raislari bilan hamkorlikda Sh.Rashidov tuman 6-maktab o'quvchilariga targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Shuningdek tadbirda, yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish, yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish doirasida mas'ul xodimlar tomonidan yoshlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida o'quvchilardan Konstitutsiyaning o'zi nima? Uning hayotimizda qanday o'rni mavjud? Unda qanday huquqlarimiz belgilab qo'yilgan? kabi savollar bilan yuzalandik va yosh avlodning Konstitutsiyamiz haqida qanday ma'lumotlarga ega ekanligini bilib oldik. Targ'ibot-tadbiri mana shunday qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o'tdi.
Mana shunday viktorinada qatnashib savolarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlanib kelgan maxsus sovg'alar va huquqiy qo'llanmalar taqdim etildi.

30
6 yil deganda bolaga tug'ilganlik guvohnomasi berilishi ta'minlandi

Zafarobod tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro F.Ablakimovning 6 yoshga to'lgan farzandi uchun tug'ilganlik haqidagi guvohnoma ololmayotganligi, bunga sabab o'zining turmush o'rtog'i farzandini tashlab ketganligi haqidagi murojaati ko'rib chiqildi.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro F.Ablakimova turmush o'rtog'i bilan birga yashamayotganligi va bir nafar qizini qoldirib o'zi xorijiy davlatga ketib qolganligi va uning shaxsiga oid ma'lumotlar mavjud bo'lmaganligi sababli 10.08.2016 yilda tug'ilgan farzandiga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma ololmagan.
Murojaatni ko'rib chiqish davomida, tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan uning turmush o'rtog'i Komilova SHoxistaning shaxsiga oid hujjatlar va tibbiy ma'lumotlar olingach, 10.08.2016 yilda tug'ilgan farzandi Ziyadullaeva Laylo Fazliddin qiziga tug'ilganlik haqidagi  46423104-sonli guvohnoma berilishi ta'minlandi.

29
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasida

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi  tomonidan Do‘stlik tumani Chinobod MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig'i o'rinbosari S.Raximov, Do'stlik tuman adliya bo'limi boshlig'i, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. SHu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.

28
O`qituvchilarga ustama haqlari undirib berildi!

Do‘stlik tuman XTBga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabida ishlab kelayotgan 6 nafar fuqarolarning Do‘stlik tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaatlari asosida Do‘stlik tuman XTBda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandi ijrosi monitoring qilinib, Do‘stlik tuman XTBga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabining direktor jamg‘armasi hisobidan joriy yilning 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan, ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida bir martalik mukofot tayinlanganligi, biroq hanuzgacha ushbu mukofot pullarini olmaganliklari aniqlanib, mazkur to‘lanmay qolgan mukofot pullari Do‘stlik tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan to‘lab berish choralari ko‘rildi.

28
Insholar tanlovi bo'lib o'tdi!

Mamlakatimizning kelajagi bo'lmish yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar bilan hamnafas bo'lishida kitob o'qish va ularni tahlil etish nechog'lik muhim ekanligi hozirgi zamonimizning yaqol ko'zga ko'rinadigan masalalaridan biridir.
Shu ma'noda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va viloyat Xalq ta'lim boshqarmasi bilan homkorlikda O‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan, hamda konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya erkinligimiz kafolati" mavzusida insholar tanlovini o‘tkazildi.
O'quvchilarni bilim olishga chorlab adliya boshqarmasi mas'ul hodimi Sh.Suloymonov "Insholar tanlovi tom ma'noda o'quvchilarni izlanishga, yanada kengroq fikrlashga, konstitutsiyaviy bilimlarini yanada mustahkamlashga hizmat qiladi" deb fikr bildirdi. G'olib bo'lganlarni taqdirlab o'quvchilarga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi.
O'quvchilarni o'z ustida ishlashida, ma'naviyati yuksalishida hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitob eng yaxshi do'st va hamroh hisoblanadi. Shuningdek, zamonimizning eng asosiy jihatlaridan birihamdur. "Kitob -eng yaxshi do'st" deyilgani ham bejizga emas aslida. O'ylaymizki o'quvchilarni oldinga intilishida kitob o'qib o'z ustida ishlashida shu kabi insholar tanlovi katta ahamiyat kasb etadi.

26
Odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchisiga mas'uliyat yuklashi bilan birga unu kasbiy jihatdan yuksaltiradi

Hukumatning “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun mohiyatini davlat xizmatchilariga tushuntirish borasida adliya organlari hodimlari tomonidan joylarda muntazam ravishda seminarlar o'tkazib kelinmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bo'lib o'tgan tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Rahimov ishtirok etib, qaror mazmunidan kelib chiqib, davlat xizmatida birinchi navbatda qilinishi kerak boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi. Jumladan davlat xizmatchilari mehnat qilayotgan idorada yangi ichki mehnat tartib qoidalari bilan tanishtirish, xususan xodimlarga odob-axloq qoidalari tilxat olgan holda tanishtirilishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi zarurligi taʼkidlandi.
Qolaversa, maʼruzachilar tomonidan davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha idora va tashkilotlar xodimlarining odob-axloq meʼyorlari mazkur qaror bilan tartibga solinganligi, xususan, qarorda davlat xizmatchilarining nafaqat xizmatni oʻtash vaqtidagi, balki, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, rahbar xodimlarning majburiyatlari va ushbu qoidalarga rioya etilmagan holatlar uchun javobgarlik belgilab qoʻyilganligi ham aniq misollar bilan tushuntirib oʻtildi.

25
Adliya organlari xalq xizmatida!

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko'rsatish bugun eng samarali tizim hisoblanadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Baxmal tuman adliya bo'limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Baxmal tumanidagi dehqon bozorida "Huquqiy profilaktika" tadbiri amalga oshirildi.
Ushbu profilaktika tadbiri davomida fuqarolarga jinoyatchilik va  huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, jinoyatni sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, salbiy illatlarning huquqiy oqibatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek,  xalqning uzog'ini yaqin qilish, mablag'i va vaqtini tejash maqsadida tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao.
Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.

25
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda

Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Begzod Pirxalov boshchiligida Zafarobod tumani, Lolazor mahallasida sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul davomida dastlab fuqarolar bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, qilmish uchun jazo muqarrarligi bo'yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shundan so'ng, sayyor qabulda jami 17 nafar fuqarolardan turli xil mazmundagi murojaatlari eshitildi. Murojaatlarning 9 tasi joyida ko'rib chiqilib huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 8 ta murojaatlar o'rganishni talab qilganligi bois, adliya bo'limi tomonidan ish yurituviga qabul qilindi.
O'tkazilgan sayyor qabul davomida sayyor davlat xizmatlari ham tashkil etilib, bir vaqtning o'zida 15 nafar fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi.
So'ngra, ushbu mahalladagi yoyma bozordagi savdo faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning dastlab mummolari eshitildi va tadbirkorlik faoliyati bo'yicha qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilindi.
Aksariyat tadbirkorlar tomonidan ushbu mahallada byudjet mablag'lari hisobidan kichik bozor hududi tashkil etilishi lozimligi haqida fikrlar berishgach, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan ushbu hududdagi hokim yordamchisiga “Ochiq byudjet” axborot portali orqali hal etish masalasida tegishli ko'rsatma va yo'nalishlar berdi.

24
MENING KONSTITUTSIYAM-MENING FAXRIM

Konstitusiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta'minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan tadbirlar davomida fuqarolarning huquq va burchlari batafsil tushuntirib borilmoqda.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan turli hududlarda aholi orasida o'tkazilayotgan viktorinalar ham ularning Konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarini yanada oshirmoqda.
Baxmal tumanidagi dehqon bozorida tashkil etilgan tadbir hudud aholisi tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Bosh Qomusimizdan o'rin olgan moddalar mazmun-mohiyati yuzasidan tashkil etilgan viktorina o'yinlarida yoshu-qari birdek faollik bilan ishtirok etdi.
Savollarga eng ko'p javob topa olgan ishtirokchilarga Konstitusiya kitobi va estalik sovg'alari taqdim etildi.
Shaxsiy kutubxonamizda Konstitusiyasi kitobining bo'lishi juda muhim. Huquq va erkinliklarimiz kafolati, majburiyatlarimiz va burchlarimizni har dam yodimizga solib turuvchi bunday ko'makchi bizning erkin va farovon hayotimiz asosidir.