Yangiliklar
Bugun yurtimizdagi 16 ta shahar “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashdi.
25-iyun kuni respublikaning 16 ta shahrida "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yangi nafas" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi va "Vatan qalqoni" harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yangi nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida Xalqaro Olimpiya kunini (Olympic Day) nishonlash munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurishlar ham tashkil etildi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan marafonda yuguruvchilar 3 km masofaga musobaqalashdilar.
Sport tadbiri ishtirokchilari uchun start ertalab soat 6:00 da berildi. 2000 ga yaqin ishtirokchilarni qamrab olgan tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, imkoniyati cheklangan bo'lsada g'alaba sari intilib g'olib bo'lgan ishtirokchilarga boshqarma tomonidan ajratilgan sovg'alarni topshirishdi.
Joriy yilning Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan Zafarobod tumani "Pistalikent" ShFY hududida "Inson qadri uchun" aksiyasi doirasida fuqarolar o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 17 nafar fuqarolarning o‘zlarini qiynab kelayotgan va mavjud muammolariga huquqiy yechib topa olmayotgan, shuningdek buzilgan huquqlarini tiklash va amaliy yordam ko‘rsatish masalasidagi murojaatlar tinglandi, 9 nafariga tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 3 tasi joyida hal etildi, 5 ta murojaat ish yurituviga olindi.
Tadbir so'ngida tumanning "Pistalikent" va "Nurafshon" ShFY hududidagi tashkilotlarning rahbar va xodimlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan amaldagi, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha bir kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.
Kontrafakt bu xuddi "KitKat" tovarini xarid qilaman deb “tiKtaK”ni adashtirib sotib olishga oʻxshaydi.
Asosiysi arzon mahsulotni koʻrganda uni sotib olishga shoshilmang.
Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari B.Pirxalov Yangiobod tumani "Xo‘jamushkent" QFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiya doirasida sayyor qabul oʻtkazdi.Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
“Inson huquqlari – oliy qadriyat” aksiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov tomonidan Yangiobod tumani, Xo‘jamushkent QFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar mahalla binosida qabul qilindi.
Qabul davomida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, Yangiobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, tumandagi mutasaddi tashkilotlarning mas’ul shaxslari ishtiroki ta’minlanib, murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalarga to‘liq javob berildi va o'rganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Jizzax shahar hokimining 2015-yil 23-martdagi 459-sonli Qaroriga binoan Siddikova Dilorom hamda uning farzandlariga tegishli bo‘lgan Jizzax shahri, Kimyogar MFY, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi (noturarjoy) buzilib, yer maydoni shahar hokimligining zahira fondiga qaytarib olinishi belgilanmagan bo‘lsada, 2015-yil sentabr oyida mazkur ustaxona buzilib, 877,60 m2 (0,09 ga) yer maydoni hokimiyatning zahira fondiga qaytarib olingan.
Shu sababli, D.Siddikova buzilgan ustaxonasi uchun kompensatsiya berilishi bo‘yicha bir necha marta shahar hokimiyatiga murojaat qilgan bo‘lsada, shu kunga qadar unga kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan. Shundan so‘ng, fuqaro buzilgan ustaxonasi uchun kompensatsiya undirib berilishi yuzasidan shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan D.Siddikovaning murojaati o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida kompensatsiya to‘lovlarini undirish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qaroriga asosan, D.Siddikovaga 216.378.000 so‘m miqdordagi kompensatsiya pullari javobgar Jizzax shahar hokimiyati hisobidan undirib berilishi ta’minlandi.
Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko‘rsatish borasida adliya tizimi turli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao. “O’zimiz keldik” loyihasini ham xalqning uzog‘ini yaqin qilish, mablag‘i va vaqtini tejash maqsadida amalga oshirilayotgan eng samarali tadbirlardan biri deb ayta olamiz.
“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili G'allaorol tumanidagi dehqon bozori. Dastlab viloyat adliya boshqarmasi intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta. Sayyor xizmat jarayonida 30 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 50 dan ortiq huquqiy maslahatlar berildi.
Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.
Jonli muloqot davomida Advakatlik guvohnomasini berish tartibi, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va saylov qonunchiligi yuzasidan tinglovchilarga ma'lumotlar berildi.
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2023-yilning 2-iyunidan — 30-iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi e’lon qilingan.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari E.Maxammadiyev ishtirokida Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li”MFYda tuman hokimligi va sektor rahbarlari bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etildi. Tadbir davomida hudud aholisining murojaatlari tinglandi. Aksariyat muammolarga huquqiy tushuntirish berish orqali to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatildi. Ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar sabab o‘z ish joyiga, kasb xunarga, mehnat qurollariga ega bo‘layotgan xotin-qizlarimiz talaygina. Tadbir davomida ana shunday ayollarga tikuv mashinalari topshirildi, mutasaddilar ularning kelgusi faoliyatlariga omadlar tilashdi.
Shu bilan birga, tadbir davomida hudud aholisi uchun davlat xizmatlari markazi tomonidan turli yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatildi. Ma’lum sabablarga ko‘ra davlat xizmatlari markazlariga bora olmayotgan fuqarolarning og‘iri yengil, uzog‘i yaqin bo‘ldi.
Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi "Hayot faoliyati xavfsizligi" o‘quv markazi xodimlari tomonidan adliya boshqarmasi “tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida favqulodda vaziyatlarda havfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy o‘quv seminar o‘tkazildi.
O’tkazilgan tadbirda texnogen, tabiiy, ekalogik ofatlarning kelib chiqish sabablari bunday vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish va boshqalarga ham yordam bera olish kerakligini xodimlarga batafsil tushuntirdi. Bu borada ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Mavzu yuzasidan video rolik namoyish etildi, shuningdek eslatma va bukletlar tarqatildi.
Ayni kunlarda joylarda Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Adliya bo‘limlari tomonidan bu boradagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishlari uchun turli yo‘nalishda va turli sohalar ishtirokida tadbirlar tashkil etilmoqda. Viloyatimizdagi harbiy qismlarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar ana shular jumlasidandir.
Sharof Rashidov tumani hamda Jizzax shahri hududida joylashgan harbiy qismlarda bo‘lib o‘tgan davra suhbatlari davomida ofitser va harbiy xizmatchilarga mavzu yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta’kidlandi.