Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sharof Rashidov tumani "Xayrobod" MFYda tuman adliya bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi, mahalla faollari ishtirokida hudud aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Ta'lim-tarbiya inson kamolotida asosiy omil hisoblanib, u dastlab oilada shakllanadi. Shu sabab farzandlar kelajagi uchun bu masalalarda o'ta sergak va mas'uliyatli bo'lishimiz lozim. Tadbir davomida ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklar sonini kamaytirish borasidagi aniq tavsiyalar berildi. Bu borada hudud aholisining fikr-mulohazalari ham tinglandi. Mahalla faollari, nuroniylar tomonidan muammolar aynan huquqiy savodxonlikning pastligi ortidan paydo bo'layotganligi aytib o'tildi. Har bir fuqaroning murojaatlari e'tibor bilan tinglandi va qonuniy yechim topishi uchun dastlab barchasiga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi. Mazkur sayyor uchrashuvda aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari ham tushuntirildi. Shu bilan birga, hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlari ko'satilib, fuqarolarning uzog'i yaqin, og'iri yengil qilindi.
Paxtakor tuman adliya boʻlimi, tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni koʻrsatgichi boʻyicha "qizil" hududga kiritilgan "Chamanzor" MFYda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid, aliment masalalari yuzasidan aholiga zarur tushunchalar berildi. Seminar davomida "Giyohvandlik-asr vabosi" mavzusi doirasida giyoxvandlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi, IIB mas’ul xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan qizil hududga tushgan tumandagi “Yaxtanlik” MFYda jinoyatchilikning oldini olish, erta nikoh oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. Tadbir davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo'yicha aholiga tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, adliya bo‘limi va mas’ul xodimlar bilan birga ushbu MFYda uyma-uy yurilib, fuqarolarning muammolari va yashash sharoiti o‘rganildi. Shuningdek, ushbu MFYda sayyor qabul ham tashkil qilinib, fuqarolarning murojaatlari tenglandi va tegishli tushunchalar berildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bora o'tkazilayotgan "Adliya ayoli" tanlovning final bosqichi o'tkazildi. Unda tuman va shahar, viloyat bosqichlarida g'olib bo'lgan tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashdilar. Tanlov jarayonida xodimlarning soha bo'yicha bilimlari, faoliyati yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflari hamda bekalik qobiliyati sinovdan o'tkazildi.
Bu tanlovda Jizzax viloyati sharafini himoya qilgan va ajoyib natija ko'rsata olgan Nargiza Fayzievaning mazkur yutuqni ko'lga kiritish yo'lidagi tinmay harakat qildi, o'z ustida ishladi va o'zining g'oyalarini amaliyotda ham ko'rsatib bera oldi.
Tanishtiruv shartida taqdimot roligi orqali o'zining mehnat faoliyati, ishdagi yutuqlari, qiziqishlari haqida hikoya qilar ekan, oilasi, farzandlarining baxtu kamolidan baxtli ona timsolini ham gavdalantirdi. Mazkur chiqish hakamlar xay'ati tomonidan 46 ball bilan baholandi.
''Adliya ayoli'' tanlovining 2-bosqichida ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb takliflar taqdim etishlari lozim edi. Hakamlar hay'ati ushbu bosqichda bildirilgan takliflarning dolzarbligi, yangiligi, natijadorligi, xorijiy tajriba asosida tahlil qilinganligiga va masala qanchalik puxta o'rganilganligiga e'tibor berishdi.
Nargiza Fayzieva tomonidan berilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni asosida gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'rish, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan ijobiy choralar takliflar eng yaxshi takliflar qatorida e'tirof etildi va munosib baholandi.
Pazandalik bobida ham Jizzax vakilasiga yetadiganlar kam bo'ldi. Obi-tobida pishirilgan o'zbek milliy taomi palov mutahassislarga manzur bo'ldi.
Tanlovning savol-javob shartida barcha ishtirokchilarning bilimi, faoliyati davomida orttirgan tajribasi sinovdan o'tkazildi. Nargiza Fayzieva ushbu shartda barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori-46 bahoni qo'lga kiritdi.
Tanlovning ohirgi hal qiluvchi sharti hisoblangan erkin mavzu yo'nalishida ishtirokchilarning iste'dodlari va san'atdagi mahoratlari namoyish etildi. Nargiza Fayzieva tomonidan Alisher Navoiy va Guli monologidan parcha ijro etildi. Monolog ifodali o'qish talablariga to'la mos xolda ijro etilganligi sabab hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
Barcha shartlardan yaxshi natijalarni qo'lga kirita olgan Jizzax viloyat jamoasi vakilasi 21 nafar ishtirokchi orasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Mazkur yutuq bilan Fayzieva Nargiza Nasullaevnani Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
Jizzax viloyati sharafini munosib himoya qila olgani uchun tashakkur aytamiz.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Baxmal tuman adliya bo'limi, tuman hokimining o‘rinbosari X.Boymurodova xamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, erta nikoh oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. Tadbir davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo'yicha aholiga tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI” ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan G'allaorol tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko‘rsatkichi bo‘yicha "qizil" hududga kiritilgan "Sarbozor" MFY da jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo‘yicha ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Referendum qonunchiligi, tartibi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, oila, mehnat qonunchiligiga oid zarur tushunchalar berildi.
Joriy yilning 9-avgust kuni Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan "Huquqiy axborot kuni" doirasida “Milliy gvardiya xodimining huquq va majburiyatlari hamda huquqiy asoslari” mavzusida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida milliy gvardiya xodimlarining huquqlari va majburiyatlari, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar (pensiya, uy-joy uchun subsidiya olish, nafaqa, kredit olish tartibi) yuzasidan savol javob tarzida seminar tashkil etildi.
Shuningdek tadbirda, Zomin tumani adliya bo'limi bosh maslaxatchisi M.Rustamov tomonidan milliy gvardiya xodimlariga bevosita aloqador bo`lgan soha ya'ni jinoyat qonunchiligi bo`yicha jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibati va jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga ham alohida to`xtalib o'tdilar.
Muammolarni o'rganish va bartaraf etish mahalla tizimi orqali amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi bugun "mahallabay" ishlash yo'nalishi orqali o'z tasdig'ini topmoqda. Jizzax shahridagi "Ittifoq" mahallasida tashkil etilgan ochiq muloqot aholi orasiga yaqinroq kirib borish, murojaatlarini yuzma-yuz tinglash va bu orqali ularga tezkor yechim topish imkonini berdi.
Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev sektor rahbarlari va bir qancha mutasaddi idora vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda xudud aholisi tomonidan o'rtaga tashlangan muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan vakolatli organ vakillariga yuzlanildi.
Uchrashuv davomida yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Mahallalarda jinoyatchilik soni oshib ketmasligi, qonun buzilish holatlarining kelib chiqmasligi asosan yoshlar bandligiga bog'liq masala ekanligi ta'kidlandi. Murojaatlarning asosiy turi subsidiya ajratilish tartibi yuzasidan ekanligi fikrimiz isbotidir. Suhbat jarayonida mahalla yoshlariga bu boradagi ma'lumotlar atroflicha tushuntirib o'tildi.
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan tizim xodimlariga mazkur mahalla bo'yicha batafsil ma'lumotlarni shakillantirish, aholi muammolari bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan qo'shimcha topshiriqlar berildi.
Muammolarni hal etishning eng samarali yo'li profilaktik tadbirlarni muntazam olib borish. Yoshlar orasida jinoyatchiliklar sonining kamayishi, aholi o'rsatida qonun buzilish xolatlarining ro'y bermasligi asosan yuzma-yuz suhbatlar, bevosita muloqotlar bilan chambarchas bog'liq. Bugun qabul qilinayotgan barcha qonun hujjatlari xalq manfaati, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir. Shu sabab ularni fuqarolarimiz hayotida aks etishi juda muhim.
G'allaorol tumani "G'o'bdin" MFYda viloyat adliya boshqarmasi va tumandagi sektor rahbarlari hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqotda dastlab xudud aholisining muammolari tinglandi. Murojaatlarni hal etish orqali esa xalq roziligiga erishish bilan birga oilalardagi ijtimoiy, iqtisodiy muhit ham ijobiy tomonga o'zgarishiga erishiladi.
"O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konseptsiyasi yurtimizda tinchlikni ta'minlash, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash yuzasidan aniq mexanizmni yaratib bera oladi. "Shu sabab barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda ish olib borishi bu yo'nalishda yanada samarali natijalarga erishish uchun asosdir"-deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev. Davra suhbati davomida bu borada qilinishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
Shu bilan birga tuman adliya bulimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.
Yangiobod tuman adliya bo’limi tomonidan tuman prokurori J.Saloxiddinov bilan birgalikda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori ostida “Balandchaqir” hamda “Xo’jamushkent” mahalla fuqarolar yig’inlarida aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ’ibot davomida O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O’RQ-779-son Qonuning mazmun-mohiyatini va ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek mahallalardagi referendum uchastkalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ko’zdan kechirildi.