Yangiliklar
Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi Jizzax shahar bo'limi bilan hamkorlikda “Ekologik madaniyatni yuksaltirish - bugungi kun talabi” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.05.2018-yildagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3730-son Qarorlarining mazmun-mohiyatini jamotchilikka yetkazish, suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini mazmun-mohiyati yuzasidan o'quv seminari tashkil qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar qonunchilik tizimidagi so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilindi.
O’zbekston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan joylarda o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda.
Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligi xodimlari tomonidan tashkil etilgan seminarda davlat organlari va tashkilotlarining mazkur sohaga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazorat qilishni tashkil etish to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Tadbir ishtirokchilari ijro intizomidagi mavjud nazorat tizimi va unda yechimini kutayotgan yo‘nalishlar, endilikda integratsiya qilinadigan axborot tizimlari, sohaga sun’iy intellektni joriy qilish va shu kabi yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday yangi mexanizmlarni ishlatish natijasida topshiriqlarning bajarilmaslik xavfini oldindan aniqlash hamda barvaqt choralarni qo‘rish imkoniyati yaratiladi, muddatidan kech bajarish 23 foizdan 5 foizgacha kamaytiriladi.
Bunday uchrashuvlar soha mutaxassislarining kerakli bilimlarni egallashlariga va yangiliklardan xabardor bo‘lishiga zamin yaratadi hamda ulardan olingan takliflardan kelib chiqib ishlarni yanada samaraliroq tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tadbirkorlarga intellektual mulk huquqiga rioya qilish va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan xabardorligini oshirishga oid seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Adliya vazirligi va Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimlari hamda Jizzax maxsus iqtisodiy zonasida joylashgan “Deya” tovar belgisi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Iruskon” MChJ rahbariyati o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Vazirlik ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi vaziyat batafsil o'rganildi. Milliy tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazishda tadbirkorlarga amaliy yordam berish yuzasidan aniq tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.
Zomin tumani adliya bo’limi FXDY bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida sha’riy nikohda yashab kelayotgan Xaydaraliev Umidjon va Qo‘shboqova Saodatlarning nikoxi qonuniy rasmiylashtirilib berildi.
Shuningdek, 25.07.2025-yil tug‘ilgan Abdug‘afforova Xadichaxoning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi sayyor ravishda tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida tantanali topshirildi.
Yangiobod tumani adliya boʻlimi hamda Fuqarolik ishlari boʻyicha Zomin tumanlararo sudi bilan hamkorlikda, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq davra suhbati davomida, adliya boʻlimi boshligʻi J.Abduxoliqov tomonidan xodimlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 484-sonli Qarori va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Fuqarolik ishlari boʻyicha Zomin tumanlararo sudi sudyasi A.Poʻlatov tomonidan, FHDY organlarida va Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda nikohdan sud tartibida ajratish hamda sudlarga daʼvo kiritish tartibi boʻyicha huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat Hududiy kengashining navbatdagi muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Ikromov adliya organlarini korrupsiyadan holi tizim sifatida shakllantirishdagi yangicha yondashuv va tashabbuslar, natijador targ'ibot tadbirlari, aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi sa'yi harakatlar yuzasidan ma'lumot berar ekan, bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoatchilik institutlari ham o'z faoliyatlari davomida korrupsion omillarning oldini olish va jamiyatda bu illatga qarshi beparvolik emas aksincha daxldorlik tuyg'ularini shakllantirishda ijobiy natijalarga erishayotganini alohida ta'kidlab o'tdi.
Joriy yilning 10-iyundan 31-iyulgacha “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi o`tkazilayotganligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat tashkilotlarining kadrlar bo'limi xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida xodimlarning mehnat huquqlari yuzasidan bilimlari yanada oshirildi. Bundan tashqari, tashkilotlarga ish yuritish hujjatlarini tayyorlashda yordam berish maqsadida namunaviy metodik qo'llanmalar tarqatildi.
Tadbir so'ngida, seminar ishtirokchilarining sohaga oid savollariga batafsil javob berildi.
Shu kabi seminar-treninglar viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda tashkil etilmoqda.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qaroriga ko'ra "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun (https://lex.uz/uz/docs/-7049383)ga asosan, Jizzax viloyatining turli hududlarida yashovchi 69 nafar fuqaroning yer va inshootlarga bo‘lgan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.
Tumanlar kesimida:
✔️ G‘allaorol tumani – 27 nafar
✔️ Arnasoy tumani – 3 nafar
✔️ Baxmal tumani – 15 nafar
✔️ Forish tumani – 1 nafar
✔️ Zomin tumani – 5 nafar
✔️ Sharof Rashidov tumani – 9 nafar
✔️ Jizzax shahri – 3 nafar
✔️Zarbdor tumani – 3 nafar
✔️Paxtakor tumani – 2 nafar
➡️ Xatlov natijalari bilan shaffof tarzda etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A. Raxmatov tomonidan Sh. Rashidov tumani Ravot mahallasida joylashgan "Energy" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida, bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, har qanday huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida, bolalarning huquqlari tushuntirilishi bilan bir qatorda huquqiy viktorina savollari orqali ularning bilimlari baholandi. Viktorina g'oliblariga adliya boshqarmasining maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.
Zarbdor tuman Adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi tomonidan Navbahor MFYda “uyma-uy” yurish shaklida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni, PQ–133-son hamda PQ-1-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida fuqarolarga aniq tavsiyalar berildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonun hujjatlarini xalqchil tilda tushuntirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqd a
Bunday uchrashuvlar aholining davlat huquqiy tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.