Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

16
"Zukko kitobxon" tanlovining G'allaorol tuman bosqichi o'tkazildi

Tuman adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovi birinchi bosqichi Zakovat savollari shaklida o'tkazilib, berilgan savollarga eng ko'p to'g'ri javob topa olgan yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.

14
OYNING  ENG  YAXSHI  TEXNIK  XODIMI  ANIQLANDI

Sharof rashidov tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi aloqa operatori Yunusov Babur Abduroxmon o‘g‘li may oyining eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

B.Yunusov o'z ish faoliyatini 2022-yilda huddi shu lavozimdan boshlagan va hozirgi kunga qadar mazkur vazifada samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
  
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi  Babur Abduroxmon o‘g‘lini ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat va omad tilaydi.

14
OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi FHDY arxivi mudirasi Xurshida Abdullayeva may oyining eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

X.Abdullayeva o'z ish faoliyatini 2012-yil Baxmal tumani adliya bo'limi FXDY bo‘limi 2-toifali inspektori lavozimidan boshlagan. 2024-yildan buyon boshqarma huzuridagi FHDY arxivi mudirasi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
  
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Xurshida Sarvarovnani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat va omad tilaydi.

13
Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!

“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob almashish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

Kitob ulashing – bilim ko‘payadi!

Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda Zafarobod tuman adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

Loyiha doirasida bo'lim xodimlari tumanning Lolazor mahallasiga kitob ulashib aksiyaga o'z hissalarini qo'shishdi.

11
HUQUQIY TARG'IBOT

Jizzax shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT va idoraviy notarial arxiv mas'ul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 13.06.2025-yilda shahrimizdagi “M.Ulug'bek” MFY da huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Davlatimiz rahbarining 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son va 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan hamda fuqarolar tomonidan notarial arxiv hujjatlarini olish tartiblari to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, MFYda adliya burchagi tashkil etilganligi, biriktirilgan adliya bo'limi hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari haqidagi ma'lumotlarning mavjudligi, kutubxona bilan ta'minlanganligi o'rganildi. Shuningdek, fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tarqatma materiallari tarqatildi.

11
"Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazildi

Zomin tuman Adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Axborot-resurs markazida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida tumanning 10 ta mahallasidan yosh kitobxonlar ishtirok etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy, tarixiy va ma’naviy adabiyotlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.

09
HUQUQIY TARG'IBOT

Jizzax shahar adliya bo‘limi “Madad” NNT va idoraviy notarial arxiv mas’ul xodimlari tomonidan Adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 21.04.2025-yilda tasdiqlangan “Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridan tanlangan chegara va olis hududlardagi, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hamda “og‘ir toifa”dagi va murojaatlar oshgan mahallalarda aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha adliya organlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan Reja-grafik”ka asosan 9.06.2025-yilda shahrimizdagi "Ittifoq" MFY binosida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, “mahalla yettiligi”ga Davlatimiz rahbarining 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son va 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning PQ-1-son qaroriga asosan mahallada 2025-yil II choragi uchun huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlarning “Yo‘l xaritasi”da har bir mas’ul tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va notarial arxiv hujjatlarini yuritilishi yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berilib, qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.

09
"Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazildi

Baxmal tuman Adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Axborot-resurs markazida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida tumanning 11 ta mahallasidan yosh kitobxonlar ishtirok etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy, tarixiy va ma’naviy adabiyotlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.

06
Kitob ulashing – bilim ko‘payadi!

Zomin tumani adliya bo‘limi binosida "Ziyo ulash" kutubxona burchagi tashkil etilgan!

Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.

Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

05
Adliya munosabat

O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati MK a’zosi X.Qilichevning fuqaro T.Bobobekov manfaatida yo'llagan Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga murojaat.gov.uz orqali kelib tushgan 136112-r/25-sonli murojaatiga asosan Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar U.Abdujalilov, S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva va Sh.Shernazarovning xatti-harakatlari xizmat tekshiruvi o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida, 2025 yilning 12-13 may kunlari fuqaro T.Bobobekov Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar S.Abduraxmonov va Z.Habibullayevalarning qabuliga kelib fuqaro X.Qilichevga o‘zining nomidan tegishli tashkilot va muassasalarda hamda sud organlarida vakil sifatida qatnashish uchun ishonchnoma rasmiylashtirib berishni so‘rab murojaat qilganligi, notariuslar tomonidan vakil sifatida qatnashish huquqi berilayotgan fuqaroning kimligi va ishonchnoma berish uchun qonun hujjatlarida vakil sifatida ishtirok etishi mumkin yoki mumkin emasligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida qanday hujjatlari borligi so‘ralganda fuqaro T.Bobobekov tomonidan hech qanday hujjatlar taqdim qilinmaganligi, shuningdek fuqaro T.Bobobekovni notariuslar Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar qabuliga kirmasdan faqatgina notarius yordamchilariga uchrashib qaytib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida notariuslar S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva, Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar xatti-harakatlarida Ma’muriy reglament talablari buzilmagan va fuqaro T.Bobobekovning ishonchnoma berish bilan bog‘liq murojaatini ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan deb topilgan.