Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

15
Sayyor davlat xizmatlari bilan yanada yaqinroq

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko'rsatish bugun eng samarali tizim hisoblanadi. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao. Xalqning uzog'ini yaqin qilish, mablag'i va vaqtini tejash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar Jizzax viloyatining barcha hududlarida davom etmoqda.

Mirzacho'l tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi tomonidan "Bog'bon" MFY fuqarolariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Yangiobod tuman Davlat ximatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 22 km o'zoqlikda joylashgan "Sarmich" qishlog'ida 30 dan oshiq sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Baxmal tumani DXM xodimlari markazdan 30 km uzoqdagi "Sangzor" MFYda bo'lishib, u yerda mahalla aholisiga 30 dan ortik sayyor tartibda xizmatlar kursatishdi.

14
Murojaatlar bilan ishlashning samarali va qonuniy usullari

Jizzax viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo'limlari xodimlari ishtirokida "Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlarni ko’rib cbiqish tartibi to'g'risida" seminar tashkil etildi.            Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun talablari bo'yicha ishlash tizimini ishtirokchilarga tushuntirib o'tdi. Soha vakillari tomonidan yo'llangan savollarga javob berildi, murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish ta'kidlab o'tildi.  

13
Zafarobod tumanida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan aksiya o'tkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini kafolatlash, ularga imtiyozlar berish dolzarb vazifaga aylanib ulgurdi. Adliya boshqarmasi tomonidan hamda tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan xotin-qizlar huquqlarini amalga oshirish yuzasidan viloyat miqyosida targ'ibot tadbirlari doimiy tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi targ`ibot tadbiri Zafarobod tuman adliya bo`limi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022 yildagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan 11-oktyabr—Xalqaro qiz bolalar kuni munosabati bilan Zafarobod tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli barcha umumta’lim maktablarida tashkil etildi. Targ'ibot tadbiri “Yoshlar ishlari agentligi” Zafarobod tuman bo‘limi hamda umumta’lim maktablarning psixologlari bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlar hamda pedagog kadrlar ishtirokida oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya maqsadida tashkil etildi.

12
Keksalarga hurmat-oliy qadriyat

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasi respublikamizda "Keksalar haftaligi" etib belgilangan. Mazkur haftalik "Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat" degan g'oya ostida bo'lib o'tadi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham tizimda uzoq yillar mehnat qilgan va xozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylarga izzat-ikrom ko'rsatish maqsadida ajoyib tadbir tashkil etdi. Nuroniy otaxonu onaxonlar ishtirokida Jizzax shahrida joylashgan muzeylarga sayohat uyushtirildi.
Hamid Olimjon va Zulfiya ijod uyi, u yerdagi muhit faxriylar uchun yoshlik yillarini yodga soldi.
Sharof Rashidov muzeyi ham bir olam taassurotlar maskani bo'ldi.
Eng muhimi e'tibor. Inson qalbi doimo shirin so'zga, mehrga talpinadi. Uni obod etish esa, katta bir imorat qurgan bilan barobardir. Bugun keksalarimizni qardlasak, ularning soha rivoji yo'lidagi mehnatlarini e'tirof etsak adliya tizimining mustahkam qadriyatlariga mos ravishda ish yuritgan bo'lamiz.

11
O'zimiz keldik

"O'zimiz keldik" loyihasi olis hududlarda aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatish orqali ularning uzog'ini yaqin, og'irini engil qilishdan iborat ezgu tashabbuslardan biridir. Jizzax viloyatida bu yo'nalishga alohida etibor qaratiladi.

G'allaorol tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan "Oqtom" MFY hududida fuqarolarga sayyor xizmatlar ko'rsatilib. 18 ta dehqon xo'jaliklari ro'yxatdan o'tkazildi.

Paxtakor tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan xudud axolisiga xozirgi paytda davlat xizmatlari markazlari faoliyatidagi yangiliklar yuzasidan tushunchalar berilib, sayyor tartibda xizmatlar kursatildi.

Arnasoy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ham "Yangi bo'ston" MFY hududida sayyor xizmat ko'rsatildi hamda fuqarolarni qaiynab kelayotgan savollarga huquqiy tushunchalar berildi.

Bundan tashqari Arnasoy tuman kasb hunar maktabida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli o'tkazildi. Qabul jarayonida Arnasoy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor xizimatlar ko'rsatildi, qonunchilikdagi yangiliklar aks ettirilgan bukletlar tarqatildi. Adliya bo'limi tomonidan qabul ishtirokchilariga sohaga oid huquqiy tushunchalar berildi.

Baxmal tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman markazidan 25 km uzoqlikdagi "Nushkent" MFYga yetib borishdi. Hudud aholisiga huquqiy targ'ibot va sayyor xizmat ko'rsatish tashkil etildi va 30 dan ortik xizmatlar kursatildi.

10
Adliya bo‘limi aralashuvi bilan qonunchilikka zid ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi muvofiqlashtirilishi ta’minlandi

    Fuqaro A.J(ayol) Uzunbuloq QVPga sanitarka vazifasiga 16.05.2022 yildan boshlab 1 shtat birligida ishga qabul qilinganligi, lekin 0.25 shtat birligida oylik ish haqi to‘lab berilganligi, may, iyun, iyul oylari qolib ketgan ish xaqlarini undirib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘lim tomonidan o‘rganib chiqildi. Baxmal tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat muallifini 2022 yil 16 may kunidan bog‘bon va farrosh vazifasiga ishga qabul qilinganligi, biroq ushbu OShPda shtatlar jadvaliga asosan buyruqda ko‘rsatilgan ish o‘rinlar mavjud bo‘lmaganligi, avgust oyida Uzunbuloq oilaviy shifokorlik punkitiga 0.25 shtat birligida sanitarka vazifasiga, 0.5 shtat birligida qorovullik vazifasiga hamda 0.25 shtat birligida xovli supuruvchi vazifasiga qabul qilinganligi, murojaatdagi vajlar bo‘yicha muallif o‘z tushuntirishida qorovullik vazifasida ishlamaganligini bayon qilganligi, tuman tibbiyot birlashmasi muallif ishga qabul qilinishini noto‘gri rasmiylashtirilganligi ya’ni O’zbekistan Respublikasi Mehnat Kodeksining bir nechta talablari qo‘pol buzilganligi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ma’muriy taklif, mas’ul xodimlar intizomiy javobgarlik maslasini ko‘rib chiqilishi va mehnat qonunchiligidagi qonubuzilishlarni muvofiqlashtirilishi bo‘yicha taqdimnoma ta’sir chorasi kiritildi.

07
#Xalqaro_qishloq_ayollari_kuni

G'allaorol tumanidagi "Ko'kbuloq" MFYda "15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan tuman adliya bo'limi, tuman oila va xotin-qizlar bo'limi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi hamkorligida hududdagi xotin-qizlar ishtirokida ularning muammolarini o'rganish bo'yicha sayyor qabul tashkil etildi.
10 nafar xotin-qizlarning murorjaatlari yuzasidan tushuntirish berildi, shuningdek, 5 nafar fuqaroning  murojaatlari belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun ish yurituviga olindi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga qonunchilikdagi yangiliklar, islohotlar, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar to'g'risida tushuntirishlar berildi.

06
Oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Zarbdor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi mudiri Dilnoza Ne'matova 2022-yil sentabr oyining eng yaxshi xodimi deb topildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi D.Ne'matovaning keyingi faoliyatida ham omad va zafarlar tilaydi!

06
Xalqning huquqlari ta'minlansa davlatga bo'lgan ishonchi ortadi

Fuqaro X.Jonizakova 22-sentabr kuni Paxtakor tuman adliya bo'limiga “Sport targ‘ibotchisi” vazifasida ishlagan davrida tuman hokimligi madaniyat bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. O'rganishlar natijasiga ko'ra haqiqatan ham fuqaroga tuman hokimligi madaniyat bo‘limining 2021-yil 5-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i bilan 2021-yil 5-yanvardan boshlab “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilib, oylik lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida jami 1577803 so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Adliya bo'limi aralashuvi bilan holat bartaraf etilib, bugungi kunga qadar to'lanmagan jami 1577803 (bir million besh yuz yetmish yetti ming sakkiz yuz uch) so‘m qo‘shimcha ustama haqi pullari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.          


Xosilmurod Kushmatov

Paxtakor tuman adliya bo'limi boshlig'i

05
Viloyat Adliya boshqarmasi jamoatchilikka 9 oylik faoliyati yakunlari yuzasidan ma'lumot berdi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlarga matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i S.Urinbaeva ishtirok etdi. Huquq sohasining qamrovi keng, shu sabab adliya faoliyati boshqa yo'nalishlar bilan ham chambarchas bog'liq. Bu jarayonda hamkorlikni mustahkam yo'lga qo'yish, xalqni rozi qilishdek ezgu maqsad yo'lida birlashmoq o'ta muhim.                                                                                                                                                                                                                                          

Tadbir davomida S.Urinbaeva tomonidan Adliya vazirligi: ochiqlik va shaffoflik mavzusida ma'lumotlar berildi. Ochiqlik va shaffoflik har qanday korrupsiya alomatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Adliya tizimi ham mana shunday prinsiplarga asoslanganligi, adolatli mehnat faoliyati yaratilganligi, buning natijasida xodimlarning o'z vazifalarini sitqidildan bajarishi va kasbidan rozi ekanligi ta'kidlab o'tildi.                                                                                                                                                                                                    

Shu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan jurnalist va blogerlarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasining 9 oylik faoliyati haqida ham ma'lumot berib o'tildi. Unda yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib har bir yo'nalish bo'yicha sifat va samaradorlikni oshirish yuzasidan qilingan ishlar ko'rsatib o'tildi.                                                                                                                                                                                                                                          

Tadbirning davomi sifatida Jizzax shahar adliya bo'limiga press tur tashkil etildi. Ishtirokchilarda Prezidentimiz farmoni bilan adliya sohasidagi islohotlar samarasi o'laroq tashkil etilgan adliya uylari, ya'ni adliya bo'limlari, DXM, FHDY, yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridan tashkil topgan katta jamoaning bir tom ostida birlashishi, aholigi va davlat tashkilotlariga ko'rsatilayotgan samarali faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo'ldi.                                                                                                

Shu bilan birga viloyatning olis hududlaridagi adliya bo'limlari faoliyati bilan ham tanishildi. Muammolar tinglandi, takliflar o'rganildi.