Yangiliklar
Jizzax shahar adliya bo’limi xodimlari tomonidan shahrimizning “Madaniyat” MFY binosida sayyor qabul tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Madaniyat” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda Adliay vazirining 2025-yil 9-iyundagi buyrug'iga asosan 2025-yil 10-iyundan 31-iyulgacha "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi doirasida ish beruvchi va xodimlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish, vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish beruvchi va xodimlarni qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish, ish beruvchilar, xodimlar hamda fuqarolarning mehnat sohasidagi qonunchilikka oid huquqiy ongi va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularda qonunlarga hurmat va rioya qilish ruhini shakllantirish maqsadida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda tegishli tashkilotlar jalb qilinib, 10 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi, shundan 5 tasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.
Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, "Madad" NNT va idoraviy notarial arxiv mas'ul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturi asosida 16.06.2025-yilda shahrimizdagi “A.Navoiy” MFY da huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan hamda fuqarolar tomonidan notarial arxiv hujjatlarini olish tartiblari to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, MFYda adliya burchagi tashkil etilganligi, biriktirilgan adliya bo'limi hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari haqidagi ma'lumotlarning mavjudligi, kutubxona bilan ta'minlanganligi o'rganildi. Tadbir davomida, fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tarqatma materiallari tarqatildi.
Forish tuman Adliya boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha Dastur doirasida “Ozbekiston” MFYda Davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar o‘rtasida huquqiy targʻibot oʻtkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi.
Hozirda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda
Xodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek, mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat adliya tizimida muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazib kelinmoqda.
Jizzax shahridagi "Yoshlar innovatsion markazi"da o'yinning final bosqichi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahsda jamoalar bor bilim va salohiyatini ishga soldilar. 8 ta jamoa ishtirokida o'tkazilgan o'yin yorqin lahzalarga boy bo'ldi.
1-o'rin SMART (Arnasoy-Mirzasho'l)
2-o'rin ISHONCH (Adliya boshqarmasi)
3-o'rin BURGUTLAR (Sharof Rashidov-Zafarobod) jamoasiga nasib etdi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning mutolaaga boʻlgan mehrini shakllantirish, aholi orasida kitob oʻqish darajasini oshirish kabi maqsadlarni oʻzida jamlagan “Zukko kitobxon” loyihasi har yili minglab yoshlarni mana shunday ezgu gʻoyalar atrofida birlashtirmoqda.
Tanlovning saralash bosqichida 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Tuman, shahar bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 1 nafardan jami 13 nafar yoshlar tanlovning viloyat bosqichida kuch sinashdi.
1-shart “Zakovat” oʻyini shaklida tashkil etilib, unda ishtirokchilar berilgan savollarga yozma ravishda javob berishdi. Shundan soʻng tanlov nizomiga asosan ishtirokchilar badiiy asar sharxi yoʻnalishida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Ikki shart boʻyicha umumiy tanijalar hisoblanib, eng yuqori bahoni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichi gʻolibi deb eʼlon qilindi. Bunda Zomin tumani ishtirokchisi 1-oʻrinni, Paxtakor tumani ishtirokchisi 2-oʻrinni, 3-oʻrinni esa Do'stlik tumani ishtirokchisiga nasib etdi. Kitob oʻqigan yoshlar oʻz kelajagi uchun mustahkam poydevor qurayotgan, toʻgʻri yoʻlni tanlay olgan, oʻz maqsadi sari dadil qadam bosayotgan ertangi kun davomchilaridir.
Doʻstlik tuman Adliya boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha Dastur doirasida “Saritepa” MFYda huquqiy targʻibot oʻtkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi.
Uyma-uy yurish tadbirida yoʻl-transport xodisalarini oldini olish, chorva mollarini oʻgʻirlash va kisavurlik jinoyatlari boʻyicha fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan bir qatorda, fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularning mavjud muommolari joyida ijobiy hal qilindi.
Qabulda aholining bevosita muammolarini aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Jizzax viloyat adliya bodhqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid barcha murojaatlar tinglandi, ular tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qanoatlantirildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan hududiy adliya organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida navbatdagi “ZOOM” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joylarda huquqiy muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda tizimli muammolarni hal qilishda yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha hududiy adliya organlariga zarur tushuntirishlar berildi.
Mazkur jarayonlar adliya organlari tomonidan joylarda samarali yondashuv asosida, ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining huquqiy ehtiyojlariga bevosita javob berish maqsadida olib borilmoqda.
Zarbdor tuman Adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi tomonidan Navbahor MFYda “uyma-uy” yurish shaklida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni, PQ–133-son hamda PQ-1-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida fuqarolarga aniq tavsiyalar berildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonun hujjatlarini xalqchil tilda tushuntirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" shiori ostida yuritilayotgan aksiyasi vaqtida rasmiylashtirilmagan, vafot etgan fuqarolarga oid dastlabki vafot etganlik haqidagi gerbli guvohnomalar o‘z egalariga yetkazib berildi.
Bunday uchrashuvlar aholining davlat huquqiy tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Adliya bo'limi binosida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida shaharning 8 ta mahallasidan yosh kitobxonlar ishtirok etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy, tarixiy va ma’naviy adabiyotlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining tarix fakulteti "Milliy g'oya, manaviyat asoslariva huquq ta'limi yo'nalishi" 4-kurs 405-guruh talabasi Normuratov Jamshid Najim o'g'li g‘olib deb topildi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.