Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

04
Adliya buzilgan huquqlaringizni tiklaydi

Jizzax shaxrida faoliyat yurituvchi “XUMOYUN AKBARSHOX KAPITAL” MCHJ rahbari Q.Sodiqovaning 2022 yil dekabr oyida tuman adliya bo'limiga qilgan murojaati o'rganib chiqilganida, G'allaorol tumani hokimligining buyurtmasiga asosan MCHJ tomonidan hokimlik binosi isitish tarmog'i joriy ta'mirlab berilganligi va bajarilgan ishlar uchun hokimlik tomonidan MCHJga to'lanishi lozim bo'lgan 145 942 507 so'm mablag' to'lanmasdan kelinganligi aniqlanib, ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan G'allaorol tuman iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritildi va sud qaroriga asosan da'vo ariza talabi qanoatlantirilib, hokimlikdan MCHJga 145 942 507 so'm mablag' undirilishi ta'minlandi.

03
Sayyor qabullar avvalo xalq muammolariga yechimdir

Sayyor qabullar avvalo xalq muammolariga yechimdir. Shu sabbabli, joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda. Shu jumladan, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha reja-grafikka asosan Zarbdor tuman "Ravot" MFYda tuman adliya bo'limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi. Shuningdek tadbir davomida yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan fuqarolarga ma'lumot berib o'tildi.

02
Gazetalarning ilk sonlarida BIZ

"Darakchi" va "Jizzax ovozi" gazetalarining 2023-yilgi ilk sonida adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i E.Urdushev, Jizzax shahar adliya bo'limi FHDY bo'limi mudirasi G.Ibragimovaning qonunchilikdagi yangiliklarga oid maqolasi chop etildi.

30
Adliya aralashuvi bilan!

    Jizzax viloyati Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ezgu ishlar. Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablardagi kadr bo‘yicha inspektorlar tomonidan razryad bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hozirgi kungacha to‘lab berilmaganligi sababli ushbu pul mablag‘larini to‘lab berishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab yozgan birgalikdagi murojaatlari mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi.
    Aniqlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019 yildagi 743-son qarorining 4-ilovasiga asosan, oliy ma’lumotli mutaxassislar, mutaxassislar va inspektorlarga 6 razryad yagona tarif setkasi bo‘yicha razryad belgilangan bo‘lsada, Zarbdor tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 30 nafar umumta’lim maktablari kadrlar bo‘yicha inspektorlarga 3 razryad bo‘yicha hisoblanib 2020-2021 yillar davomida 463 429,0 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi o‘rniga 367 595,1 ming so‘m hisoblanib to‘lanishi natijasida 95 833,9 ming so‘m kam hisoblanib to‘langan. Masalan, Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kadrlar bo‘yicha inspektori (menejeri) lavozimida ishlagan Abduvoxidova Nilufar foydasiga 4649,4 ming so‘m ish haqi tshlab berildi. Mazkur holat yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib
29 nafar xodimlarga 95 833,9 ming so‘m ish haqi to‘lab berildi. Shuningdek, Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan Zarbdor tumani SJO va JSBda ishlovchi 20 nafar xodimlarning ushbu tashkilotdagi 2016-2018 yillardagi va undan oldingi mehnat faoliyati uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi murojaatlari o‘rganib chiqildi. O’rganish natijasiga ko‘ra mutaxassislarning xulosalari olinib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga ushbu xodimlarning manfaatida 20 ta arizalar kiritildi. Sud qarorlariga asosan, har bir xodim uchun foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiyalar undirilishi belgilandi va to‘lab berildi. Masalan, Nishanov O’skan Jumanovichga 2018-2019-yillar uchun 8.580.100 so‘m kompensatsiya undirildi.

29
"Assalom, Jizzax"da huquq bekati

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Adliya boshqarmasi xodimi I.Ablakulova, Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev taklif etildi. Mazkur suhbatda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

28
Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika va mutaxssisliklarga tayyorlash markazida “Korrupsiya-kelajakka tahdid” mavzusida seminar o‘tkazildi, shuningdek tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga imtiyozlar nazarda tutilgan qonun hujjatlari bo’yicha tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi

27
Sayyor qabul: xalq manfaati uchun

Paxtakor tuman "Chamanzor" MFYda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari E.Maxammadiyev tomonidan sayyоr qabul o‘tkazildi. Sayyоr qabulda  Paxtakor tuman hokimligi, adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari, FHDY bo‘limi xodimlari va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi. Qabul davomida 30 dan ortiq murojaatlar tinglanib, bir qancha murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar va tavsiyalar berildi, 10 ta murojaat qabul qilinib nazoratga olindi. Shuningdek, Paxtakor tuman davlar xizmatlari markazi tomonidan 50 nafardan ortiq 7-sonli maktab o‘qituvchilari va hududda yashovchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, Mobile ID dan ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlandi.

26
Taqdirlash_iqtidorlar_kashf_etildi

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o'rtasida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Norboyeva Farangiz Ulug‘bek qizi "Sud protsessining eng yaxshi notigʻi" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

24
Nodavlat notijorat tashkilotlar o'rtasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar adliya bo‘limi binosida nodavlat notijorat tashkilotlarning mavjud muammolarini o‘rganish, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish hamda NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘ziyevo, O‘zNNTMA Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassisi E.Jabborov va Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondimutaxassisi M.Xolboyev tomonidan viloyat hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, Sh.G‘oziyev so‘zga chiqib, bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hamda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganlini ta’kidlab o‘tdi.  Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyati hamda adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot shakli hamda uni vazirlikning sayti orqali topshirish haqida zarur tushunchalarni berib o‘tdi. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

23
Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?

Sharof Rashidov tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi barcha maktab direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi yetkachi maslaxatchisi I.N.Beknazarov va tuman xalq ta’lim bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 30-noyabrdagi №02-РA1/1-1818-sonli xatiga ko‘ra, “Huquqiy bilimlar”, “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”, “Siz qonun himoyasidasiz” hamda “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirda pirotexnika vositalariga qarshi kurashish bo‘yicha maktab direktorlarini ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining mas’ulyati yanada oshirildi.