Yangiliklar
Jamiyatdagi har qanday munosabatlarni qonunlar tartibga soladi. Shu sabab ulardan xabardor boʻlish, kerakli paytda topa olish, yangilik va oʻzgarishlarni kuzatib borish uchun barcha qonun hujjatlari yagona tizimda yigʻilishi lozim. Bu borada Lex.uz sayti xozirda qonun hujjatlari joylashtirib boriladigan yagona elektron baza sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Mana shunday elektron axborot manbalaridan tez va oson foydalanish zarurati ularni yanada takomillashtirishni talab etmoqda. Jizzax viloyatida ham “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat markazlari, FHDYo va notarius xodimlari, huquqni muhofaza etuvchi organlar, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazining ish faoliyati, maqsadlari va yo‘nalishlari, shuningdek, Lex.uz saytining yangi qiyofasi va foydalanish tartibi, yangiliklari, normativ-huquqiy hujjatlar bazasidagi mavjud imkoniyatlar haqida slayd orqali tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, xodimlar tomonidan Lex.uz milliy bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar o'rtaga tashlandi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich tomonidan 13-14 aprel kunlari Jizzax viloyatida bir qator tadbirlar o`tkazildi.
Adliya vaziri o'rinbosari A.Muhammadiyev Jizzax viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurdi. Texnikumning o‘quv jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi hamda texnikumning mehnat jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Adliya vaziri o'rinbosari yuridik texnikumda dars jarayonlari bilan tanishdi. O'qituvchilar bilan dars jarayonlari xususida suhbatlashib, o‘quvchi-yoshlarni fanga qiziqtirish, bir xillikdan qochgan holda zamonaviy dars mashg‘ulotlarini olib borish, buning uchun o‘z ustida tinmasdan ishlash lozimligi yuzasidan tavsiyalar berdi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich Sharof Rashidov tuman Ravot va Olmachi MFY hududidagi fermerlar bilan yuzma-yuz suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida fermer xo‘jaliklari tomonidan yer bilan bog‘liq muammolari mavjudligi bildirib, ushbu masalaga amaliy yordam berishini so‘rab murojaat qilishdi.
Mazkur murojaatlar va takliflar inobatga olinib, fermerlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng Aktam Zayniddinovich va boshqa mas’ullar ushbu hududdagi fermerlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida fermer va dehqon xo'jaliklarida bo'lishdi. Ular faoliyati bilan bevosita tanishdi, amalga oshirilgan ishlarga guvoh bo'lishdi. Mazkur uchrashuvlardan ko'zlangan maqsad tadbirkor va fermerlarga huquqiy masalalarda yaqindan ko'mak berish, muammolarini bartaraf etish hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich va viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Jizzax Maxsus iqtisodiy zonasida faoliyat ko'rsatuvchi yirik ishlab chiqarish loyihalari bo'lgan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida joyiga chiqqan holda uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarining muammolari atroflicha o'rganildi, ayrimlari bo'yicha joyida qonunchilik hujjatlari yuzasidan huquqiy yo'nalish va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, "Grand kapital MCHJ" rahbari U.Baxodirovning tijorat banklari tomonidan kredit ajratilmayotganligi to'g'risidagi, "Jizzax gigant uzumi" fermer xo'jaligining soliq bo'yicha muammolari, "Samandar shirinliklari" oilaviy korxonasining gaz ta'minoti bilan bog'liq muammolari nazoratga olinib, qo'shimcha o'rganish va aniqlik kiritish uchun qabul qilindi. Bundan tashqari Jizzax Maxsus iqtisodiy zonasi rahbari Z.Saidov tomonidan iqtisodiy zona faoliyati bo'yicha muammolar, xududning moddiy-texnikasini mustahkamlash yuzasidan bildirgan takliflari sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish nuqtai-nazaridan nazoratga olindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va bo'limlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas'ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qo'llashga ko'maklashish va nazorat qilishdan iborat bo'lishi belgilab berildi hamda sohani tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, Davlat rahbari topshiriqlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi amaliyotga joriy etildi.
Shu munosabat bilan hamda joylarda Davlat rahbari topshiriqlari ijro holati yuzasidan Jizzax viloyat hokimligida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etilishi yuzasidan seminar o'tkazildi.O'tkazilgan seminarda viloyat hokimligi kotibiyatlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining ijro intizomiga mas'ul bo'lgan mutaxassislari ishtirok etdi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda o'tkazilgan seminar yig'ilishi mobaynida Jizzax viloyati hokimligi va mutasaddi idoralar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan va "Ijrogov.uz" tizimida nazoratga olingan 997 ta Prezident hujjatlarida jami 7167 ta topshiriqlar mavjud ekanligi, shundan 5321 ta topshiriq bajarilganligi, shundan 1032 tasi muddatidan kech bajarilganligi hamda 8 ta topshiriqlar ijro muddati o'tgan bo'lsada bajarilmaganligi va tizimda nazoratdan olinmaganligi ta'kidlandi.
Bajarilmagan 8 ta topshiriqlar yuzasidan bajarilmaslik sabablari va omillari bo'yicha mutasaddi idoralar rahbarlarining izohlari eshitildi.
Shuningdek, seminar davomida adliya organlari tomonidan topshiriqlarning ijrosi ta'minlanishi bo'yicha huquqiy-uslubiy ko'mak berib borilishi hamda aniqlangan ijro intizomi buzilishi holatlari yuzasidan tegishli ta'sir choralari ko'rib borilishi alohida aytib o'tildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Fuqarolarimiz turmush farovonligini yanada yaxshilash uchun ularning muammolarini joyiga chiqib bevosita oʻrganish va ijobiy hal qilish masalasi bugun har bir davlat organi vakili oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich va viloyat adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birga Zarbdor tumanining olis hududlaridan bo'lgan "Adirobod" MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin murojaat tinglandi. Xalqning o'z muammolari yechimini topishiga ishonch bilan kelganligi ularning ko'zlarida aks etib turibdi. Har bir muammo diqqat bilan tingladi. Mutasaddi idora vakillari bilan birgalikda muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari olib borildi. Yangihayot ko'chasida yashovchi Mahfuza Jumaboeva nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati FHDYo idorasi tomonidan joyida ijobiy hal etildi. Murojaatchilarning 10 nafarga yaqini tibbiyot sohasiga, 7 nafari bandlik masalasida, 4 nafari kadastr sohasiga, 8 nafari davlat xizmatlari sohasiga dahldor masalalar bilan yuzlandilar. Bundan tashqari tadbirkorlik, bank-kredit, ijtimoiy himoya masalalarida o'z muammolari bilan kelgan fuqarolar murojaatlari ham tinglandi.Barcha masalalarni ijobiy hal etish uchun yo'l bor. Ammo bu yo'l mas'uliyat, fidoyilik va mehnatni talab etadi. Kimki o'z dardi bilan emas balki xalq dardi bilan yashar ekan ana shu haqiqiy rahbardir. Adliya vaziri o‘rinbosari sayyor qabuldan so‘ng "Tinchlik" MFYda yangi ochilgan kutubxona faoliyati bilan ham tanishdi.
Ayni kunlarda mamlakatimizda joriy yilning may oyida oʻtkaziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga doir ishlar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, Jizzax shahridagi mavjud 34 ta mahalla fuqarolar yigʻinida ham saylovga tayyorgarlik uyushqoqlik bilan tashkil qilingan. Mazkur jarayonlarda adolatni, shaffoflikni taʼminlash maqsadida tuzilgan saylovni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiya aʼzolari joylarda boʻlib, saylov qonunchiligi boʻyicha tushunchalar berishmoqda. Xususan, "Kimyogar", "Sayiljoyi", "Shodlik" hamda "Obod" mahallalarida saylovni oʻtkazuvchi ishchi guruh aʼzolari uchun tashkil etilgan seminar-treninglarda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i Sh.Ermatov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlari, mazkur saylovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi haqida tushunchalar berildi.
Bugun mamlakatimizda yangi davr boshlandi. Inson manfaatlari har narsadan ustun ko‘rilayotgan bu davrda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish orqali aholi farovonligini ta’minlash bosh vazifa etib belgilandi. Davlatimiz rahbari prezidentlik vazifasini bajarishga kirishgan ilk kunlaridanoq, mutasaddilar oldiga respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish vazifasini quydilar.
Aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan har qanday dasturlar aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi va joylashuvi to‘g‘risidagi aniq ma’lumot va tahlillar asosida ishlab chiqilgandagina ko‘zlangan natijalarni beradi. Bunday ma’lumotlarni olish imkonini beradigan yagona – aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizda bundan 30 yil avval o‘tkazilganligi bois, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini ma’lum darajada cheklamoqda.
Xalqaro tajribaga asosan aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.
Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro me’yorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan
bu tadbirda aholi an’anaviy: yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.
Aholini ro‘yxatga olish avvalo davlatga yoki hukumatga emas, jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, bolalar bog‘chalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda ishlatiladi. Yosh haqidagi ma’lumotlar qachon va qancha odam pensiyaga chiqishi, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishini rejalashtirish uchun zarur.
Viloyat statistika boshqarmasi
Ro‘yxatga olish jarayonlarini
tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi
Fuqarolarimiz turmush farovonligini yanada yaxshilash uchun ularning muammolarini joyiga chiqib bevosita oʻrganish va ijobiy hal qilish masalasi bugun har bir davlat organi vakili oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining shunday oliy maqsad yoʻlidagi tegishli topshiriqlari asosida Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Artikova va tegishli ishchi gurux aʼzolari tomonidan sud-huquq masalalari yuzasidan navbatdagi ommaviy qabullari Jizzax viloyatida o'tkazildi. Jumladan, Gʻallaorol tumani, Baxmal tumanidan tashrif buyurgan aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning dardu tashvishlari va muammolari eshitilib, qabulning ilk kunida 71 ta turli mazmundagi murojaatlar qabul qilindi, murojaatlarning 11 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Misol uchun, 4 nafar fuqarolarning sogʻlikni saqlash borasidagi muammolari shu joyning oʻzida hal etilib, sogʻliqlarini tiklab olishlari uchun sihatgohlarga yoʻllanma berildi. Sayyor qabullarda viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya boʻlimlari ham faol ishtirok etmoqda. Yoʻllanayotgan murojaatlarga huquqiy tushuntirish berish va sohaga tegishli boʻlganlarini tezkorlik bilan hal etish masalalari koʻrilmoqda.
Azaldan mahalla xalqimizning tarixan shakllangan, yagona ijtimoiy hayotining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy anʼanalari, urf-odatlari, axloqiy-maʼnaviy qadriyatlarini avlodlarga yetkazuvchi muqaddas maskan boʻlib kelgan. Bugungi kunga kelib esa mahalla chin maʼnoda oilalarning eng yaqin maslahatchisi, tayanchiga aylandi.
2022-yil 16-martda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlimi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Unda Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022-yilning may oyida oʻtkazilishi belgilandi. Шунга кўра 24 март куни Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашининг қарори ҳам қабул қилинди. Унга кўра Фуқаролар йиғинлари раислари (оқсоқоллари) сайловига тайёргарлик кўриш давомида Вилоят Адлия бошқармаси маҳаллаларда Ўзбекистон Республикаси “Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) сайлови тўғрисида”ги Қонуни мазмун-моҳиятини тушунтириш ишларини амалга ошириши белгилаб қўйилган. Бугунда барча туман, шаҳар адлия бўлимлари ходимлари томонидан жойларда ҳуқуқий тарғибот тадбирлари амалга ошириб борилмоқда.
Prezidentimizning joriy yil 17 martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko`rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmoniga ko`ra yuridik xizmat ko`rsatish markazlari, shahar, tuman davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYo organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda shahar, tuman adliya bo`limlari tuzilmasi va bo`ysunuviga o`tkazildi.
Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan brifingda shu haqida batafsil ma’lumot berildi. – Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida” gi farmonida ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish belgilangan, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Bekzod Pirxolov. – Bu tom ma’noda taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish borasidagi ilk qadamlardan biridir. Prezidentimizning mazkur qarori ham tizimdagi ishlar samardorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Brifingda “Adliya – shonli 30 yil!” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.
15-martdan 15-mayga qadar Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” oyligi deb e'lon qilingan. Mazkur oylik doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi “Umid” maktab-internati direktorining rag'batlantirish pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati o'rganib chiqildi. Natijada “Umid” maktab-internati direktoriga 2020-2021-o’quv yilida bitiruvchi o’quvchilarning 90 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o’qishga kirish hamda ishga joylashishi ko’rsatkichlari asosida jamg’arma mablag’lari hisobidan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorida bir martalik rag’batlantirish, shuningdek shahar kesimida tuzilgan reytingda maktab-internati 1-o’rinni egallagani uchun 2022-o’quv yili davomida lavozim okladiga nisbatan mos ravishda har oylik 30 foiz ustama hamda lavozim okladiga nisbatan 200 foiz miqdorda bir martalik moddiy rag‘batlantirish pullari to'lanmaganligi aniqlandi. Boshqarmaning Inson huquqlari boʻlimi aralashuvi bilan mazkur masala ijobiy tomonga hal etilib, toʻlanmay qolgan ustama va rag'bat pullari toʻlab berilishi ta'minlandi.
Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” yuzasidan joriy yilning 15-mart - 15-may kunlari sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquq va manfaatlariga rioya etish ahvolini o‘rganish yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida ishchi guruh tuzilib, aksiya doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
I. Sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquqlarini tushuntirish bo‘yicha tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Aksiya doirasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan 9 ta targ‘ibot materiallari to‘plami (2 ta slayd, 7 ta infografika) tayyorlandi.Sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyish adliya organlari tomonidan 50 dan ortiq targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning mart oyida Zafarobod va Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmalari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi. (Telekanallarda 2 ta, radioda 5 ta chiqishlar qilindi hamda 36 marotaba seminar va davra suhbatlari oʻtkazildi, veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda 100 marotabadan ziyod ma`lumotlar joylashtirildi)Murojaatlar bilan ishlash yoʼnalishi bo‘yicha
Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga aksiya davomida fuqarolar tomonidan jami 84 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 76 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan, 71 ta murojaat qanoatlantirilgan hamda 8 ta murojaat hozirgi kunda o‘rganib chiqilmoqda.
Jumladan, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limiga fuqaro L.Julbekova va boshqalarga birlashma tomonidan 2022-yilning 1-yanvar kuni navbatchilikka jalb qilingan bo‘lsalarda, birlashma tomonidan bayram kuni uchun qo‘shimcha pul mablag‘i to‘lab bermaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 157-moddasida “Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi, to‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishishi belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, jami 103 nafar tibbiyot xodimlariga 30 mln
51 ming 444 so‘m pul mablag‘i to‘lab berilishi taminlandi.III. Qo‘llanilgan taʼsir choralari bo‘yicha
Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aksiya doirasida sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquq va manfaatlariga rioya etish ahvolini o‘rganish yuzasidan muntazam ravishda monitoringlar o‘tkazilib, monitoring natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta`sir choralari kiritilmoqda.
Xususan, xalq ta`limi tizimi xodimlarining manfaati yuzasidan 6 ta taqdimnoma hamda sudlarga 80 ta 270,4 mln so‘mlik daʼvo arizalari kiritildi.
Jumladan, Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan Zarbdor tuman xalq ta’lim bo’limiga qarashli 32 ta umumiy o’rta ta’lim maktabining kadrlar bo’yicha menejerlarining, kadrlar bo’yicha menejer lavozimi uchun ish haqi 6-raziryad bo’yicha berilishi lozim bo’lsada 3-raziryad bo’yicha berilganligidan norozi bo’lib qilgan murojaatlari o’rganib natijasi yuzasidan ish haqini undirish to’g’risida Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor tumanlararo sudiga 39 ta jami 176,0 mln so‘mlik da`vo arizalari kiritildi.
Xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan
2 ta 2 mln 88 ming so‘mlik da`vo arizalari kiritildi.
Shuningdek, Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyor birlashmalari xodimlariga to‘lanmasdan kelgan safar harajatlarini undirish bo‘yicha 11 ta 14,4 ming so‘mlik da`vo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yil “Tibbiyot xodimlari mexnatiga xaq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-sonli Qarori talablariga rioya qilinmaganligi natijasida 2 nafar tibbiyot xodimiga to‘lab berilmagan 2 mln. 081 ming 013 so‘m ustama mablag‘i tuman adliya bo‘limining taqdimnomasi asosida to‘liq undirilishi ta'minlandi.
Xuddi shunday, ta'lim tizimi xodimlarining manfaati yuzasidan 1 ta taqdimnoma kiritildi.IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va o‘tkazilgan so‘rovnomalar boʼyicha
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan Oliy ma’lumotli sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlariga belgilangan ustamalarning o‘z vaqtida to‘lanishi ahvolini o‘rganish yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga so‘rov xatlari chiqarilgan.
Аdliya organlari tomonidan o‘tkazilgan huquqiy monitoring sohada bir qator muammo va kamchiliklar borligini ko‘rsatdi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 32-bandi, “Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta'lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin” deb ko‘rsatilgan.
Jumladan, Zafarobod tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta`lim maktabining yuqori natijaga erishgan 2 nafar pedagog xodimi rag‘batlantirilmagan.
Ya`ni, Zafarobod tuman xalq ta`limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta'lim maktabining 4 nafar o‘quvchilari (X.Qo‘chqorov, R.Rustamov, M.Nuriddinov), 9 “a” – sinf o‘quvchisi M.Muhiddinovalar “Prezident maktabi”ga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsada, sinf rahbari rag‘batlantirilmagan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman xalq ta'limi bo‘limiga tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, 2 nafar pedagog xodimning rag‘batlantirilishi ta'minlandi.
Aksiya doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kelgusida qo’shimcha axborot berib boriladi.