Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

13
Korrupsiya-kelajakka tahdid

Korrupsiya haqqiqatan ham davr muammosidir. Har bir mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi, rivojlangan mamalakatlar qatoridan joy olishi uchun albatta, bu muammodan qutulishi lozim. Shu sababdan, joriy yilning 13-dekabr kuni Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Jizzax viloyati prokuraturasi, viloyat IIB va qator tashkilotlar hamkorligida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilayotganligi, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganligi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasining tashkil etilgani, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlangani yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan ekanligi aholiga tushuntirib o'tildi. Seminar davomida fuqarolar mas'ul xodimlardan o'zlari qiziqan savolarga ham javob olishdi.



/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/

12
TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

Hozirgi globallashuv davrida korrupsiya jamiyatni ich-ichidan yemirib, oxir-oqibat tanazzulga eltuvchi xavfli bir illat hisoblanadi.                                                                  

Shu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturining tasdiqlanishi jamiyatimizda bu illat bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan  Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan  “ Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.                                                        

12
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 9-dekabr "Korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslaxatchisi   Sulaymonov Shuhrat ishtirok etib talabalarga bugungi kundagi korrupsiyaning oldini olish maqsadida qanday choralar ko'rilayotganligi haqida tushunchalar berib o'tdilar.

Tadbir yakunida 9-dekabr "Korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan o'tkazilgan Insholar  hamda Rasmlar tanlovining g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandilar.

12
Adliya aralashuvi bilan...

Zomin tuman Adliya bo'limi tomonidan Zomin tumani “Qo'shtol” MFY Qangli qishlog'ida yashovchi 1959 yilda tug'ilgan fuqaro Mamanazarov Tursunboy Bozorboevichning hozirgi kunga qadar fuqarolik pasporti olmaganligini ma'lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi. Uning fuqarolik pasportini olish haqida turli idoralarga yo'lgan murojaati rad etib kelingan.
Zomin tuman Adliya bo'limining bevosita aralashuvi bilan holat har tomonlama, to'liq va xolisona o'rganilib, fuqaro T.Mamanazarovning manfaatida tug'ilganlik faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Mazkur murojaatni o'rganib chiqish natijasiga ko'ra fuqaro Mamanazarov Tursunboy Bozorboevichga fuqarolik pasporti olib berilishi ta'minlanib, uning yillar davomida hal etilmasdan kelayotgan muammosi qonuniy hal etilishi ta'minlandi.

09
Huquqiy viktorina

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Huquqiy viktorina"  tashkil etildi.

Shuningdek,  Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul hodimi Sh.Sulaymonov  konstitutsiyaviy bilimlarni tinglovchilar bilan o'rtoqlashdi.

08
KONSTITUTSIYAM FAXRIM

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan aholi orasida o'tkazilayotgan tadbirlarning eng samaralisi jonli muloqotlar va noodatiy loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi gavjum joylarda "Bilasizmi" loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar yurtdoshlarimiz uchun ham qiziqarli ham foydali bo'ldi.

Viktorina savollari Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan moddalar mazmun-mohiyati yuzasidan tuzilgan bo'lib, fuqarolarimiz ulardan qay darajada xabardor ekanliklari sinovdan o'tkazildi.

Ishtirokchilarga hozirlangan sovg'alar ichida aynan Konstitutsiya kitobining borligi, uni har bir oilaga kirib borishiga erishish kabi maqsadni ro'yobga chiqaradi.

08
E'TIROF

E'tibor va e'tirof insonni yanada ruhlantirib, yangi marralar va zafarlar sari undovchi kuchdir. Jamoada yoshlarni rag'batlantirish orqali ularning bilimi, shijoati, yangilikka intilishi, zamonaviy g'oyalaridan yanada samarali foydalanish mumkin. Bu esa ularda ertangi kunga bo'lgan ishonch, o'z kasbiga bo'lgan mehr xissining yanada oshishiga ham xizmat qiladi.

Jizzax viloyat adliya tizimida ishlayotgan bir guruh yosh xodimlarning ota-onalariga O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan boshqarma boshlig'ining tashakkurnomasi yo'llandi.

Tashakkurnomada quyidagi iliq fikrlar mavjud:
Bilimli va salohiyatli kadrlar har bir soha uchun nihoyatda zarur. O'z kasbiga sadoqat esa bugun adliya tizimiga kirib kelayotgan yoshlar uchun eng kerakli fazilat bo'lmog'i lozim. Sababi adliya qadriyatlari shunday! Bu tizimda ilm, intilish, mas'uliyat, shijoat, mehnat, fidoiylik kabi jihatlar yuksak darajada qadrlanadi, e'tirof etiladi.
Sizning farzandinggiz ham o'z faoliyati davomida mana shunday jonkuyarlik, o'z kasbiga sadoqat, vatanparvarlik kabi fazilatlari bilan boshqalarga o'rnak bo'lmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti, soha rivoji uchun o'z bilimini ayamay xizmat qilayotgan farzand tarbiyalaganingiz uchun
Sizga katta rahmat!

08
Konstitusiya yoshlar nigohida

O‘zbeksiton XDP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Jizzax politexnika institutida “Konstitusiya yoshlar nigohida” shiori ostida tadbir tashkil etildi.                                                                                              

Tadbirda O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat Kengashi, Jizzax shahar Adliya bo‘limi mutahasisi hamda yoshlar ishtirok etdi. Konstitusiya taraqqiyotimizning bosh qomusidir. U sabab har bir fuqaro o‘z haq-huquqlarini bilib yashaydi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joylarda turli tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil etib kelinmoqda.                                        

07
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"Jizzax haqiqati" va "Djizakskaya pravda" gazetalarining 7-dekabr sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul kilingan kun munosabati bilan yozilgan maqolasi chop etildi.

06
"Assalom, Jizzax"da huquq bekati

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Jizzax shahar adliya bo‘limi yuridik  xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti, 2-darajali yurist Nargiza Fayziyeva taklif etildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o‘rnini xech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidlashimiz lozim. Mazkur suhbatda qomusimizning huquqiy asoslari hamda insonparvarlik tamoyillari bilan yo‘g‘rilgan moddalari oddiy, xalqchil tilda yoritib berildi.