Yangiliklar
"Jizzax ovozi" gazetasining navbatdagi sonida Zomin tuman adliya bo'limi boshlig'i T.Latipov hamda Davlat xizmatlari markazi direktori K.Qurbonovning "Bilib qo'ygan yaxshi" rukni ostida huquqiy maqolalari e'lon qilindi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan “Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan aholi gavjum joylar, xiyobon va boshqa joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlarini fevral-mart oylarida o‘tkazish Reja-grafigi”ga ko‘ra, joriy yilning 17-fevral kuni shahrimizdagi “Ko‘ksaroy” savdo majmuasi va “Ko‘k bozor” markaziy dehqon bozorida fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga qonunchilikdagi imtiyozlar, shuningdek, firibgarlikdan himoyalanish to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berilib, tarqatma materiallari tarqatildi.
Har bir insonning yoshlikdagi orzusi bu kosmanavt bo'lish. Boshqa sayyoralar, osmon jismlari har doim ham hamma uchun qiziq va sirli bo'lgan.
Shu sabab muzeyga borgan o'quvchilarning bu boradagi savollariga muzey xodimlari tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Tarixni o'rganish, osmon ilmidan xabardor bo'lish, yangi bilimlarni egallashga bo'lgan xohish yoshlar qalbida o'ziga bo'lgan ishonchni va kelajakka bo'lgan intilishni shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.
Misol uchun,
▪️shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
▪️shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
▪️kadastr hujjatlari va ularning nusxalari
▪️ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma;
▪️manzil-ma’lumot axboroti kabi va boshqa ma’lumot va hujjatlarni davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan talab qilish bekor qilingan.
Hurmatli fuqarolar! Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda Sizdan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘yicha har bir viloyatdan bittadan adliya bo‘limlari tanlab olinib, xozirda ularda “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi doirasida yangi tashabbuslar joriy etilmoqda. Bularning bari xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, adliya bo‘limlariga kelgan fuqarolarga qulay va shinam muhit yaratish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, huquqni qo‘llash amaliyotini uyg‘unlashtirish, huquqiy targ‘ibotning proaktiv shakllarini samarali qo‘llashdan iboratdir. Jizzax viloyati bo‘yicha dastlab Zomin tuman adliya bo‘limi mazkur loyiha bo‘yicha tanlab olingan edi. Hozirda ushbu loyiha G'allaorol numan adliya bo'limida davom etmoqda.
Loyiha doirasida samarali ishlar amalga oshirilib, sohalar kesimida namunali tajribalar to‘plandi. Barcha tashabbuslar yuzasidan manzilli targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. Yo‘nalishlar bo‘yicha aniq tavsilar va ularni amalga oshirish usullari va mexanizmlari yuzasidan yo‘nalishlar berib kelinyapti.
Loyiha bo'yicha olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, aholining huquqiy muammolari o'rganib borilmoqda. "Jiydali" mahallasi tuman markazidan eng uzoq hudud hisoblanadi. Aholining meros, ishsizlik, soliq, kommunal tulovlar borasida ko'plab huquqiy savollariga mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Bu galgi uchrashuv g'azal mulkining sutoni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan bo'lib, tadbir mehmoni sifatida adabiyotshunos olima, Jizzax davlat pedagogika universtiteti dosenti Zuxra Mamadalieva taklif etildi.
Bu buyuk ikki shaxsning ijodi va faoliyati, davlat boshqaruvidagi yuksak mahorati, oliyjanoblik, xalqparvarlik, insolniylik kabi shaxsiy fazilatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Juda katta bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, ilm-fanga ko'rsatgan katta e'tibori va homiyliklari sabab komil inson darajasiga yetisha olgan bu insonlarning hayot yo'li barcha uchun o'rnakdir. Mana shunday ulug' insonlarning avlodlari ekanligimizdan har qancha faxrlansak arziydi.
Bugun Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha matbuot anjumani tashkil etilda.
OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbir davomida adliya boshqarmasi xodimlari o'z yo'nalishlari bo'yicha ko'rgazmali taqdimotlar qilishdi.
2025-yilda erishilgan yutuqlar va ularni bu yilda yanada takomillashtirish, faoliyatning asl maqsadi bo'lgan inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklari kafolatlangan yurtimizda ozod yashashlari uchun sharoit yaratish yo'lida xizmat qilish soha xodimlari uchun muqaddas burch ekanligi ta'kidlandi.
Savol-javob va erkin suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda ijodkorlar hamda blogerlardan ko'plab takliflar o'rtaga tashlandi. Berilgan takliflar va bildirilgan fikr mulohazalar faoliyatni samarali tashkil etish uchun o'ta muhimdir.
Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.
Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.
Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi. (https://lex.uz/docs/6257288#6264594)
Jizzax viloyat teleradiokanalining "Munozara maydoni" tok shousida adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Iroda Ablakulova ishtirok etdi.
Unda O'zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida” gi Qonuni ijrosi, fuqarolarni kiberxavfsizlikdan ogohlikka undash, internetdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish, uni oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi va bu boradagi boshqa muhim vazifalarga e'tibor qaratildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Forish tumani adliya bo'limi xodimlari hamda intellektual mulk huquqini himoya qilish yo'nalishi mas'ullari hamkorligida tuman dehqon bozori va unga yondosh savdo do'konlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Suhbat davomida fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari tushuntirildi. Muammolar o'rganilib echimi bo'yicha maslahatlar berildi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan talabga ko'ra davlat xizmatlari ko'rsatish uchun sharoit yaratildi.