Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

21
O'zimiz keldik loyihasi Baxmalda!

Baxmal tuman markazidan 30 km uzoklikdagi "Molguzar" MFYda sayyor xizmat kursatish jarayoni amalga oshirildi. Unda sudlanganlik, INPS, bog'chaga joylashtirish, nafaka tayinlash bo'yicha jami 9 ta xizmat ko'rsatildi.                                                                                                                          

21
O'zimiz keldik loyihasi har bir tumanda tashkil etilmoqda.

Arnasoy tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari markazdan 20 km uzokda joylashgan "Chinobod" MFYda aholiga o'z xizmatlarini ko'rsatishdi. Mazkur jarayon davomida FJBPTga 2 dona xabarnoma, suv tarmog'iga texnik shart olish bo'yicha 3 dona, suv tarmog'iga ulanish bo'yicha 6 dona shartnomalar tuzilib, boshka davlat xizmatlari bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.                                  

21
Mahallalar «qizil», «sariq», «yashil» toifalarga ajratilmoqda

Mahallalar kesimida hududlarda sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko'rsatkichi bo'yicha "qizil" hududga kiritilgan G'allaorol tumanidagi "Madaniyat","Do'stlik","Ko'kgumbaz" va "G'.G'ulom" MFYlarida G'allaorol tuman adliya bo'limi, IIB, Mahalla va Nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilash maqsadida davra suhbati, har bir mahalla kesimida tushuntirish va seminar ma'ruzalari tashkil etildi.
Shu bois aholining ijtimoiy holatini yaxshilash borasida mutasaddi idoralar bilan tegishli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ning yuritilishi nazorat qilinmoqda. Eng og‘ir va nizoli vaziyatlarning huquqbuzarlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun buni mahallalarning o‘zidayoq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Huquqbuzarliklarni «mahallabay» tarzda «qizil», «sariq», «yashil» toifalarga ajratish — manzilli profilaktikani qaysi hududdan boshlash kerakligiga oydinlik kiritadi.

21
"Xalq farovonligini saqlash har bir fuqaroning burchidir!"

"Xalq farovonligini saqlash har bir fuqaroning burchidir!","Qizil hududga qarshi kurashamiz!" mavzulari yuzasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish hamda uning oldini olish, aholining barcha qatlamlarida huquqiy savodxonlikni shakillantirish, o‘z huquqlarini biladigan va bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolarni tarbiyalash borasida  Sh.Rashidov tuman adliya bo'limi, ichki ishlar xodimlari, "Yoshlar ishlar agentligi", mahalla fuqarolar yig'ini raislari bilan birgalikda  tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu targ'ibot tadbirlari davomida katta e'tibor qizil toifaga kiritilgan hududlarga  qaratilmoqda. Hayrobot va Sharilloq MFYlari ham Qizil toifaga kiritilgan hududlar hisoblanib, ushbu hududlarda joylashgan umum ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ushbu toifa yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad tumanda yuzaga kelayotgan jinoyatchilik, qotillik, o'g'rilik, yoshlar orasida vujudaga kelayotgan huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat.

21
Qizil toifaga kiritilgan mahallalarda targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Zafarobod tuman adliya bo'limi hamda tuman ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda  "Qizil hududga qarshi kurashamiz!" mavzusi doirasida huququbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar o'rtasida huquqiy bilimlarni shakillantirish maqsadida har bir mahalla negizida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, tumanda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlarni aynan shunday yondashuvda tashkil etish natijasida, 2022 yilning 6 oyida o‘tgan yilning shu davriga qadar sodir etilgan ayrim turdagi jinoyatlar ya’ni, bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, bezorilik, transport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar umuman sodir etilmadi, qolaversa o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyatlari kamayishiga erishilgan. Shuningdek, tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar 10 ta mahallalalardan 4 tasida ya’ni Bo‘ston, Cho‘liguliston, Nurafshon va Pistalikent mahallalarida jinoyatlar umuman sodir etilmadi.
O’tgan 6 oy mobaynida jami jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 taga ya’ni 23 tadan 37 taga yoki 60,8 foizga oshgan. Xususan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 4 taga ya’ni, 6 tadan 10 taga yoki 66,6 foizga; Og‘ir turdagi jinoyatlar 10 taga ya’ni 4 tadan 14 taga yoki 250 foizga; O’ta og‘ir turdagi jinoyatlar 1 taga ya’ni 1 tadan 2 taga yoki 100 foizga; Shu jumladan qotillik 1 (0) taga, nomusga tegish 1 (0) taga, firibgarlik 3 (1) taga, o‘lim bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 2 (0) taga jinoyatlari, jamoat joyida sodir etilgan jinoyatlar 1 (0) taga, ko‘chada sodir etilgan jinoyatlar 1(0) ta 100 foizga oshgan.
Natijada, joriy yilning 4 oyida qizil hududga tushgan mahallalar “Uzun”, “Cho‘liguliston”, “Yorqin” va “Chimqo‘rg‘on” MFYlarni tashkil qilsa, 5 oyda “Bo‘ston”, “Uzun” va “Chimqo‘rg‘on” MFYlar, 6 oyida “Uzun” va “Chimqo‘rg‘on” MFYlar qizil hududga tushgan. Ushbu hududlarda tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman IIB, YXHB, mahalla, “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo‘limi va boshqa taalluqli tashkilotlar bilan hamkorlikda 19 marta tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Xususan, har bir mahallada “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida 10 marta, tuman IIB xodimlari bilan birga tumanning “Uzun”, “Cho‘liguliston”, “Yorqin”, “Chimqo‘rg‘on”, “Bo‘ston” MFYlarda fuqarolar o‘rtasida 6 marta, yo‘l-transport xodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha yo‘nalishsiz taksis haydovchilar o‘rtasida 3 marta tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Bundan tashqari, tumanning 1, 10 va 17-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, “Tazarru” nomli video lavhasi namoyish etildi.
Qilinayotgan barcha sa'y-harakatlarning hammasi fuqarolar o'rtasida ayniqsa yoshlar o'rtasida vujudga kelayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar o'rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, aholi tinchligini saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda tuman adliya bo‘limi tomonidan hududlarda yo‘l transport hodisalarni oldini olish, yo‘l belgilarining qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha monitoringlar o‘tkazilmoqda. Monitoring davomida ayrim yo‘l belgilari belgilangan me’yorlar talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring natijasiga ko‘ra, tegishli ta’sir choralar qo‘llanilishi ta’minlanadi.

21
«Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun»

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan 2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Ushbu qaror yuzasidan asosiy e’tibor: oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish; davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish; aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan; jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish; yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu vazifalardan kelib chiqib, alohida yo‘nalishlar bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Ushbu qaror talbidan kelib chiqib,  Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalash borasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni qabul qilingan. Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini «Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

21
ADLIYA-YOSHLAR QANOTI!

Joriy yilning 18-iyul sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov tomonidan "BRITISH SCHOOL" nodavlat ta'lim muassasasida yoshlarga "Adliya tizimida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar" mavzusida seminar mashg'uloti tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Abdulaziz Raxmatov tomonidan yig'ilish ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018 yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3666-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018 yildagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5415-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5168-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.03.2022 yildagi "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-89-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  18.03.2022 yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 yildagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5930-son Farmonilari bilan yaqindan tanishtirildi.
Yig'ilishda ishtirok etgan yoshlarning barcha savollariga atroflicha tushuntirish berildi. Tadbir natijasida yoshlarning huquq sohasiga qiziqishlari yanada ortdi va kelgusida Toshkent davlat yuridik universitetiga o'qishga kirib, a'lo baholarga o'qib yakunda Adliya tizimida faoliyat ko'rsatishlari uchun yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi.

20
Zafarobod tumanida Konstitutsiyaga Referendum asosida kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlar bo'yicha seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarini oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Bundan tashqari ushbu seminar mashg'ulotida asosiy qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyaga Referendum asosida kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlar  bo'yicha batafsil tushunchalar berilib, bu borada keng jamoatchilikning fikrlari va takliflari eshitildi.

20
Korrupsiyaga yo'q deng!

Jizzax shahar adliya bo'limida joriy yilning 18-iyul sanasida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o'tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i Musaxon Asatullayev nutq so'zlab xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo'lishga chaqirdi va korrupsiya-davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini, mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish kerakligini ta'kidlab o'tdi.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiyaga oid moddalari
birma-bir sharhlandi.


  210-modda. Pora olish

Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda;

v) tamagirlik yo‘li bilan;

g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

211-modda. Pora berish

Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish:

a) haq evaziga;

b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi xodimalarga tushuntirildi.

20
Zafarobod tumani adliya bo'limi tomonidan huquqiy tusdagi hujjatlarni "E-huquqshunos" elektron tizimiga biriktirish va ular bilan ishlash bo'yicha o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi

Davlat rahbarining  173-sonli  Qaroriga asosan  joriy yilning 1-avgustdan hududlardagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, aholi bandligiga ko'maklashish markazi, davlat soliq inspeksiyasi hamda  yana bir nechta davlat tashkilotlariga yuridik markaz tomonidan xizmat ko'rsatish belgilangan.
Ushbu qaror asosida, Joriy yilning 15-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi , Zafarobod tuman adliya bo'limi boshlig'i B.Ikromov hamda "UNICON-SOFT" MChJ ning "E-huquqshunos" elektron  hujjat almashish tizimiga ma'sul xodimlar ishtirokida elektron tizim bo'yicha yangidan qamrab olinishi nazarda tutilgan davlat tashkiotlari, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarning xodimlar ishtirokida o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.