Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

24
Navroʻz_shukuhi

Yasharish va yangilanish bayrami boʻlgan Navroʻz turkiy xalqlarning yilboshi hisoblanadi. Shunday ekan bu kunda ortga nazar tashlanib, kelgusidagi rejalar tuzib olinadi. Jizzax viloyat teleradiokanalining “Assalom, Jizzax” dasturi orqali adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar va oʻzgarishlar haqida suhbat tashkil etildi. “Oldimizda turgan maqsadlarga bilimimiz va tajribamiz bilan erishamiz hamda bildirilgan ishonchni masʼuliyat bilan ado etamiz”-, deydi Doʻstlik tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Asatullayev.

18
Lex.uz sayti eng ishonchli huquqiy axborot makoni

Jamiyatdagi har qanday munosabatlarni qonunlar tartibga soladi. Shu sabab ulardan xabardor boʻlish, kerakli paytda topa olish, yangilik va oʻzgarishlarni kuzatib borish uchun barcha qonun hujjatlari yagona tizimda yigʻilishi lozim. Bu borada Lex.uz sayti xozirda qonun hujjatlari joylashtirib boriladigan yagona elektron baza sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Mana shunday elektron axborot manbalaridan tez va oson foydalanish zarurati ularni yanada takomillashtirishni talab etmoqda.Jizzax viloyatida ham “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat markazlari, FHDYo va notarius xodimlari, huquqni muhofaza etuvchi organlar, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.“Adolat” milliy-huquqiy axborot markazining ish faoliyati, maqsadlari va yo‘nalishlari, shuningdek, Lex.uz saytining yangi qiyofasi va foydalanish tartibi, yangiliklari, normativ-huquqiy hujjatlar bazasidagi mavjud imkoniyatlar haqida slayd orqali tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, xodimlar tomonidan Lex.uz milliy bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar o'rtaga tashlandi.

17
Президент қароридан сўнг зўравонликка учраган аёллар ҳимояси учун нималар ўзгаради?

Prezidentning zoʻravonlikka uchragan ayollarga yordam tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zoʻravonlikning oldini olish va uning mudhish oqibatlariga barham berishga qaratilgan Qarori qabul qilindi. Yaʼni oilaviy zoʻravonlik masalasiga davlat miqyosida eʼtibor qaratildi. Boshqacha boʻlishi mumkin emasdi, chunki masala allaqachon oila qoʻrgʻoni devorlaridan tashqariga chiqib, globallashib, katta ijtimoiy muammoga aylanib borayotir.

Qaror ayollarga nimalar beradi? Endi ayollar bilan bogʻliq qanday oʻzgarishlar roʻy berishiga umid qilish mumkin?

“Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida tashkil etilgan podkastda  Jizzax viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi Iroda Ablakulova ishtirok etdi.

16
Pensiya yoshiga yetganlik vaji bilan boʻshatilgan xodimlar huquqi tiklandi

Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limida ishlab kelgan Z.Askarova va J. Xazratqulova ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari asossiz ravishda bekor qilinganligidan norozi bo’lib shahar adliya bo’limiga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, xodimlar 60 yoshga to’lmagan bo’lsa-da, shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi tomonidan xodimning pensiya yoshiga to’lganligi munosabati bilan ularning mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi    PQ-4235-son qaroriga muvofiq ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, ushbu holatda bo’lim tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarori talablari ham buzilgan. Ya’ni bo’limning mehnat shartnomalarini bekor qilish to’g’risidagi tegishli buyruqlari Jizzax shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bilan kelishilmagan holda qabul qilinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan shahar adliya bo’limi tomonidan A.B. va B.A. larni ishga tiklash yuzasidan Jizzax viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan edi. Ushbu taqdimnoma natijasida Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limining tegishli buyruqlari bekor qilinib, xodimlarning ishga tiklanishi ta’minlandi.

  

15
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo'yicha bir qator targ'ibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Viloyat adliya boshqarmasi va oliy o'quv yurti bilan bu borada samarali hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, korrupsiyaning salbiy illat ekanligi, bunda holatlarning huquqiy oqibatlari adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan talaba yoshlarga va pedаgoglarga tushuntirib kelinmoqda. Bu galgi tadbir ham" Korrupsiyaga qarshi birgalikda birlashamiz" mavzusida bo'lib o'tdi. So'nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar qatorida O'zbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylandi. Chunki korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning kushandasi ekani ma'lum. Xuddi mana shu tushunchalarni yoshlar ongiga singdirish yurt kelajagi bo'lgan yigit-qizlarning o'z taqdirini to'g'rilik, adolat prinsiplari asosida shakillantirishiga zamin yaratadi.

14
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan 2022 yil 17 mart kuni Arnasoy tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan Arnasoy tuman Maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli 5-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun targ'ibot tadbiri tashkil etildi.Targ'ibot tadbirida 2022 yil 01 mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 81-son- Prezident farmoni qabul qilinganligi va uning mazmun mohiyati ham seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.Targ'ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasining mehnat  qonunchiligida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni , O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarorilari mazmun-mohiyati to'g'risida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma'lumot berildi.Tadbir yakunida ishtirokchilarning ish faoliyatida, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari hamda o'zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi.


11
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

Tadbir Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi vrachlari hamda hamshiralari bilan birlashma majlislar zalida seminar o‘tkazildi. Seminarda 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida qabul qilinganligi va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.Mana shunday huquqiy targ'ibot tadbirlari navbat bilan boshqa sohalarda ham o'tkazilib kelinmoqda. Tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar o'z vazifa va burchlarini oilasida ham to'la-to'kis ado etmog'i lozim. Ularning eng sharafli nomi bu-Ona, farzandlar tarbiyasida, kamolotida asosiy o'ringa ega bo'lgan inson. Xuddi mana shu jihatlarni e'tiborga olgan xolda qonunchilikda ham xotin-qizlarga bo'lgan imtiyoz va qulayliklar belgilab o'tilgan. Uni amaliyotda qo'llash, xotin-qizlarning haq-huquqlarini kafolatlash adolat tamoyilining yorqin ko'rinishidir.

10
Mehnat migrantlari uchun huquqiy yordam

USAID moliyaviy ko'magida WINROCK international hamda Jizzax viloyati “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-qo'vvatlash markazi hamkorligidagi “O'zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyatida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, hususiy soha vakillari va jamoatchilik yetakchilarining benefisiarlar xuquqlarini himoya qilish, mexnat migrantlari va odam savdosi jabrlanuvchilariga xizmat ko'rsatish hamda qo'llab-quvvatlash salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida Axborot resurs markazini ochish hamda o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.Mazkur tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimi M.P.Xolbo'taev, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. I. Raximov, USAID “SMICA”, Winrock International (AQSH) loyihasi hududiy rahbari Eleanor Judith Valentine, Winrock International O'zbekiston Respublikasidagi filiali rahbari N. Saidkarimova, Jizzax viloyati “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-qo'vvatlash markazi rahbari N.M.Kamalova, viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda Jizzax viloyati Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissiya a'zolari ishtirok etishdi.Tadbir davomida Sh.Rashidov tumani hokimligi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Winrock International O'zbekiston Respublikasidagi filiali, RIAM “Istiqbolli avlod” Jizzax viloyat bo'limi hamda Jizzax viloyati “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-qo'vvatlash markazlari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi izolandi. Memorandumga muvofiq odam savdosi jabrlanuvchilari, mexnat muxojirlari aholining extiyojmand qatlamidagilarni ijtimoiy himoyalash, mexnat muxojirlariga borayotgan mamalakati haqida batafsil ma'lumotlar berish hamda chet davlatda qaltis vaziyatga tushib qolgan O'zbeksiton Respublikasi fuqarolarini vatanga qaytarish borasida o'zaro hamkorlik haqida kelishib olindi.

Shu bilan birga, loyiha doirasida tuman hokimligi binosida Axborot resurs markazi ochildi. Mazkur resurs markazda migrantlar uchun xavfsiz migrasiya yo'llari, boradigan mamlakatlardagi migrantlarning xuquqlari, asosan ko'p boradigan mamlakatlardagi migrasiya qonunchiligi, odam savdosi qurboniga aylanish xavflari hamda milliy yo'naltirish mexanizmlari xaqida ma'lumotlar berib boriladi hamda odam savdosi bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissisi a'zolarining muntazam uchrashuvlari o'tkaziladi.Shu kunnig o'zida Jizzax viloyati Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda, odam savdosi jabrlanuvchisi taxmini bilan Baxmal tumanidan (Qozog'iston Respublikasi) 2 nafar, Zomin tumanidan (Rossiya Federasiyasida) 1 nafar va Sh.Rashidov tumanidan (Rossiya Federasiyasida) 1 nafar fuqarolarning arizalari o'rganib chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini vatanga qaytarish bo'yicha tezkor choralar belgalandi. Bu borada viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy muammolarni hal etishda doimiy hamkorlik olib borilishi ta'kidlab o'tildi.

09
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Arnasoy tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasi hamda Arnasoy tuman 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi.Tadbir Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasi vrachlari hamda hamshiralari bilan birlashma majlislar zalida seminar o‘tkazildi. Seminarda 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida qabul qilinganligi va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.Seminarni Arnasoy tuman 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari hamda Arnasoy taman Maktabgacha ta’lim bo‘limining mas’ul xodimlari N.Jumanazarova hamda I.Qo‘ldoshevalar ishtirokida davom ettirib xotin-qizlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qisqacha tushuntirilib o‘zlarini qiziqtirgan, hamda amaliyotda duch kelayotgan muammolari yuzasidan savollariga atroflicha javob berildi.

08
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

Tadbir doirasida Mirzacho'l tuman tibbiyot birlashmasi hamshiralari bilan ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi majlislar zalida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida qabul qilinganligi va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.Seminar jarayonida, ishtirokchi xotin-qizlarga Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinganligi, ushbu tadbirlar doirasida bir qator amaliy ishlar qilinishi, jumladan Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazilishi va uning tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Seminarni Mirzacho'l tuman Maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi xonadon bog'chalarining mudiralari bilan davom ettirib xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Xususan,  - O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qisqacha tushuntirilib o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'lsa istalgan vaqtda tuman adliya bo'limiga yoki telegram kanallari orqali savol bilan muorjaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.