Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fevral va mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" etib belgilangan. Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasi, sudlar, davlat xizmatlari markazi, sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Zomin tumanining "Pishog'or" MFYda xotin-qizlar uchun sayyor qabul hamda tibbiy ko'rik tashkil etildi. Ayollarning ijtimoiy muammolarini o'rganish va unga yechim topish maqsadida o'tkazilgan mazkur tadbirlarda 200 ga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. 50 dan ziyod ayollar va qizlarning muammolari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Amaliy yordam berilishi kerak bo'lgan masalalar nazoratga olindi. Endilikda mutasaddi idoralar bilan birgalikda yechimini topish choralari ko'riladi. Bugunda ayollar orasida kup uchrayotgan kasalliklar sababini aniqlash va uning oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlardan biri tibbiy ko'riklarni tashkil etishdir. Shu maqsadda gnekolog, terapevt, endokrenolog, nevropotolog kabi mutaxassislarni o'zida jamlagan tibbiy guruh tomonidan mahalladagi xotin-qizlar uchun tibbiy ko'rik o'tkazildi. UZD va kardiogramma apparatlari orqali shikoyatlarning tashhislari aniqlandi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko'chma xizmat ko'rsatish avtobusi orqali bir nechta ayollarga tushunchalar berildi va kerakli xizmatlar ko'rsatildi. Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida qo'llanmalar tarqatildi. Zomin tumanining 50 dan ortiq umumta'lim maktablari o'qituvchilari ishtirokida "O'z huquqingizni bilasizmi" deb nomlangan viktorina tashkil etildi. Unda xayotimizda va faoliyatimizda uchraydigan xolatlarga eng to'g'ri huquqiy baho bergan ishtirokchilar g'olib bo'lishdi va viloyat adliya boshqarmasining estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Mazkur tadbirlardan tayyorlangan videolavhalar Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Maxsus reportaj" ko'rsatuvi orqali efirga uzatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi Paxtakor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi G.Urakbaev tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan tibbiyot va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 4-mart kuni, tadbir doirasida Paxtakor tuman xalq ta’limi boʻlimi tassarufidagi muassasa,31-son umumiy oʻrta ta’lim maktab majlislar zalida, 2-son maktabda, 2-son MTTda faoliyat yurituvchi hamda “Toshkent” MFYda yashovchi xotin-qizlar uchun seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir jarayonida, ishtirokchi xotin-qizlarga Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinganligi, ushbu tadbirlar doirasida bir qator amaliy ishlar qilinishi, jumladan Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazilishi va uning tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.Bundan tashqari, xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha, ya’ni:
- O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha;
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni boʻyicha;
- O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni boʻyicha;
- O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni boʻyicha;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori boʻyicha;
Jumladan, Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining 10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga boshlang‘ich badal sifatida hamda 90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanishi, mazkur masaladagi arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga berilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori boʻyicha;
Jumladan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha (40 500 000 so‘m) miqdorda, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kredit ajratilishi va ushbu kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali berilishi;
- ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi;
- viloyat hokimligi tomonidan belgilangan mezonlar asosida har yili o‘zining hududidan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar, jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab berishligi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi XTB ga qarashli 13-umumta'lim maktabida “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda, soha vakillari ham ishtirok etib, qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyati, ijrosi va axamiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Pirxalov Bekzod Tursunovich - Adliya vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Pirxalov Bekzod Tursunovich 1983-yilda Jizzax viloyati G'allaorol tumanida tug‘ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Ma'lumot uchun, B.Pirxalov 2021-yildan buyon Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Bekzod Tursunovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida hokimlik tizimi xodimlarining kasb malakasini oshirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda "E-qaror" elektron tizimiga kiritilgan qaror va farmoyishlarning qonun talablariga mosligi bo'yicha hududiy adliya bo'limlarida o'tkazilgan o'rganishlar muhokama etildi. Xolatni yaxshilash bo'yicha alohida tavsiyalar berildi. Mana shunday ochiq muloqotlar jarayonida fikr-mulohazalar o'rtaga tashlanadi, shundan kelib chiqib esa ishlarni samarali tashkil etish borasida vzifalar belgilanadi. Hokimliklar yuridik xizmati xodimlarining adliya boshqarmasi bilan hamkorligi faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun kafolatdir. Shu bilan birga Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovini e'lon qilinganligi, mazkur tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmatlari ishtirok etishlari mumkinligi, hujjatlar 15 fevraldan 15 martgacha qabul qilinishi haqida ma'lumot berildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o'z huquqlarini tiklash uchun murojaat qilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tok-shou tashkil etildi. Maqsad bir ayolning muammolariga yechim topish orqali uni baxtiyor etish. Mazkur ko'rsatuv 1-mart kuni efirga uzatiladi.
Bu galgi sayyor qabul aynan xotin-qizlar murojaatlarini qabul qilish maqsadida tashkil etildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov boshchiligida ishchi guruhi tomonidan 10 nafar ayollarning muammolari tinglandi. Har bir ayol bu dunyoda baxtli bo'lishga haqli. Bu jihat aynan qonun bilan ham mustahkamlangan. Sababi ayol baxtli bo'lsagini jamiyat, davlat rivojlanadi. U atrofga mehr ko'zlari bilan qarasagina, komil insonlar tarbiyalay oladi. Har bir murojaatchining muammolari turfa xil. Ammo ularni birgina jihat huquqiy bilimning yetishmasligi, qonun hujjatlaridan bexabarligi birlashtirib turibdi. Muammolar diqqat bilan tinglanib, ularga qonuniy yechim topish maqsadida batafsil tanishish uchun barcha hujjatlar bilan tanishib chiqildi. Qizig'i ba'zi bir tashkilotlar tomonidan hal etilgan ayrim murojaatlarning ijrosi xali ta'minlanmagan. Masalan, D.N.turmush o'rtog'i bilan ajrashgandan so'ng bolalari uchun taminot pulini to'lash masalasidagi ishi xal etilib, ijroga qaratilgan bo'lsada xali umuman pul to'lanmagan. Barcha masalalar adliya boshqarmasining Inson huquqlari bo'limi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, ijobiy hal etilishi yuzasidan harakat boshlab yuborildi.
Jizzax shahar adliya bo’limi Jizzax shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi hamkorligida mazkur oylik doirasida joylarda uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.Tadbir davomida shahar Adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi Abdurauf Abdushukurov, Jizzax shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Nargiza Fayziyeva va Abdulaziz Raxmatovlar tomonidan Jizzax viloyati XTXQT MO hududiy markazi xodimlari va tinglovchilariga xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar, huquq va imtiyozlar hamda xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirilganligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, tadbirda “Buvijonlar maktabi” faoli Dilbar Saidova so‘zga chiqib, oilala va mahallalarda ijtimoiy- ma’naviy muhitni ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, mahalla va ta’lim muaassasalarida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlarni milliy odob va urf odatlar ruhida tarbiyalashda ko‘rsatma va maslahatlarini berib o'tdilar.
G‘allaorol tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan markaz boshlig‘i tomonidan “E-huquqshunos” tizimi bo‘yicha tashkilotlarning ma’sul xodimlari uchun qabul kunlari tashkil etildi.
Bunda tashkilotlarga borilgani holda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlardan tashqari vaqtlarda ko‘mak berish nazarda tutilgan.
Jumladan, tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazida markaz boshlig‘i Sh.Suvanov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i va ma’sul xodimlari bilan alohida suhbat-qabul o‘tkazildi.
Qabul vaqtida tizimdan foydalanish jarayoni, xususan huquqiy tusdagi hujjatlarni tayyorlash, ularning loyihalarini tizimga biriktirish, xullas, ularning tizim orqali aylanishi borasida yuzaga kelayotgan ayrim muammmolar yuzasidan amaliy ko‘mak berildi.
Shuningdek, birlashmaning ma’sul xodimlariga mehnat qonunchiligiga rioya qilish yuzasidan buyruq loyihalarini qonunchilikka mos ravishda tayyorlash, tizimga loyihalar ilovalari bilan birgalikda biriktirilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Mazkur tadbir boshqa tashkilotlar bo‘yicha ham davom ettirilmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga qonuniy yechim topish, buzilgan huquqlarni tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zafarobod tuman adliya bo'limiga ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro To'ranov Mirzaxitning qilgan murojaati nazoratga olingan edi. Sud tartibida ko'rib chiqilgan mazkur masala fuqaro foydasiga yechim topdi. Sud ma'muriy huquqbuzarlikka oid ish bilan to'liq tanishib chiqib, fuqaro asossiz ma'muriy javobgarlikka tortilganligi sababli, jarima qo'llash haqidagi qarorni bekor qilish haqida adolatli qaror qabul qildi. Natijada fuqaroga qo'yilgan asossiz ma'muriy jarima bekor qilinib, buzilgan huquqi tiklandi.Fuqaro o'z murojaatida Kadastr agentligi Zafarobod tuman bo'limi tomonidan unga nisbatan 6 mln 750 ming so'm ma'muriy jarima qo'llanilganligidan noroziligini bildirgan. Adliya bo'limi murojaat bo'yicha ishga taalluqli hujjatlarni sinchkovlik bilan o'rganish davomida fuqaroga nisbatan mazkur ma'muriy jarima asossiz qo'llanilganligi aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, 2022 yil 13 yanvar kuni fuqaro To'ranov tomonidan o'ziga tegishli yer uchastkasining chegaradosh 0,15 gektar yer uchastkasini tegishli hujjatlarsiz egallab olib tomorqa sifatida foydalanib kelganligi holati bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, ma'muriy jarima qo'llanilgan. Vaholanki, Kadastr agentligi Zafarobod tuman bo'limi tomonidan dalolatnomada ko'rsatilgan yer maydon 2018 yilda fuqaro fuqaro To'ranov Mirzaxitning turmush o'rtog'i To'ranova Gulmira nomiga hujjat rasmiylashtirilgan. Adliya bo'limi tomonidan fuqaroga jarima qo'llash haqidagi qaror ustidan jinoyat ishlari bo'yicha Zafarobod tuman sudiga shikoyat qilish huquqi tushuntirildi. Ish tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan jinoyat ishlari bo'yicha Zafarobod tuman sudida ko'rilishi ta'minlandi.