Yangiliklar
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-son Qarori bilan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta‘minlanmagan bir qator davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 13-iyul kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumanida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ishchi guruhi a'zolari viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi M.Abdualimov, INIKOMSOFT mas'ul xodimlari S.Abbosov, F.Xolmirzayev shuningdek, tuman adliya bo'limi boshlig'i J.Abduholiqov, yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i T. Qurbonovlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etilidi.
Shuningdek, ishtirokchilarga “Е-huquqshunos” dasturida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
2021-yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezindenti Sh. M. Mirziyoyevich tomonidan qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish Markazlarining vazifalari belgilangan bo‘lib, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga oid vazifani bajarish yuzasidan davra suhbatlari, seminarlar, huquqiy targ’ibotlar o'tkazish Yuridik markazlarining ustuvoz vazifalar hisoblanadi.
2022 yil 01-iyul kuni Sharof Rashidov tuman maktabgacha ta‘lim bo‘limda Sharof Rashidov tuman adliya bo`limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun loyihasi bo'yicha seminar tadbiri o’tkazildi.
Suhbat qatnashchilari tomonidan Konstitutsiyaga qanday o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilayotganligi borasida savollar bo`ldi va ushbu savollarga markaz xodimlari tomonidan javoblar berib o‘tildi.
Zafarobod tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 12-iyul kuni "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi" mavzulari mazmun-mohiyati doirasida davlat organlari, tashkilotlari ma'sul xodimlari va fuqarolar istirokida seminar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Ushbu seminarlar "Yoshlar ishlari agentligi" tuman bo'lim xodimlari hamda madaniyat markazi binosida yoshlar o'rtasida o'tkazildi.
Xususan, seminarlarda Konstitutsiyaning yangi loyihasi keng muhokamaga olinib unga kiritilayotgan o'zgarishlar muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirib o'tildi.
Tadbir davomida seminar qatnashchilari ham o'z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Gʻallaorol tumani adliya bo‘limi tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida, xususan tuman hokimligi, moliya bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, tumandagi “Madaniyat” va “Oqtom” MFYlarida seminar va davra suhbati tashkil etildi.
Seminarda "Mehnat qilish huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat ijtimoiy himoyasi, pensiya, nafaqa, ish haqi tizimining mustahkamlanishi", "Ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi – yangi Konstitutsiyada ekologiya masalasi", "Yangi Konstitutsiyada shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsning erkin harakatlanish kafolatlari, shaxsni himoya qilish borasidagi yangiliklar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni. Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi" mavzularida kiritilayotgan o`zgartirishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi yuzasidan Gʻallaorol tumani adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan tuman hokimligi axborot xizmati bilan hamkorlikda bosh qomusimizda belgilanayotgan davlat ijtimoiy himoyasi, pensiya, nafaqa, ish haqi tizimining mustahkamlanishi bilan bog‘liq muhim o‘zgartishlar to‘g‘risida maxsus intervyu tayyorlandi.
Konstitutsiyaviy islohotlar barcha hududlarda keng muhokama qilinmoqda. Jizzax viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan Uchunchi mintaqaviy hudud 29-son manzil koloniyasida Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasining nodavlar notijorat tashkilotlari bo'limi yetakchi maslahatchisi A.Abdushukurov tomonidan "Yangi Konstitutsiyada shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsning erkin harakatlanish kafolatlari, shaxsni himoya qilish borasidagi yangiliklar, Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlari himoyasi kafolatlarining mustahkamlanishi" mavzulari doirasida batafsil malumotlar berdi.
Jizzax viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda Jizzax viloyati yuridik texnikumining 125 nafar bitiruvchi-o‘quvchilariga texnikumni tamomlaganligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom taqdim etildi.
Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga egallagan kasbi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib doimo xalq xizmatiga tayyor, vatanparvar, fidoyi inson sifatida faoliyat yuritishni va yuksak natijalar, muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tiladi.
Tadbirda o‘quvchilarning ota-onalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ham ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar hamda olib borilayotgan ishlarni aholining keng qatlamiga yetkazish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar hamda olib borilayotgan ishlarni aholining keng qatlamiga yetkazish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Yangi O’zbekiston tarixida birinchi bor - Referendum” o‘tkazish orqali Bosh Qomusimizga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilgan.
Bugun Jizzax viloyati Paxtakor tuman xokimligi majlislar zalida Paxtakor tumani hokimi: A.Ashurov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi – Deputati U.O’razboyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidentinining Paxtakor tumanidagi Xalq Qabulxonasi mudiri: A.Xudayberdiyev, Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i: X.Qushmatov ishtrokida "O’zbekiston Respublikasining Konsititutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni loyixasining umumxalq muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga xalq deputatlari Kengashi Paxtakor tumanidan saylangan deputatlari, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Barchamizga ma’lumki joriy yilning 20 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan ayrim takliflarga munosabat bildirish asnosida, o‘z takliflarini bildirdilar.
Prezidentimiz tomonidan konstitutsiyaviy islohotlarning bugungi kundagi zaruratiga qisqacha to‘xtalib, davlat va jamiyatda insonning o‘rni, davlat va jamiyat faoliyatidagi ustuvor siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-gumanitar tamoyillar, aholi farovonligi hamda jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyatini aniqlab olish davr taqozosi hisoblanishini aytib o‘tdilar. Bu esa, o‘z navbatida, “asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilashni” talab etishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
“Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim” ekanligi qayd etib o‘tildi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy komissiyasi a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda bir necha yo‘nalishda bildirilgan takliflargi e’tiborlaringizni qaratmoqchiman: Inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi birinchi yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
– Inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ushbu tamoyillar aniq ifoda etilishi, o‘zining mukammal huquqiy yechimini topishi zarur, Ikkinchi yo‘nalishda “O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oya ilgari surildi. Ma’lumki, ijtimoiy davlat har bir inson uchun munosib yashash sharoitlari yaratib beradi, hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, o‘z muammolari bilan yolg‘iz tashlab qo‘yilmaydi. Shu bois bu yo‘nalishda aholini uy-joy bilan ta’minlash, oilaning iqtisodiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, bolalarning manfaatlari va to‘laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, inson salomatligi va ekologiyani asrashga oid takliflar bildirildi.
Uchinchi yo‘nalish Konstitutsiyada mahallaning maqomini hamda davlat organlarining bu boradagi vazifalarini aniq belgilash haqida bo‘ldi. Bunda mahallalarning davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi, joylardagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishi, buning uchun davlat organlari ularga ko‘mak ko‘rsatishiga oid tamoyillar o‘z ifodasini topadi. To‘rtinchi yo‘nalish mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish, xalq hokimiyatchiligini kuchaytirishga qaratilgani bilan juda muhim. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega. Lekin, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishi. Bu “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi — xalqdir“ degan tamoyilga to‘la mos kelishi» kabi ko‘plab takliflarni bildirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Yangi O’zbekistonda – “Yangi Konstitutsiya” kiritilishi rejalashtirilgan takliflardan yagona maqsad bu - Xalqimizni rozi qilishga qaratilgan, xalqparvar davlat qurish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish orqali rivojlangan davlatlar qatoridan qisqa muddatlarda mustahkam o‘rin olish kabi Ustuvor vaziflarni o‘z ichiga qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, 22 iyun holatiga ko‘ra, fuqarolardan kelib tushgan takliflar soni 60 ming 231 tani tashkil etgan. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar muhokamadan o‘tkazilgan va ayni paytda Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida.
Uchrashuv davomida yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qonun loyihasi qo‘llab- quvvatlandi. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan aholi fikr va takliflarini qabul qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, yurtimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarda nafaqat olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar, balki fuqarolarning o‘zi ham bevosita ishtirok etmoqda. Bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek Davlatimiz Rahbarining Komissiya a’zolari bilan uchrashuvda "insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi.
Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan Davlat xizmatlari markazida Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida davlat organlari, tashkilotlari ma'sul xodimlari va fuqarolar istirokida seminar va davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev tomonidan "Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" mavzulari doirasida tushuntirishlar berildi.
Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi 59816 harbiy qism harbiy xizmatchilari o'rtasida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan "Harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila madaniyatiga, axloq odob qoidasiga rioya qilish" mavzusi hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi yuzasidan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni. Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni","Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir" mavzularida kiritilayotgan o`zgartirishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, Tadbirda Jizzax viloyati Harbiy prokuraturasi adliya mayori O.Haydarov hamda YPX xodimi Mayor A.Xudoyqulov hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat ishchi organi, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimi Sh.Sulaymonovlar tomonidan tushunchalar berildi.
Joriy yilning 07.07.2022-yil kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Jizzax viloyat Bosh boshqarmasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i v.b Sh.Sulaymonov tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-son Farmoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi yuzasidan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", “Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari”, “O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir”, “Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi”, “Oila, otalik, onalik, bolalikning davlat muhofazasi – Yangi Konstitutsiyada mustahkam kafolatlar” mavzularida kiritilayotgan o`zgartirishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Suhbat davomida tadbir qatnashchilaridan Konstitutsiyaning yangi loyihasi yuzasidan takliflar tinglandi va fikr almashildi.