Yangiliklar
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharh ” koʻrsatuvining bu galgi soni “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Zarbdor tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi Inomjon Qayumov va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Abdulaziz Xujakov makzur Qaror va Farmon yuzasidan tushuntirish berdi. Ushbu koʻrsatuv 12-dekabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.
"Forish tonggi" gazetasining navbatdagi sonida Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yuldashevning "Konstitutsiya - islohotlarning muhim poydevori" nomli maqolasi chop etildi.
3-dekabr kuni Jizzax viloyatining yuzdan ortiq umumta'lim maktablarida bir vaqtning o'zida, ya'ni 8:00 dan 8:40 gacha "Konstitusiya darslari" bo'lib o'tdi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan tuzilgan reja-grafikka asosan adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo'limlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari darslarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi.
Konstitutsiya darsida nafaqat uning huquqiy jihatlarini, balki bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o'rniga haqida ham alohida to'xtalib o'tildi.
Dars jarayonlari davomida o'quvchilarning Konstitusiya to'g'risidagi bilimlari savol-javoblar orqali sinovdan o'tkazildi. Faol ishtirok etgan o'g'il-qizlarga estalik sovg'alari topshirildi.
Darsni Sharof Rashidov tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti, 2- darajali yurist Nargiza Fayzieva olib bordi.
8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi yuristlar tomonidan viloyatdagi 100 dan oshiq umumta'lim maktablarida bir vaqtning o'zida, Konstitutsiya darslari tashkil etildi. Xalq ta'limi boshqarmasi hamkordigida o'tkazilgan mazkur dars mashg'ulotlariga 3 mingdan ortiq o'quvchilar qamrab olindi.
Huquqiy ongimiz va huquqiy madaniyatimizni yuksaltirishda, siyosiy faolligimizni oshirishda, ijtimoiy hayotda o'z o'rnimizga ega bo'lishimizda bosh qomusimizning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Xuddi mana shu tushunchani yoshlar ongiga singdirish orqali ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, burchli va mas'uliyatli qilib ulg'aytirish mumkin. Malakali yuristlar tomonidan o'tilgan konstitutsiya darslari o'quvchilar uchun noodatiy va qiziqarli mashg'ulot bo'ldi. Har bir moddasiga inson huquqlari va qadriyatlari oliy darajada singdirilgan konstitutsiyamiz mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari uchun kafolat bo'la oladi.
Konstitutsiya darslari viloyatning olis hududlarini ham qamrab oldi. Eng ahamiyatlisi tuman, shahar adliya bo'limlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari o'zi o'qigan maktablarda dars o'tishdi. Konstitutsiyamiz o'zbek xalqining tinch va farovon yashashi, daxlsizligimiz kafolati uchun yaratilgan bosh qonunimizdir. Unda yurtimizdagi har bir insonning taqdiri va hayot yo'li mujassam ekanligini doimo anglashimiz va uni chuqur o'rganmog'imiz zarur.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o'tkaziladigan bugungi tadbirlar nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov hamda tuman DXA, tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda "Saraylik" MFY dagi nogironlar holidan xabar olindi. Ularga huquqiy tushuntirishlar, qonunchilikdagi nogironlarga berilgan imtiyozlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Sharof Rashidov tuman yuridik markazi bosh yuriskonsulti, 2- darajali yurist Nargiza Fayzieva taklif etildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o'rnini xech bir narsa bilan qiyoslab bo'lmasligini ta'kidlashimiz lozim. Mazkur suhbatda qomusimizning huquqiy asoslari hamda insonparvarlik tamoyillari bilan yo'g'rilgan moddalari oddiy, xalqchil tilda yoritib berildi. Ko'rsatuv 8-dekabr kuni, soat 7:00 da efirga uzatiladi.
Zarbdor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasining 2021-yil 30-noyabr kungi 5-10/09-8//5287-son topshiriq xati ijrosi yuzasidan, tasdiqlangan grafik asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tumandagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Konstitutsiya-huquqlarimiz kafolati” mavzusida dars o‘tildi.
Dars jarayonlarida an'anaviy va interfaol metodlardan foydalanib o‘quvchilarga Konstitutsiyamizning tarixi va huquqiy jihatlari, uning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
23-noyabr kuni“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “TV sharx” koʻrsatuvi mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bag'ishlanadi. Ko'rsatuv 5-dekabr kuni 19:30 da efirga uzatilishi rejalashtirilgan. (Ayni paytda tasvirga olish ishlari boshlanmoqda)
Jizzax viloyat yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik tanlovi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Shokir Saidov "Qomusimizning qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan barchani tabriklab, bosh Qomusimizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, Konstitutsiyaning jamiyatdagi muhim oʻrni va demokratik islohotlarning tayanchi ekanligi haqida atroflicha fikr bildirdi.
Tanlov tanishtiruv, savol-javob va erkin mavzu kabi shartlar asosida bo’lib o’tdi.
Tanlovning yakuniy natijasiga ko’ra:
1-o’rinni 71 ball bilan 1-bosqich “Yuridik xizmat” yo’nalishining “Lavyers” jamoasi
2-o’rinni 70 ball bilan 1-bosqich “Davlat huquqiy faoliyat” yo’nalishining “Yuristlar” jamoasi
3-o’rinni 66 ball 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishining “Adolat” jamoasi egalladi.
Tadbir yakunida “Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi tomonidan o’tkazilgan “Konstitutsiya fan oyligi” doirasida faol ishtirok etgan bir guruh o’quvchilar texnikum direktori Abror Idiboyev tomonidan faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlandilar.
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi