Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
Ma’naviyat soati tashkil etildi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlarning ma’naviy salohiyatini va ishchanlik kayfiyatini oshirish maqsadida manaviy-ma'rifiy tadbirlar tizimli tashkil etib borilmoqda.

Ushbu yo'nalishdagi navbatdagi tadbir Jizzax viloyati tarixiga bag'ishlandi. Mazkur tadbirga talaba yoshlar ham taklif etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Jo'rabek Begimqulov va tarixchi olim Ihtiyor Esanovlar tomonidan viloyatimizning uzoq tarixi, o'tmishda sodir bo'lgan voqeliklar haqida ma'lumotlarni berildi.

Tarixni anglash va qadrlash – yuksak ma'naviyat tuyg'usini shakllantirishga qaratilgan, tarix saboqlarini, el-yurt kelajagi yo'lida umr kechirgan insonlar, buyuk allomalar faoliyatini anglash, xotirlash, ularga yuksak ehtirom ko'rsatish, shu tarixni yaratgan xalq sha'nini himoya qilish orqali bugungi kun va kelajakni qadrlashni ifodalovchi tushuncha.

11
"Rahbar va yoshlar" norasmiy uchrashuvi

"Yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" doirasida adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Bekzod Chulievning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Norasmiy sharoitda, qahva ustida bo'lgan bunday suhbat rahbar va yoshlar orasida samimiy munosabat o'rnatilishiga sabab bo'ldi. Boshqarma boshlig'i o'rinbosari rahbarlik imiji, mashaqqati, muvaffaqiyat uchun bosib o'tiladigan qiyinchiliklar, sabr va matonat yo'li haqida gapirib berarkan yoshlarni bugungi kunda faqat va faqat o'qishlari, bilim olishlari kerakligini alohida ta'kidladilar.


Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini shakllantirish borasidagi tashabbuslar bugun albatta o'z samarasini berayotganligi rost.

Adliya vazirligining eng ajoyib loyihalaridan biri bo'lgan "Zukko kitobxon" tanlovi ham minglab kitobxon yoshlarni kashf etishda davom etmoqda.

08
Yangiobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Yangiobod tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda tuman Prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi, tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi hamda adliya bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, Sovot QFY hududida aholi bilan ochiq muloqot olib borildi.

Dastavval tuman prokurori o‘rinbosari Z. Abdullayev so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholining munosib turmush tarzini ta’minlash, fuqarolar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Barcha murojaatlar mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilot va muassasalarga ijroga yo‘naltirildi.

07
"Rahbar va yoshlar" norasmiy uchrashuvi

"Yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" doirasida adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Bekzod Chulievning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Norasmiy sharoitda, qahva ustida bo'lgan bunday suhbat rahbar va yoshlar orasida samimiy munosabat o'rnatilishiga sabab bo'ldi. Boshqarma boshlig'i o'rinbosari rahbarlik imiji, mashaqqati, muvaffaqiyat uchun bosib o'tiladigan qiyinchiliklar, sabr va matonat yo'li haqida gapirib berarkan yoshlarni bugungi kunda faqat va faqat o'qishlari, bilim olishlari kerakligini alohida ta'kidladilar.


Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini shakllantirish borasidagi tashabbuslar bugun albatta o'z samarasini berayotganligi rost.

Adliya vazirligining eng ajoyib loyihalaridan biri bo'lgan "Zukko kitobxon" tanlovi ham minglab kitobxon yoshlarni kashf etishda davom etmoqda.

06
Qonunsiz qurilgan uy — yo‘qotilgan mablag‘: o‘zboshimcha qurilishning achchiq saboqlari

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga muvofiq, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan har qanday ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb topiladi. Qonunchilikning qat’iy talabi shundaki, bunday imoratni qurgan shaxs unga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kirita olmaydi. Bu esa mazkur ob’ekt bilan bog‘liq har qanday huquqiy bitim (sotish, hadya qilish, ijara berish v.h.) asos qonun talablariga muvofiq kelmaydigan bitim sifatida o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligini anglatadi. Bunday holatlarda aybdor shaxslarga nisbatan nafaqat fuqarolik-huquqiy, balki ma’muriy choralar ham ko‘riladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining

60-moddasiga ko‘ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi normalari asosida sudda ko‘rib chiqiladi. Agar haqiqatdan o‘zboshichalik bilan qurilganlik holati aniqlansa uni qurgan shaxs xisobidan buzdirish haqida hal qiluv qarori chiqarilishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 212-moddasi 3-qismiga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat mulk huquqini keltirib chiqarmaydi. Demak, fuqaro tomonidan sarflangan millionlab mablag‘lar sud qarori bilan imorat buzilganda hech qanday kompensatsiyasiz behuda ketadi.

O‘zboshimchalik bilan qurilish qilishning yana bir salbiy oqibati shundaki, muhandislik-texnik talablarga rioya qilinmasdan qurilgan binolar istalgan vaqtda qulab tushishi yoki yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi mumkin. Bu esa insonlar hayotiga tahdid soladi. Ko‘pincha bunday qurilmalar gaz, suv va elektr tarmoqlari ustiga yoki himoya zonalariga quriladi. Bu avariya holatlarida ta’mirlash ishlariga to‘sqinlik qiladi va butun bir mahallaning kommunikatsiyasiz qolishiga sabab bo‘ladi, davlat budjetiga soliq tushumlari kamayadi, yer resurslaridan oqilona foydalanish tartibi buziladi. Aholi punktlarining bosh rejasi buzilishi ekologik muvozanatning yomonlashishiga va hududning me’moriy qiyofasi xunuklashishiga olib keladi. Qonun ustuvorligi — jamiyat barqarorligining garovidir. Belgilangan normalar faqat jazolash emas, balki fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va tartibli shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaro qurilishni boshlashdan avval qonuniy asoslarni yaratishi, kelajakdagi moddiy va ma’naviy zararlarning oldini olish demakdir. Shu bilan birga, davlatimiz insonparvarlik tamoyilidan kelib chiqib, 2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan fuqarolarga muayyan yengilliklar berdi. Unga ko‘ra, 2018 yil 1 mayga qadar qurilgan va ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan ayrim ob’ektlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish imkoniyati yaratildi. Ammo bu imtiyoz yangi qurilayotgan noqonuniy ob’ektlarga taalluqli emasligini e’tiborga olmoq lozim.

Qonunsiz qurilgan har bir g‘isht jamiyat farovonligi va xavfsizligiga zarbadir. FKning 114-moddasiga binoan, haqiqiy bo‘lmagan bitimlar hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi. Shu sababli, fuqarolarimizdan qurilishni boshlashdan avval qonun hujjatlariga rioya qilishlarini, o‘z mablag‘lari va kelajaklarini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, noqonuniy qurilish — bu kelajakda yo‘q qilinishi mumkin bo‘lgan “muallaq” investitsiya bo‘lib, nafaqat shaxsning o‘zi va oilasiga balki, jamiyat va davlat manfaatlariga ham jiddiy zarar yetkazadi. Qonuniy qurilgan uy esa nafaqat boshpana, balki davlat himoyasidagi mulkdir.

A.A.Saidxonov
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Jizzax tumanlararo sudi sudyasi             

06
Adliya va mahalla: Samarali hamkorlik

Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Pirxalov Forish tumanida bo'lib "Qorabdol" va "M.Orolov" mahallalarida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lgan nizoli oilalar bilan ishlashdagi amaliy harakatlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi targ'ibot tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Yarashtiruv komissiyasining asosiy faoliyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, aholi orasida eng ko'p uchraydigan muammolarning echimi borasida huquqiy maslahatlar berildi.

05
Yuzma-yuz muloqotlar muammolar echimi uchun samaralidir

Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Chuliyev Sharof Rashidov tumanida bo'lib "Uchtepa" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lgan nizoli oilalar bilan ishlashdagi amaliy harakatlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi targ'ibot tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, tuman adliya bo'limi xodimlari bilan suhbatlashildi.

O‘rganish davomida xodimlarning mehnat va ijro intizomi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan tartib-intizomga qat’iy amal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

04
#RAHBAR_VA_YOSHLAR #MATBUOT_ANJUMANI

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etgan mazkur tadbir "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida tashkil etildi. Shu bilan birga, OAV vakillari va blogirlar uchun matbuot anjumani ham o'tkazildi.

HMQOning asosiy  faoliyat yo'nalishlari inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklari kafolatlanganmi yurtimizda ozod yashashlari uchun sharoit yaratish yo'lida xizmat qilishdir.

Tadbirda yoshlarning muammolari o'rganilib, hal etish choralari ko'rildi.

Savol-javob va erkin suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda ko'plab takliflar o'rtaga tashlandi. Berilgan takliflar va bildirilgan fikr mulohazalar faoliyatni samarali tashkil etish uchun o'ta muhimdir.

01
Yuzma-yuz muloqotlar muammolar echimi uchun samaralidir

Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Chuliyev Zomin tumanida bo'lib "Bog'ishamol" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lgan nizoli oilalar bilan ishlashdagi amaliy harakatlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi targ'ibot tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, aholi orasida eng ko'p uchraydigan muammolarning echimi borasida huquqiy maslahatlar berildi.

30
Jizzax viloyatida yana 1 004 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 24-apreldagi tegishli qaroriga asosan, 1 004 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.

Mazkur qarorga muvofiq, fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda tan olindi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda. Bu esa mulkiy nizolarni, meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni kamaytirish, shuningdek, aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar viloyatda jami 5 061 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.