Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

23
ENERGORESURSLAR BILAN BOG'LIQ YANGILIKLAR TO'G'RISDA

Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi.

Ushbu tartib “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident qarori bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, Prezidentning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladigan bo‘ldi.

Arnasoy tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qarorlar mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. Tadbirda adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan qarorlarning ahamiyati batafsil tushuntirildi.

22
“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan”

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimi Z.Shamsiyeva tomonidan “H.Olimjon” MFY hududida joylashgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o’quvchi yoshlarga “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar tashkil qilindi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari qonunchilik tizimidagi so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilindi.

Shu bilan birga, ochiq muloqot davomida maktab o‘quvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik ta'limni davom ettirish hamda kelajakda adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida xodimlar tomonidan taqdimotlar ham qilindi.

21
Adliya aralashgach...

Arnasoy tuman adliya boʻlimiga fuqaro A.Mahkamov murojaat qilib, fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam soʻragan. Boʻlim tomonidan mazkur murojaat oʻrganib chiqilganda fuqaroga dastlab yashaganlik fakti belgilanishi aniqlandi. Shunga koʻra, fuqaroning tugʻilgan joyi, tahsil olgan taʼlim muassasalari, yashagan mahallasi, oilasi, ota-onasi haqida maʼlumotlar toʻplandi va Fuqarolik ishlari boʻyicha Doʻstlik tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Keltirilgan dalillar va yigʻilgan hujjatlar inobatga olingan holda sudning hal qiliu qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, sud tomonidan fuqaroning Oʻzbekistonda 1992-yildan yashaganlik fakti belgilanib, murojaat ijobiy qanoatlantirildi.

Bir insonning hujjatlar bilan bogʻliq muammosi sabab turli toʻsiqlar va qiyinchiliklarga uchrab kelayotganligi uning yaqinlari uchun ham koʻplab noqulayliklar tugʻdirgan. Shu sabab, yashaganlik faktini aniqlash bilan endilikda fuqarolik pasporti olish bilan bogʻliq muammolar ham oʻz yechimini topadi.

18
Jizzax davlat pedagogika universitetida sportni rivojlantirish va sohada korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Viloyatdagi sport tashkilotlari, federasiyalar, maktab va muassasalar rahbarlari, hamda prokuratura, ichki ishlar organlari, DXX, adliya organlari mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda joriy yilning 5-martida uyushtirilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig'ilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash masalalariga e'tibor qaratildi.

O'z navbatida, viloyat prokurori sport tashkilotlari va muassasalarida o'tkazilgan tekshiruvlar natijalari haqida ma'lumot berdi.

Ko'tarilgan masalalar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, shuningdek, murabbiy va sportchilarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Yakunda mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, chunonchi, korrupsion holatlarga barham berishga oid yo`l xaritasini ishlab chiqish va hayotga izchillik bilan tatbiq etishga kelishib olindi.

17
Qonun ijrosi yo'lidagi amaliy tadbirlar

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi U.Jaksimuratov rahbarligida Zarbdor tumani hokimligida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor tashkilotlar vakillariga va aholiga tushuntirish boʻyicha seminar-yigʻilish tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida mutasaddilar ishchi guruh bilan birgalikda tumanning "Oqbuloq" mahallasiga chiqqan holda xatlov jarayoni bevosita oʻrganilib, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
 
Tumanning "Tozaurugʻ" mahallasida muhokamaga qoʻyilgan obyektlar boʻyicha masʼul tashkilotlar tomonidan xulosa berish amaliyoti oʻrganilganda Zarbdor tuman gaztaʼminot boʻlimi tomonidan 160 ta obyektlar toʻliq oʻrganilmasdan, asoslantirilmagan holda salbiy xulosalar berilganligi aniqlandi.

Shu kunning oʻzida mazkur 160 ta obyektlar boʻyicha qayta oʻrganib chiqib, asoslantirilgan xulosa berish uchun gaztaʼminot boʻlimiga tahrirlashga qaytarildi.

16
Qonun hujjatlari amaliyotga joriy etilmoqda

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi U.Jaksimuratov rahbarligida Zarbdor tumani hokimligida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor tashkilotlar vakillariga va aholiga tushuntirish boʻyicha seminar-yigʻilish tashkil etildi.

2024-yil va 2025-yil yanvar-aprel oylarida tumanda 3 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilib, “Eʼtirof” axborot tizimiga jami 564 ta obyektlar kiritilgan. Shundan, 405 tasi muhokamada, 114 tasi eʼlonga chiqarilgan, 41 tasi adliya boshqarmasida xulosa berish jarayonida hamda 4 tasi boʻyicha ijobiy xulosalar berilib, eʼtirof etish boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida.

Yigʻilishda xatlov oʻtkazish va xulosa berish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda muammolar muhokama qilinib, masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
 
Yigʻilish yakunida xatlov ishlarini va xulosa berish jarayonida ishtirok etuvchi masʼul xodimlardan iborat 3 ta ishchi guruh tashkil etildi.

15
Jizzax_yoshlari_korrupsiyaga_qarshi

Ayni kunlarda Adolat sotsial demokratik partiyasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda targʻibot-tashviqot tadbirlari qizgʻin pallada.

Jumladan, partiyaning Jizzax viloyat Kengashi tomonidan ham joylarda mazkur oylik doirasida davra suhbatlari, uchrashuvlar, turli xil chellenjlar tashkil etilmoqda.

Mazkur oylik doirasida bugun partiyaning Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi ixtisoslashgan maktabda “Taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish – vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishdir” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston “Adolat” SDP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari, deputatlar, viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimi, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi vakillari, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

14
Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi tanlovining Jizzax viloyat bosqichi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda. Bularning barchasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlar oʻrtasida bu boradigi bilimlarni mustahkamlashdan iborat.

Yana bir yangi tashabbus “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” tanlovidir. Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasidagi qoʻshma qarorga asosan bu yil ilk marotaba oʻtkazilayotgan mazkur tanlovda umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilmoqda. Tanlov 3-bosqichdan iborat boʻlib, bugungacha dastlabki-tuman, shahar bosqichlari oʻtkazildi. Unda viloyatimiz boʻyicha jami 708 nafar huquq fani oʻqituvchilari ishtirok etishdi.  Tanlovning viloyat bosqichi ham yuqori ruhda tashkil etilib, saralash bosqichlaridan oʻtgan 39 nafar ishtirokchi oʻrtasida 2 turda baxslar olib borildi. 

Birinchi yoʻnalish blits savol-javob shartida eng yuqori balni toʻplagan 20 nafar ishtirokchilar keyingi turga, yaʼni mavzu taqdimoti sharti yuzasidan bellashuvni davom ettirdi. Hakamlar xayʼati tomonidan baho qoʻyish jarayonida mavzuning taqdimot asosida yoritilishi, uning mavzu yuzasidan huquqiy bilimlari darajasi, shu bilan birga oʻqituvchining notiqlik mahorati ham inobatga olindi.

Umumiy hisob-kitoblarga koʻra:
1-oʻrinni Paxtakor tumani 4-son umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Dilshod Sodiqov
2-oʻrinni Jizzax shahridagi 30-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Yorqin Xolmatov  
3-oʻrinni Zomin tumani 51-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Oʻrol Fayzullayev egalladilar.

Gʻoliblarga adliya boshqarmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Shu bilan birga tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma taqdim etildi.

14
“Huquqiy darsxona” radio eshittirishida huquqiy yangiliklar

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari M.Yokubjonova va Z.Shamsiyeva tomonidan Jizzax MTRK Jizzax radio kanali FM 105.5 FM 106.2 to'lqinlarida jonli efirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-60 sonli Qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek yoshlarimizga ta’lim va ta’limdan keyingi yo’nalishlar bo’yicha yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida tinglovchilar tomonidan yo’llangan savollarga javob berildi.

11
Zukko kitobxon tanlovining Jizzax viloyat bosqichi o'tlazildi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning mutolaaga boʻlgan mehrini shakllantirish, aholi orasida kitob oʻqish darajasini oshirish kabi maqsadlarni oʻzida jamlagan “Zukko kitobxon” loyihasi har yili minglab yoshlarni mana shunday ezgu gʻoyalar atrofida birlashtirmoqda.

Bu yilgi tanlov ham Jizzax viloyatida koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Tanlovning saralash bosqichida 2 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Tuman, shahar bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 1 nafardan jami 13 nafar yoshlar tanlovning viloyat bosqichida kuch sinashdi.

1-shart “Zakovat” oʻyini shaklida tashkil etilib, unda ishtirokchilar berilgan savollarga yozma ravishda javob berishdi. Shundan soʻng tanlov nizomiga asosan badiiy asar sharxi yoʻnalishida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Bunda hakamlar yoshlarni asarning umumiy tahlilini yorita olishi, obrazlar va voqealarni tasvirlab bera olishi, nutq madaniyatiga alohida eʼtibor bergan xolda baxolashdilar.

Ikki shart boʻyicha umumiy tanijalar hisoblanib, eng yuqori bahoni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichi gʻolibi deb eʼlon qilindi.  Bunda Mirzachoʻl tumani ishtirokchisi 1-oʻrinni, Baxmal tumani ishtirokchisi 2-oʻrinni, 3-oʻrinni esa Sharof Rashidov tumani ishtirokchisiga nasib etdi. Kitob oʻqigan yoshlar oʻz kelajagi uchun mustahkam poydevor qurayotgan, toʻgʻri yoʻlni tanlay olgan, oʻz maqsadi sari dadil qadam bosayotgan ertangi kun davomchilaridir.