Yangiliklar
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov tomonidan o'tkazilgan sayyor qabul viloyatning eng chekka hududlaridan biri Baxmal tumanining "Madaniyat" mahallasida tashkil etildi.
Qabul vaqtida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, tumandagi Madaniyat MFY raisi, mahalla xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqa hamkor tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanib, murojaat qiluvchilarning savollariga huquqiy rushuntirishlar berilib, muammoni hal etishda to'g'ri yo'l ko'rsatildi. Mutasaddilar ishtirokida murojaatlarni hal qilib berish choralari ko‘rildi.
Shu bilan birga fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.
Baxmal tuman adliya boʻlimiga S.Quvondiqova murojaat qilib, 2023-yil 8-fevral kuni tugʻilgan farzandiga tugʻilganlik haqida guvohnoma olmaganligi va uni olishda amaliy yordam soʻragan. Mazkur holat oʻrganilganida S.Quvondiqovaning nikohi farzandli boʻlishidan oldin bekor qilinganligi, shu sabab ham guvohnomani vaqtida olishga imkoniyati boʻlmaganligi aniqlandi.
Bunday vaziyatda “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qoidalarning 21-bandida ota-onasi nikohda boʻlgan bolaning tugʻilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʻlumotnoma asosida amalga oshirilishi, bola tugʻilgunga qadar ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa otasi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar xuddi shunday tartibda yozilishi belgilanganligi uchun tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olishda xech qanday toʻsiq yoʻqligi maʼlum qilindiva unga amaliy yordam sifatida FHDY boʻlimi tomonidan farzandiga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sud raisi va adliya bo‘limi hamkorligida qabul qilinayotgan normativ huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyatni tushuntirishga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonuni, O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Muborak Ramazon hayiti saxovat, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob xislatlarni kuchaytiruvchi muqaddas ayyomdir.
Shu sababli, keksalar holidan xabar olish, nogironligi bor shaxslarga ko‘maklashish, moddiy ta'minoti yetarli bo‘lmagan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish va ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondi hamda “Madad” NNT hamkorlikda navbatdagi xayriya tadbiriga qo‘l urdi.
Bugun Sharof Rashidov tumani adliya bo‘limi tomonidan 25 nafar xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalaridan iborat xayriya to‘plamlari tarqatildi.
Bu kabi sa'y-harakatlarning zamirida har qanday sharoitda ham aholini qo‘llab-quvvatlash va ularga e'tibor berish kabi ezgu maqsadlar yotadi.
Shunday ekan, ezgulik ulashishdan hech qachon to‘xtamang!
Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro I.To‘ychiyevaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, fuqaro 1968-yil 9-sentabrda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. 2015-yil 17-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Yangiobod tuman, Balandchaqir MFYda yashovchi fuqaro T.Mansurov bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurgan lekin qonuniy nikohga qadar shar’iy nikoh asosida 2000 yildan buyon "Balandchaqir" MFY Bog’ishamol ko’chasida turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzadi bilan yashab kelmoqda.
Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga yashaganlik faktini belgilab berilishi yuzasidan ariza kiritilib fuqaro I.To‘ychiyevaga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishida hamda fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur loyihaning bu galgi manzili Zomin tuman Dashtaobod dehqon bozori.
Adliya boshqarmasi xodimlari, tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi. Intellektual mulk borasidagi yangiliklar va maʼlumotlar aks ettirilgan targʻibot materiallari tarqatildi. Shu bilan birga fuqarolarga sayyor davlar xizmatlari korsatildi. Bunday loyihalar aholining uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishga qaratilgan eng samarali tashabbuslardan biridir.
Inson qalbiga yo'l mehr-muruvvatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, sahovat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma'naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Ushbu yuksak tushunchalar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish maqsadida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ham o'z aksini topgan holda har bir hududdagi alohida e'tiborga, ijtimoiy-moddiy jihatdan davlatning yordamiga muhtoj bo'lgan yoshlarning ro'yhatini shakllantirish va ularni viloyat, tuman, shahar hokimlariga shuningdek, sektor rahbarlari va tashkilot rahbarlariga biriktirish, muammolarini yechimini izlash va doimiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha topshiriqlar berilgandi.
Shu maqsadda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev ijtimoiy-moddiy jihatdan yordamga muhtoj bo'lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashib muammolarini o'rgandi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga fuqaro Z.Jalilov vakolatli organ tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligidan norozi bo‘lib murojaat yo'llagan. Uning murojaatida mazkur noqonuniy qarorlarni bekor qilib etkazilgan moddiy va ma’naviy zarar undirishda amaliy yordam soralgan bo'lib, bu masala boshqarmaning Inson huquqlari bo'limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O'rganish natijasida noqonuniy ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilinib, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritildi. Jizzax tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko'ra fuqaro Z.Jalilovga 2.100.000 so'm moddiy zarar va 500.000 so'm ma'naviy zarar undirib berildi.
Zomin turizm va servis kolleji binosida tuman tadbirkorlari hamda mahalla fuqarolari ishtirokida 2023 yil 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman Adliya bo’limi mutaxassisi Mirzamurod Rustamov yangi Konstitutsiya loyihasida inson va uning haq-huquqlari borasida kiritilayotgan yangi normalar to‘g‘risida tushunnchalar berdi.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o’tkazilgan tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida "Yangi O'zbekistonda - yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda boshqarma xodimlari I.Ablakulova va Sh.Sulaymonov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasi yuzasidan keng tushuntirishlar berdi.
Jumladan, yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, “Inson qadri” tamoyiliga asosan qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur ekanligi, davlat va inson o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinishi aytib o‘tildi.