Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

16
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Jizzax tongi.uz" gazetasining 2023-yil 10-fevral sonida Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi YXKM bosh yuriskonsultlari Q.Soipov va G.Anorboyevalarning qonunchilikdagi o'zgarishlarni o'z ichiga olgan maqolalari chop etildi.

16
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Djizakskaya pravda" gazetasining 2023-yil 21-yanvar sonida viloyat adliya boshqarmasi etakchi maslahatchisi D.Jo'raboevaning "Суть административных реформ Нового Узбекистана" nomli maqolasi chop etildi.

16
Sayyor qabul tashkil etildi

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Jizzax shahar  Toshloq mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i F.Ataboyev hamda bosh yuriskonsulti A.Mamatovlar tomonidan fuqarolarning kundalik hayotida duch kelayotgan huquqiy muammolari eshitildi hamda ularga huquqiy maslahatlar berildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi
Sayyor qabul davomida jami 19 nafar fuqaro qabul qilindi.
15 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari yozib olinib, ijroga qaratildi.
Fuqarolarga huquqiy maslahat berishdan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizmni oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida targ'ibot ishlari ham amalga oshirildi.

16
#Bu_muhim

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

15
Huquqshunoslar adabiy tadbirlarda

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
540-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda turli madaniy va maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirga Jizzax shahar adliya boʻlimi xodimlari taklif etildi. Huquqshunoslik kasbining ustasi boʻlgan adliya xodimlari sheʼriyatga, adabiyotga ham befarq emas. Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti N.Fayziyevaning sevimli mashgʻuloti gʻazallarni maromiga yetkazib ijro etish. Shu sabab maktabning ijodkor oʻquvchilari bilan tezda til topisha oladi. Bahru bayt, ajoyib sahna koʻrinishlari ijodiy uchrashuvning goʻzal tarzdagi bezagi boʻldi.

14
Buyuk ajdodlarning munosib vorislarimiz

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda turli madaniy va maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Buyuk davlat arbobi Boburning bosib oʻtgan hayot yoʻli barchaga oʻrnakdir.

Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning adabiy merosi oʻzbek xalqi uchun bebahodir.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Rahimov talabalarni mana shunday ajoyib kun bilan tabriklab, oʻzining ham talabalik chogʻlarini esga olar ekan, ilm yoʻlidagi izlanishlari, adabiyotga boʻlgan qiziqishi, komil inson boʻlib yetishish uchun albatta Bobur, Alisher Navoiy asarlarini oʻqish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

Shu bilan birga tadbir davomida universitet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sheʼru qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.

Jizzax viloyati yudik texnikumida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Bobur nazm gulshanining bog’boni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimi Dildora Jo’raboyeva ishtirok e’tib, Bobur hayoti va ijodi hamda ma’naviy merosi haqida gapirib o’tdi.

Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari tomonidan Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, o’quvchilar tomonidan g’azallar, ruboiylar aytildi.

Shu bilan birga texnikum o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagi turi bo’lib o’tdi. O'yinda 7 nafar jamoa o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Tadbir mehmoni intelektual o’yinining shaffof, adolatli o’tishini nazorat qilib bordi. “Zakovat” intellektual o’yinining ushbu turida bilimdonlar uchun mutafakkir hayoti va ijodidan savollar shakllantirildi.

Musobaqa yakuniy natijasiga ko’ra:

1-o’rin “Idrok” jamoasi.

2-o’rin Sud huquqiy faoliyat 13/22-guruh o’quvchilari

3-o’rin Davlat huquqiy faoliyati 10/22-guruh o'quvchilari qo'lga kiritishdi.



14
Zarbdor tuman Adliya bo‘limi ko‘magi bilan fuqaro Saidova Saidaxonning 2019-yilda tug‘ilgan farzandiga noma'lum sabablarga ko'ra tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilmagani va nafaqaga hujjat topshirilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ijobiy hal etildi

Zarbdor tuman Adliya bo‘limi ko‘magi bilan fuqaro Saidova Saidaxonning 2019-yilda tug‘ilgan farzandiga noma'lum sabablarga ko'ra tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilmagani va nafaqaga hujjat topshirilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ijobiy hal etildi.

Joriy yil 13-fevral kuni tug‘ilganlik haqida guvohnoma ota-onasiga topshirildi.

14
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Djizakskaya pravda" gazetasining 2023-yil 11-fevral sonida Arnasoy tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i A.G'aybullayevning maqolasi chop etildi.

13
#BILASIZMI?

Mehnat vazirligi tomonidan 15.04.1999 yilda 684/04-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga (ro‘yxat raqami 720, 10.05.1999 y.) o‘zgartirishlar kiritildi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 1.04.2021 yilda 720-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i).
Xususan, hujjatda keltirilgan misol (ettinchi va sakkizinchi xatboshilar) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Mehnat shartnomasi 1 martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1 fevralda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1 fevraldan bekor qilindi.

Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (fevral, mart oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (fevral uchun) ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘landi. Agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlasa (elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha elektron mehnat daftarchasining noyob raqamini kiritish yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali amalga oshiriladi), Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun o‘rtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 30 (ilgari – 10) kalendar kun ichida, ya’ni 1 fevraldan 28 fevralgacha bo‘lgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va aprel oyida bu to‘g‘risida mehnat organining ma’lumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi».



Zarbdor tumani yuridik markaz bosh yuristkonsulti A.R.Abduvaitov

11
Adliya aralashgach muammo echim topdi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 4-sonli oilaviy poliklinikasi hamshirasi X.Qorayevaning shtat birligini olib qo‘yilganligidan norozi bo‘lib Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga yo‘llagan murojaatini o‘rganish jarayonida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 76-moddasiga asosan muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda, korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkinligi belgilan.

Biroq, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasining 2022-yil 5-yanvardagi 1-2/B-sonli buyrug‘i hamda xodim bilan tuzilgan 2021-yil 5-noyabrdagi 231-sonli mehnat shartnomasiga asosan lor hamshirasi vazifasida 0.75 shtat birligida ishlab kelayotgan X.Qorayevaga 4-sonli poliklinikada bo‘sh turgan kardiologiya hamshirasi lavozimining 0.25 shtat birligi 2022-yilning 31-dekabr kuniga qadar qo‘shib berilgan

Bundan tashqari, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasining 2023-yil 4-yanvardagi 1-1-P-sonli buyrug‘i Jizzax shahar adliya bo‘limining yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan kelishilmasdan qabul qilinib, 2022-yil 5-yanvardagi 1-2-P-sonli buyrug‘i bekor qilingan. Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarorining 6-bandiga asosan Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilangan.

Mazkur qarorga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot birlashmalari tomonidan yuridik axamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bilan kelishilgan holda qabul qilishi majburiy hisoblanadi.


Suhrob Abdualimov

Inson huquqlari bo'limi bosh maslahatchisi