Yangiliklar
Forish tumani Osmonsoy MFYda yashovchi fuqaro Bobir Baybutayev 1990-yil 27-noyabrdan 1999-yil 1-oktyabrga qadar Uchquloch ruda konida Belaz-548,7509 avtomobili haydovchisi lavozimida ishlaganligi, 57 yoshga to’lganligi, zararli kasb va lavozimlarda ishlagan bo’lsada pensiya tayinlanmaganligini ma’lum qilib, amaliy yordam berish to’grisda Forish tuman adliya bo’limiga murojaat qilgan.
O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha Byudjetdan tashqari pensiya jamga’rmasi Forish tuman bo’limi B.Baybutayevni Uchquloch ruda konida ishlagan vaqtida ish o’rinlari attestatsiyadan o’tkazilmaganligi uchun imtiyozli ravishda pensiya tayinlashni rad etgan.
Adliya bo’limi tomonidan B.Baybutayevning murojaati atroflicha o’rganilib, uning manfaatida Fuqarolik ishlari bo’yicha Forish tuman sudiga zararli mehnat sharoitida ishlaganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritilgan va ariza sud tomonidan to’liq qanoatlantirildi. Endilikda fuqaro B.Baybutayevda imtiyozli ravishda pensiyaga chiqish huquqi yuzaga keldi.
Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro J.Mning tuman byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi unga pensiya tayinlashda ish stajlarini toʻliq hisoblanmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida, Sharof Rashidov tumani byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqaro J.Mning 2005-yil 1-martdan 2015-yil 5-yanvarga qadar “Xumoyun Uralov” fermer xoʻjaligida ishlagan davri ish haqi hisoblash kitoblarida qayd qilinmaganligi sababli hisobga olinmagani aniqlandi.
Adliya boʻlimining aralashuvi bilan Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudiga daʼvo ariza kiritilishi taʼminlanib, sudning 2023-yil
26-yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaro J.Mning fermer xoʻjaligida ishlagan davri pensiya tayinlashda qoʻshib hisoblanadigan boʻldi.
Fuqaro Sh.Bobomurodov 1963-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, taqdir taqozasi bilan Jizzax viloyati Zafarobod tumaniga koʻchib kelgan. Oradan shuncha vaqt oʻtgan boʻlsada fuqaro tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olmagan. Ushbu holat unga fuqarolik pasportini olishda, qonuniy nikohdan oʻtishda va boshqa koʻplab masalalarni bajarishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgan edi.
Ushbu masala yuzasidan juda koʻp marotaba tugʻilgan joyi Nurota tumaniga borib, gohida Zafarobod tumanidagi turli idoralarga borgan boʻlsada, ishlari samarali yakunlanmagan edi. Fuqaro yashayotgan mahallasidagi qoʻni-qoʻshnilaridan "Tumandagi adliya idorasiga borib uchrashing, ushbu idora yordam beradi” degan masdahatni oladi va mazkur muammo yuzasidan tuman adliya boʻlimiga murojaat qiladi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaroning arizasi asosida xujjatlar toʻplanib, Sh.Bobomurodov manfaatida fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudiga “tugʻilganlik faktini belgilash” toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritildi. Daʼvo arizasi sud tomonidan toʻliq qanoatlantirildi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan Zafarobod tuman adliya boʻlimi FHDY tomonidan fuqaro Bobomurodov Shirin Qodirovichga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtirib berildi. Mazkur hujjatni qabul qilib olish jarayonida shuncha yillik muammosi tez va oson hal etilganidan xursandligini, bunga sabab boʻlgan adliya xodimlariga oʻz minnatdorchiligini va rahmatini aytdi.
Vasiyat qiluvchi merosxo‘rlardan istaganini hech qanday izohsiz merosdan mahrum qilishga haqli.
Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilishi va o‘zgartirishi mumkin.
Vasiyatnoma yozma shaklda joyi va vaqti ko‘rsatilib tuziladi.
Vasiyatnoma shaxsan tuziladi, vasiyatnomani vakil orqali tuzish mumkin emas.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 24-31-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2022 yil 19 noyabrda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-20-yanvardagi O‘RQ 814-815-sonli QONUNLARI ijrosi yuzasidan Zomin tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimligi bosh yuristkonsulti hamda tuman Adliya bo‘limi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Unda mazkur qonunning mazmun-mohiyati to‘g‘risda yig‘ilish ishtirokchilariga atroflicha tushunchalar birildi. Qizg’in savol-javoblar asosida o’tgan tadbir yakunida huquqshunoslarga qonunchilikdagi boshqa o’zgarishlar haqida ham savollar berildi. Taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
"Jizzax tongi.uz" gazetasining 2023-yil 10-fevral sonida Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi YXKM bosh yuriskonsultlari Q.Soipov va G.Anorboyevalarning qonunchilikdagi o'zgarishlarni o'z ichiga olgan maqolalari chop etildi.
"Djizakskaya pravda" gazetasining 2023-yil 21-yanvar sonida viloyat adliya boshqarmasi etakchi maslahatchisi D.Jo'raboevaning "Суть административных реформ Нового Узбекистана" nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Jizzax shahar Toshloq mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i F.Ataboyev hamda bosh yuriskonsulti A.Mamatovlar tomonidan fuqarolarning kundalik hayotida duch kelayotgan huquqiy muammolari eshitildi hamda ularga huquqiy maslahatlar berildi.
Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi
Sayyor qabul davomida jami 19 nafar fuqaro qabul qilindi.
15 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari yozib olinib, ijroga qaratildi.
Fuqarolarga huquqiy maslahat berishdan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizmni oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida targ'ibot ishlari ham amalga oshirildi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
540-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda turli madaniy va maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirga Jizzax shahar adliya boʻlimi xodimlari taklif etildi. Huquqshunoslik kasbining ustasi boʻlgan adliya xodimlari sheʼriyatga, adabiyotga ham befarq emas. Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti N.Fayziyevaning sevimli mashgʻuloti gʻazallarni maromiga yetkazib ijro etish. Shu sabab maktabning ijodkor oʻquvchilari bilan tezda til topisha oladi. Bahru bayt, ajoyib sahna koʻrinishlari ijodiy uchrashuvning goʻzal tarzdagi bezagi boʻldi.