Yangiliklar
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida Jizzax shahar adliya bo’limi xodimi D.Nizomov ishtirok etib, qarorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz huquqlarining kafolatlarini yanada mustahkamlash yo‘nalishida joriy etilayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir davomida mavzuga oid Jizzax TV 2 teliekanalida ham namoyish etildi.
G'allaorol tuman xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyot olib borayotgan kadrlar bo'yicha menedjerlar ishtirokida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
G'allaorol tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan G'allaorol tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi barcha umumiy o'rta ta’lim maktablarining kadrlar bo'yicha menedjerlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Targ'ibot tadbirlarida tizim orqali yuborilgan huquqiy tusdagi hujjatlarga hulosa berishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish chora tadbirlari va ularning yechimi masalalari yig'ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, ushbu targ'ibot tadbirida, O'zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksidan yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi o'rtasidagi farqlar xususan, Mehnat kodeksida 2 ta qism ya'ni umumiy va maxsus qism hamda 15 ta bob va 294 ta modda mavjud bo‘lib, Mehnat munosabatlariga oid ishlar boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinar edi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 2 qism, 7 bo'lim, 34 ta bob va 581 moddadan iborat bo‘lib, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan normalar kiritilib, amaliyotda bir hilda qo‘llash uchun mukammalashtirilib, qabul qilinganligini aytib o‘tildi.
Targ'ibot tadbiri yakunida ishtirokchilar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga atorflicha javoblar berildi. Kelgusida e-huquqshunos elektron tizimida to'g'ri faoliyotni yo'lga qo'yishga kelishildi.
Jizzax shahar adliya bo'limida Jizzax shahar maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi rahbar xodimlari ishtirokida, Adliya bo'limining tashabbusi bilan o'quv seminar tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev hamda Jizzax shahar xalq qabulxonasi boshlig'i I.Hazratqulovlar tomonidan qonun talablari to'laqonli tushuntirilib, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan taklif va tavfsiyalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2017 yildagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" O‘RQ-445-sonli Qonuni yuzasidan olib borilgan o'rganishlar natijasida Jizzax shahrida sodir etilgan huquqbuzarliklar aynan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan sodir etilganligi alohida qayd etidi. Har bir murojaat orqasida kimningdir huquqi, erkinligi hamda qonuniy manfaati yotishi to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik Qonun va boshqa qonunosti hujjatlari to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga alohida tushuntirishlar va tavfsiyalar berilganidan so'ng. Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i F.Ataboyev hamda bosh yuriskonsulti N.Fayziyevalar tomonidan tizimdagi muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining huquqiy masalalariga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari uchun tashkil etilgan “Adliya kitobxoni” tanloviga yuborilgan taqrizlar mutaxassislar tomonidan baholanmoqda.
Natijalarga ko'ra g'oliblarga boshqarma tomonidan qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.
Sh.Rashidov tuman adliya FHDY bo'limi hodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida sayyor xizmatlar tashkil etilib, dunyoga kelgan chaqaloqlarga rasmiylashtirilgan tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomalari onalariga tantanali ravishda topshirildi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Jizzax viloyat adliyta boshqarmasi ham bugunga qadar ko'plab chekka hududlarda sayyor qabullar o'tkazib, fuqarolarning muammolarini o'rganib turli hil murojaatlarga yechim topib kelmoqda.
Shunday sayyor qabullarning biri joriy yili 10-mart kuni Zarbdor tuman adliya bo'limi tomonidan "Ravot" MFY hududida tashkil etildi. Ushbu sayyor qabulda aholining huquqiy va hujjatlar bilan bog'liq bo'lgan muammolarii o'rganildi. Shuningdek fuqarolarga sayyor tarzda notarial harakatlar hamda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida "Kontrafaktiz oy" oyligi davom etmoqda.
Ushbu oylik doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda, hududdagi bojxona chegara postlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini bojxona chegara postlari orqali olib o‘tishda, bojxona organlari tomonidan huquqiy himoya amalga oshirilishi toʻgʻrisida muallif va boshqa huquq egalari oʻrtasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirildi.
"Darakchi" gazetasining 2-mart sonida adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi I.Qayumovning “Ota ishlamasa bolalar nafaqasi berilmaydimi?” nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashevning G'allaorol tumani “Buliqboshi” MFY da sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda ichki ishlar organlari mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ham ishtirok etib, dastlab yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot berildi. Bugun aholi o'rtasida juda ko'plab savollarni keltirib chiqarayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.
Insonlarning huquqiy savodxonligi yuqori boʻlsa yashashi va faoliyati davomida tushunmovchiliklarga, muammolarga uchramaydi. Shu sabab barcha murojaatlarga dastlar huquqiy tushuntirishlar berildi, toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi.
Murojaatlarning mazmuniga qarab mutasaddi idoralarga yoʻnaltirildi va uning yechimi nazoratga olindi. Aynan adliya organlariga tegishli boʻlgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Asosiy maqsad fuqarolar muammolariga eshim topish orqali xalqimizning turmush farovonligini mustahkamlash, yashash sharoitlari sifatini oshirishdan iborat.
Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatdari koʻrsatildi. Xalqning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilayotgan bu kabi saʼyi-harakatlar fuqarolarning roziligiga sabab boʻlmoqda.
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh tarkibida Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan joylarda aholi bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi manzil Zafarobod tumanining “Uzun” mahallasi bo'ldi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Pirxalov tomonidan ishtirokchilarga keng aholi qatlamiga tegishli boʻlgan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi. Shu bilan birga fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qonunchilikdagi imtiyozlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, qilmish uchun jazo muqarrarligi, ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash boʻyicha ham huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan alohida tushunchalar berildi.Shundan soʻng, aholi oʻrtasida ularning qiynab kelayotgan masalalarni hal etish va ularga huquqiy koʻmak berish maqsadida “Sayyor qabul” oʻtkazilib, aholining muammolari tinglandi. Huquqiy tushuntirishlar berish orqali ham toʻgʻri yoʻl koʻrsatish va muammoning dastlabki yechimini topish mumkin. Oʻrganish va yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Tadbir davomida aholiga DXM, FXDYO hamda notarial sayyor xizmatlar koʻrsatildi. Xususan, 13 ta holatda fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, FXDY tomonidan 7 ta, notarius tomonidan 2 ta sayyor xizmatlar koʻrsatildi.
Xususan, fuqaro Z.Muxammaliyevning notarial harakat boʻyicha murojaati koʻrib chiqilib, qonuniy hal etilishi taʼminlandi. 2 nafar yoshlarning qonuniy nikohi qayd etildi.