Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

28
Intellektual mulk masalasi muhokama etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi Davlat muassasasining rahbariyati vа mutaxassislari hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasining mas'ul xodimlari ishtirokida Jizzax shahar adliya bo'limida sayyor qabul tarzida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Viloyat adliya boshqarmasining birinchi o'rinbosari B.Ikromov ochib berdi. Shundan so'ng muassasa direktor o'rinbosari M.Mansurov so‘zga chiqib, muassasaning asosiy vazifalari, intellektual mulk obyektlari va ushbu sohadagi qonun hujjatlari mаzmun-mohiyati haqida mа’lumot berdi.

Bundan tashqari Muassasa mas’ul xodimlari tomonidan seminarda ishtirok etgan o‘z intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning (jumladan tadbirkorlik subyektlari) 6 nafariga intellektual mulk obyektlarini elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirilishiga joyida amaliy уоrdаm ko‘rsatishdi.

27
2024-yil 24-maydagi PF–80-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish o'zi nima

Guvohnoma olish uchun eng avval qayerga va qanday tartibda murojaat qilish kerak

Bunday savollar kundalik hayotimizda tez tez uchrab turadi.

Doʻstlik tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda Notarius T.Xaydarov tomonidan Navroʻz mahallasida o'tkazilgan tadbir davomida mehnat qonunchiligi hamda qonunchilikka muvofiq vafot etgan shaxsga tegishli bo‘lgan mulklarga nisbatan notarius tomonidan meros ishi ochilishi, mulkka bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi va guvohnoma olish uchun qanday tartibda, qayerga murojaat qilish to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, 4 nafar fuqaroga meros masalasi boʻyicha meros ishi ochildi.

26
Bugun - “Sayyoramiz soati” aksiyasi o'tkaziladigan kun

Har yili ma'lum kunda xalqaro miqyosda Yer vaqti (Earth Nour) tadbiri o'tkazib kelinadi.

Shu munosabat bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo‘limlarida 1 soatga elektr energiyasidan uzilgan holda tanaffus belgilandi. Belgilangan vaqt davomida xodimlar o‘z vaqtlarini unumli tashkil etishga harakat qildilar.

Kitob mutolaasi, ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish kabi foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘ldilar. Bu kabi tadbirlar yurtimizda elektr jenergiyasini tejash, sayyoramizning ekologik barqarorligigga hissa qo‘shish bilan birga jamoaviy muhitning sog‘lomlashuviga ham sabab bo‘lmoqda.

26
Ayollar qachon 54 yoshdan imtiyozli pensiyaga chiqishlari mumkin

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun ayollarda to‘liq 20 yil ish staji bo‘lishi talab etiladi.

Bunda ayollar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasida belgilangan quyida keltirilgan 4 ta band asosidagi faoliyati davomiyligi 20 yilni tashkil etganida 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘ladi:

1)mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish;

2) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;

3) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan qo‘riqlashdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

4) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat bilan shug‘ullangan taqdirda imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin.

Qanday holatda ayol kishida 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi bo‘lmaydi

Misol uchun, fuqaro 25 yil ish staji bilan 54 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab Pensiya jamg‘armasiga murojaat qildi.

Lekin fuqaro 3 ta farzandi uchun ushbu ko‘rsatib o‘tilgan davrda 6 yil parvarishlash (dekret) davrida bo‘lgan.

Demak, fuqaroning haqiqiy ish staji 19 yilni tashkil etadi va 54 yoshdan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Ushbu holatda ayollarga 55 yoshdan pensiya tayinlanadi.

25
#ziyo_ulash

Jizzax shahar adliya bo'limi binosida tashkil qilingan "Ziyo ulash" kutubxona burchagi "JIZZAKH BEST SCHOOL" NTM muassisi N.Muxitdinova tomonidan taqdim qilingan kitoblar bilan boyitildi!

“Ziyo ulash” aksiyasi shunchaki kitob almashinuvi emas, balki jamiyatni ilm-maʼrifat atrofida birlashtiruvchi harakatdir. Zero, har bir oʻqilgan sahifa — bu yangi qarash, yangi gʻoya, rivojlanish poydevoridir.

24
DIQQAT, E’LON!!!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarga yanada qulaylik yaratish, ularning vaqtini tejash, ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida Jizzax shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi uchun shanba kungi ish grafigi ishlab chiqildi.

Endilikda shanba kuni navbatchilik asosida biriktirilgan xodimlar tomonidan markazda fuqarolarga soat 9:00 dan 15:00 ga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

14
"YASHIL MAKON" loyihasi davom etmoqda

Joriy yilning 15-mart kuni Doʻstlik tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Adliya bog'i”ga qoʻshimcha ravishda 78 ta manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Bog'dagi barcha darxatlar oqlandi, taglari yumshatilib, bog' atrofi chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, adliya boʻlimi binosida ham tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

13
Jizzax viloyati bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Adliya boshqarmasiga biriktirilgan Zarbdor tumanidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inida boshqarma va tuman adliya bo‘limi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan doimiy ravishda o‘rganish o‘tkazilib, xudud aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Taraqqiyot va Toshkesgan mahallalarida uyma-uy yurgan holda muammolar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ularni ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari bilan ham davra suhbatlari tashkil etilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirib borish choralari ko‘rilmoqda. Huquqiy ma’lumotlar aks ettirilgan tarqatma materiallari tarqatilmoqda. Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

12
ADLIYA ARALASHGACH...

Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani G'alaba MFY da istiqomat qiluvchi, 2-guruh nogironi fuqaro S.To'xtaboyev 2024-yil avgust oyida kam ta'minlangan oilalarga tayinlanadigan 6 oylik moddiy yordam olish uchun onlayn ariza topshirgan edi. Ariza qoniqtirilib, 2024-yil sentabrdan fuqaroga moddiy yordam tayinlangan edi. Biroq, bank tomonidan plastik karta ochilmagan va to'lovlar amalga oshirilmagan.
Fuqaro ushbu muammo yuzasidan 2025-yil 7-fevralda "Mahalla adliya" elektron platformasi orqali murojaat qildi.
Platforma orqali murojaat ro'yxatga olinib, zudlik bilan Mirzacho'l tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganish natijasida Mirzacho'l tumani adliya bo'limi tomonidan 2025-yil 8-fevralda Xalq banki Mirzacho'l tumani filialiga ogohnoma yuborildi. Ogohnomada "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunning 5,54 va 57-moddalari talablari, hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21--oktabrdagi 654-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 36 va 42-bandlari talablari eslatib o'tildi.
Adliya bo'limi yuborgan talabnoma asosida bank tomonidan zudlik bilan quyidagi choralar ko'rildi:
1. Fuqaro bilan bog'lanilib, unga to'lovni naqd pul yoki plastik karta orqali olish imkoniyati taklif etildi. Fuqaro plastik karta orqali olishni ma'qul ko'rdi.
2.2024-yil sentabr oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo'lgan davr uchun barcha kechiktirilgan to'lovlar ( jami 1 518 546 so'm ) bir yo'la to'lab berildi.
3.Fuqaroga yangi plastik karta rasmiylashtirildi va topshirildi.
4.Kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun bank xodimlari o'rtasida tushuntirish ishlari o'tkazildi va nazorat tizimi kuchaytirildi.

Qonun ustuvorligi ta'minlandi.

Fuqarolarga o'z huquqlari buzilgan taqdirda "Mahalla adliya" elektron platformasi orqali murajaat qilishlari mumkin. Platforma orqali murojaat qilish uchun https://mahalla.adliya.uz saytiga o'tish yoki 1008 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilish kifoya.

11
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi


Adliya vazirligi tomonidan 2025-yilning 1-martidan 31-martiga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig’i B.Pakirov tomonidan “Zilol” MFY aholisi o’rtasida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbir xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal qilishga va ularning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratildi hamda sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar to'g'risida ma'lumotlar berildi.