Yangiliklar
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari
"Bilasizmi?"
Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishadi.
Zafarabod, Paxtakor, Baxmal tuman adliya bo'limlari xodimlari
Mening ismim Azizbek. Bu yil maktabga boraman. Lekin tugʻilganlik haqidagi guvohnomamni ayrim sabablarga koʻra olishmagan. Demak endi maktabga bormas ekanmanda deb oʻylab juda xafa boʻldim.
Onam bilan Forish tuman adliya bo'limi FHDY boʻlimiga borib uchrashganimizda bu xafagarchiliklar butunlay unutildi.
Yaxshi insonlarning koʻmagi bilan men Mirzayev Azizbek Maxsud oʻgʻli deb yozilgan tugʻilganlik hakidagi guvohnomamni qoʻlimga oldim.
Adliyaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman va aʼlo baxolarga oʻqib kelajakda yaxshi inson boʻlaman!
Mirzachoʻl tumani, 1- sektor hududidagi “Ipak-yoʻli” QFYda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Raximov, tuman adliya boʻlimi boshligʻi A.Aminov hamda tuman hokimi oʻrinbosari oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi D.Mavlonovalar bilan hududda yashovchi xotin-qizlarning uchrashuvi tashkil etildi.
Inson-huquqlarini himoya qilish va erkinliklariga rioya qilish, jamiyatda aholining huquqiy ongini, madaniyatini oshirish va qonuniylikni mustahkamlash toʻgʻrisida atroflicha fikr almashildi.
Tadbir soʻngida xotin-qizlarning shaxsiy muammolari boʻyicha ham alohida suhbat oʻtkazilib, har bir muammoning yechimi huquqiy savodxon boʻlish, davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanish, eng asosiysi xalq mafaati yoʻlida qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardor boʻlish va ulardan foydalana olish ekanligi tushuntirib oʻtildi.
16+, 18+: болаларга ахборот етказишда ёш таснифи қандай бўлиши керак?
Ахборот маҳсулотини ишлаб чиқарувчилар ва уларни тарқатувчилар ахборотда
етти ёшга тўлмаган болалар учун “0+”;
етти ёшга тўлган болалар учун “7+”;
ўн икки ёшга тўлган болалар учун “12+”;
ўн олти ёшга тўлган болалар учун “16+”;
болалар учун тақиқланган ахборот маҳсулотида “18+” ёзувини акс эттириши керак.
Ахборот маҳсулотининг ёшга оид таснифини амалга оширишда:
унинг мавзуси, жанри, мазмуни ва бадиий безаги;
муайян ёш тоифасидаги болалар томонидан ундаги ахборотнинг идрок этилиш хусусиятлари;
ундаги ахборотнинг болалар соғлиғига зарар етказиш эҳтимоли баҳоланади.
Malumki, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir.
Shunga ko‘ra, Do‘stlik tuman adliya bo‘limiga tumandagi xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlab kelayotgan 6 nafar xodimlarning “1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ularga mukofot pullari belgilangan bo‘lsa-da, biroq hanuzgacha olmaganliklaridan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari bo‘lim tomonidan ish yurituviga olindi.
O‘rganish natijasida, murojaatchi fuqarolar Do‘stlik tuman XTBga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlab kelayotganliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandiga asosan tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabining direktor jamg‘armasi hisobidan joriy yilning 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida bir martalik mukofot tayinlanganligi, biroq ushbu mukofot pullarini olmaganliklari aniqlanib, Tuman xalq ta’lim bo‘limiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritildi.
Natijada adliya aralashuvi bilan fuqarolarga 16 million 850 ming miqdoridagi to‘lanmay kelgan mukofot pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan Zarbdor tumani "Toshkeskan" mahallasi fuqaolari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchradhuv davomida dastlab huquqiy sohadagi yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardor bo'lish lozimligi, islohotlar samarasi xalqimizning farovon turmush kechirishiga sabab bo'lishi aytib o'tildi.
Har qanday huquqbuzarlik va jinoyatni profilaktik tadbirlar orqali oldini olish mumkin. Shu sabab kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlar tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanligimiz ta'kidlab o'tildi.
Tadbir davomida hudud aholisining muammolari ham tinglandi. Har biriga huquqiy tushuntirishlar berilib, to'g'ri yo'l ko'rsatildi.
"Paxtakor hayoti " gazetasining 2023-yil 23-yanvar sonida Paxtakor tuman adliya bo'limi boshlig'i X.Kushmatovning "Davlat boshqaruvi ixchamlashtirildi" nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax radiokanali to'lqinlarida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining sharxiga bag'ishlangan alohida efir soatlari mavjud.
Shulardan biri "Huquqiy darsxona" loyihasidir.
Bugungi mavzu: Prezident hujjatlari ijrosi nazoratda
Bugungi mehmon: Jizzax viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi E.Urdushev