Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

23
#Matbuot_anjumani

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar jarayoni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur sohada qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalar, yangiliklar va o'zgarishlar tizim xodimlari tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi.

Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab ayni paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar, uning natijasida kuzatilayotgan o'zgarishlar, pirovard natijalar tahlil qilindi.

Boshqaruvni ixchamlashtirish orqali sifatli va samarali faoliyat bosh maqsad qilib olingan bugungi o'zgarishlarning bari inson qadri, xalq farovonligi, yashash sifatini oshirish bilan bog'liq ekanligi ta'kidlandi. Vazifa va funksiyalari bir-biriga yaqin, takrorlanuvchi yo'nalishlarning yaxlit tizim sifatida shakillantirilishi, shu orqali natijador faoliyat mexanizmlarini yaratish jarayonlarning dastlabki amaliy ifodasi bo'lmoqda.

Tadbir davomida bunday ma'muriy islohotlar 2022-yilda adliya tizimida ham kuzatilganligi, bu borada yana bir yangilik sifatida "E qaror" elektron tizimi orqali idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarning qabul qilinishi yo'lga qo'yilganligi haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Qizg'in muhokama, savol-javoblarga boy bo'lgan uchrashuvda jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan asosli javoblar qaytarildi. Ma'muriy islohotlar barchamizning hayotimizda, mehnat faoliyatimizda o'z aksini topadigan o'zgarishlarni, yangiliklarni va albatta imkoniyatlarni olib keladigan jarayonlardir. Shu sabab bu borada barchamiz yetarli darajada huquqiy va siyosiy bilimlarga ega bo'lishimiz lozim.

22
Matbuot anjumani

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan ochiq muloqotga taklif etamiz.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlardan ko'zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar Sizga qiziqmi?

Unda 23-yanvar kuni soat 11:30 da Jizzax shahar adliya bo'limi binosida bo'lib o'tadigan tadbirda ishtirok eting!

Mo'ljal: "So'g'diyona" o'yingohi ro'parasi

20
Adliya aralashuvi bilan...

Baxmal tumani "Yangibog’" MFY Loyqa qishlog’ida yashovchi fuqaro O.Norqulova tuman adliya bo'limiga murojaat qilib, xonodoniga elektr tokini o‘tkazish uchun tuman elektr ta’minoti korxonasiga tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan holda elektr hisoblagichni sotib olganligi, biroq shu kunga qadar TETK xodimlari xonodonini elektr tarmog‘iga ulab bermayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu muamoni hal etishda amaliy yordam so‘ragan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2021-yildagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 555-sonli qarorga asosan hududiy elektr ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzilganligi, unga ko‘ra yashash xonodoniga  elektr hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, biroq xonodonni tarmoqqa ulash uchun kerakli jihozlar bo‘lmaganligi sababli ulanmasdan qolganligi ma’lum bo’ldi.

Tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan Baxmal TETK mutaxassislari ishtirokida fuqaroning xonadoni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlanlandi.

20
Adliya aralashgach...

Baxmal tumani "Gulbuloq" QFY Changal qishlog’ida yashovchi fuqaro X.Donaboyev tuman adliya bo'limiga murojaat qilib, bir necha yildan buyon kadastr hujjati asosida 20 sotix yer maydoniga mol-mulk va yer solig‘ini to‘lab kelayotganligini lekin 2022-yil dekabr oyida soliq qarzdorlikni tekshirganida 5.695.417 so‘m miqdorda asossiz soliq qarzdorligi mavjudligidan norozi bo‘lib, soliq qarzdorligini bekor qilishda amaliy yordam so‘ragan.

Soliq kodeksining 423 va 439-moddasiga ko‘ra, soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’iy nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa — qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlovchi organ ya'ni Kadastr palatasining ma’lumotlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan, fuqaro X.Donaboyevga tegishli bo‘lgan,turar joy ob’yekti kadastr idorasining elektron taqdim etilgan ma’lumotlari asosida soliq organida hisobga olinib, mulk qiymati 17.885.391 so‘mni, yer maydoni 5900.0 kv.mni tashkil etishi, 24.12.2022-yil holati yuzasidan soliq qarzdorligi mavjud emasligi aniqlandi.

20
Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan navbatdagi targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 19 yanvar kuni Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot hodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

20
#mamuriy _islohot

#mamuriy _islohot

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi

Dastur: "Bilasizmi?"

Zafarobod tuman adliya bo'limi xodimi.

Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar

20
#mamuriy _islohot

#mamuriy _islohot

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi "Jizzax" radiokanali

Dastur: "E'tiboringiz markazida" tok shousi

Jonli efir FM 105.5 to'lqinlarida

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari

Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar

19
FORISH TUMAN HOKIMLIGIDA PREZIDENTIMIZ FARMON VA QARORLARI IJROSI YUZASIDAN O'QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

Forish tuman hokimligi katta majlislar zalida Forish tuman Adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni va  “O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-447-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushintirish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.

Seminarni tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Temur Bozorbekov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Seminarga tuman hokimligi mutaxassislari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari taklif etildi. Seminarda tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Begzod Turopov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni va  “O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ 447-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil so'z yuritdi.

19
Yangi O'zbekistonda inson qadri ulug'

Baxmal tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 2023-yil 19-yanvar kuni "Siz kelmang biz boramiz" loyihasi doirasida Baxmal tumani "Qutlug‘obod" MFY Yo‘ldoshboy qishlog‘ida yashovchi 43 yildan buyon I gurux nogironi bo‘lgan fuqaro Sayfullayeva Ra’no G’aybullayevna xonadoniga borgan holda xizmat ko'rsatildi.

Fuqaro hunarmandchilik yo‘nalishida milliy liboslar tayyorlash faoliyat turi bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tkazildi.

18
"E-qaror" tizimi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yildagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son qaroriga asosan Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Shunga asosan, mazkur qaror ijrosini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni ZOOM platformasi orqali hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinishi bo‘yicha tizimdagi idoralar va keng jamoatchilikka (tashkilot xodimlari, jurnalist va blogerlar) tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi J.Karimov hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinish tartibini batafsil tushuntirib berish bilan birga davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish uchun qilinayotgan say-harakatlar haqida ham ma'lumot berdi.