Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

01
“TALABALAR HUQUQSHUNOSI” KLUBI TALABALAR BILAN

Joriy yilning 26-fevral kuni Jizzax politexnika instituti 3-oʻquv binosining madaniyat saroyida “Sanoat texnologiyalari” fakulteti hamda Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi hamkorligida talaba-yoshlarning huquqiy ongi hamda madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish, shuningdek, “Talabalar huquqshunosi” klubini ommalashtirish maqsadida, klubning asosiy maqsadi, vazifalari hamda kutilayotgan natijalari haqida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Yosh huquqshunoslar” klubi talabalar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi, oʻzlari tomonidan xam qoʻshimcha tafsiyalar berib oʻtildi. Ushbu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatdagi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan 21 887 mingdan ortiq talaba yoshlarni huquqiy bilimlarini oshirishga koʻmaklashishdan iborat.



Tadbir davomida talabalar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Talabalar huquqshunosi klubi” gruppasiga aʼzo boʻlishdi.

Учрашув вилоят адлия бошқармасининг ёш мутахассислари ва талабалар ўртасидаги савол-жавоб, фикр-мулоҳазалар билан янада қизғин тус олди ҳамда талабаларда катта таассурот қолдирди.

Жиззах вилоят адлия бошқармаси 

26
Topshiriqlar ijrosi amalda

Adliya boʻlimlarining 2021-yil birinchi yarim yillik ish rejasi 2-bandiga asosan boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlangan sayyor qabul grafigi ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan 2021-yilning fevral oyi mobaynida tumanning Toshkent va Paxtazor QFY larida fuqarolarning murojaatlari sayyor qabul qilindi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolardan 22 ta murojaat kelib tushib, 15 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 7 nafar fuqaroning pensiya tayinlash, kredit olish va ishga joylashish masalasidagi murojaatlari boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, ish rejaning 16-bandidan kelib chiqib, 20 nafar fuqaro Adliya vazirligining ʻHuquqiy axborotʻ telegram kanaliga aʼzoligi taʼminlandi. Sayyor qabul yakunida, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori mazmun va mohiyati tushuntirilib, ularga mavzuga oid boʻlgan 25 ta bukletlar tarqatildi.

Huquqiy targʻibot tadbirlari tumanning Gulzor va Mustaqillik MFY larida davom ettirilib, hamkor tashkilot vakillari bilan birga mahallalarda qonunchilikdagi yangiliklar aks etgan bukletlar tarqatildi.

Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi

25
Sayyor qabul - aholi muammolari yechimi va aholi huquqiy ongini oshirishga xizmat qiladi.

Gʻallaorol tuman adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil 22-fevral kuni tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida Gʻ.Gʻulom MFYda navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, qabul davomida fuqarolarning ish bilan taʼminlashda amaliy yordam berish, pensiya tayinlash, bandlik, sogʻliqni saqlash, kommunal xizmat, uy-joyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalalaridagi murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 11 nafar fuqaroning murojaati boʻlim ish yurituviga olindi.

 Shuningdek, sayyor qabul davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

24
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarining sayyor qabuli oʻtkazildi.

Sayyor qabullar davlat va xalq oʻrtasidagi mustahkam koʻprikdir. Sababi, aholi orasiga yaqindan kirib borish orqali turli muammo va kamchiliklar oʻz yechimini topadi, natijada fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchi oshadi, eng asosiysi ertangi kunga boʻlgan umidi mustaxkamlanadi. 

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 19-fevral kuni tegishli tashkilot xodimlarini ishtirokida Sh.Rashidov tumanidagi Nonisangil MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan savollari va muammolarni hal qilish choralari koʻrildi.
Jumladan, mazkur mahalladagi 16 nafar fuqarolardan 20 ortiq muammolar bilan murojaat qilishdi va ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 6 nafar fuqarolarning murojaatlarga joyida tegishli tushuntirishlar berildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

23
“Kelajakka yangicha dunyoqarash bilan masʼulmiz”

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ittifoqi, Yuksalish umummilliy harakati, OʻzLiDeP Jizzax viloyat Kengashi, Jizzax harbiy garnizoni bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy majlis palatalariga yoʻllagan Murojaatnomasi hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadid  beshta muhim tashabbus doirasida “Kelajakka yangicha dunyoqarash bilan masʼulmiz” mavzusida Jizzax harbiy garnizonida Jizzax viloyat Pedagogika instituti talabalari va uyushmagan yoshlar ishtirokida tadbir oʻtkazildi.



Mazkur tadbirda Sh.Rashidov tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi Sh.Xudoyberdiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini ”Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz bordi.



Uchrashuv davomida diniy ekstremizm, odam savdosi, korrupsiya singari illatlarning salbiy va ayanchli oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Bu borada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumotlar berildi.



Jizzax garnizoni harbiy orkestr jamoasi va yosh xonandalar tomonidan Vatanni madx etuvchi kuy va qoʻshiqlari yoshlar qalbida mehr muxabbat tuygʻusini uygʻotdi va oʻzgacha zavq bagʻishladi.
Ushbu tadbir ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

22
Жиззахда фуқаро ер ажратилиши пайсалга солинганидан норози бўлди.

Нурафшонда яшовчи фуқаро Н.Сакибаев ким ошди савдоси орқали якка тартибда уй-жой қуриш учун ер ер участкаси сотиб олган. Аммо бу  бўйича Жиззах шаҳар ҳокими қарори қабул қилинмаган ва ер майдони ажратиб берилмаган. Фуқаро мазкур ҳолатдан норози бўлиб бўлимимизга амалий ёрдам беришни сўраб мурожаат қилди.

Аниқланишича, 2017 йил 16 октябрда фуқарога Жиззах шаҳри Сайхон МФЙ ҳудудидан аукционга қўйилган 0,04 га. ер участкаси бўйича 96-сонли ғолиблик баённомаси берилган. Ҳамда ушбу ерга умрбод эгалик қилиш ҳуқуқини реализация қилиш тўғрисида шартнома имзоланган.

Шунга кўра, адлия бўлимининг ҳуқуқий жиҳатдан аралашуви билан жорий йил 17 февраль куни Жиззах шаҳар ҳокимининг 33-сонли қарори қабул қилиниши ва ер участкаси ажратиб берилиши таъминланди.

А.Шайжигитов,
Жиззах шаҳар адлия бўлими бошлиғи.

19
Adliya tadbirkorga do'st

Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida Oʻzbekiston Rspublikasining “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Erkin muloqot maydoniga aylangan tadbirda tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

18
Ishsizlik nafaqasi to'lab berildi.

Jizzax shahri Oqqoʻrgʻonlik MFY O.Saidnasimov koʻchasi 58-uyda yashovchi fuqaro M.Tursunovaning shahar ABKM tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasi 2020-yil dekbr va joriy yil yanvar oylarida toʻlab berilmaganligi sababli amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijasida, belgilangan tartibda fuqaro M.Tursunova ishsiz deb eʼtirof etilib, 2020-yil 16-noyabrdan har oyda 180 ming 22 soʻm 45 tiyin miqdorida ishsizlik nafaqasi toʻlanlishi belgilangan boʻlsada, 2020-yilning dekabr oyi va 2021-yilning yanvar oyi davomida nafaqa puli toʻlanmaganligi aniqlandi.
Shunga koʻra, boʻlim tomonidan 2021-yil 9-fevral kuni 
1-25/20-7/89-sonli taqdimnoma shahar aholi bandligiga kiritilib, toʻlanmagan ishsizlik nafaqasi qayta hisob-kitob qilinishi va toʻlanilishi taʼminlandi.

17
Noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodima oʻz ishiga tiklandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomda, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishi adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan biri etib belgilangan.

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro S.Achilovaning ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda ishdan boʻshatganligidan norozi boʻlib, mehnat nizolarini hal qilinishida amaliy yordam berishni soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida, Mirzachoʻl qishloq hoʻjalik kasb-hunar kolleji rahbari tomonidan fuqaro S.Achilova farrosh vazifasiga 2017-yilda ishga qabul qilinganligi hamda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilganligi, S.Achilova tugʻruq taʼtilida vaqtida ish beruvchi tomonidan S.Achilova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun talabiga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasida homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlari koʻrsatilgan boʻlib unga koʻra; 

Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi (korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno ekanligi, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi nazarda tutilgan) belgilangan.

Shu sababli, tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnoma ijrosi taʼminlanib, fuqaro S.Achilova oldingi vazifasidagi ishiga qayta tiklandi.


16
Bolalarni majburiy mehnatga jalb etish - Jinoyat!


Endilikda, voyaga etmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun (O‘RQ-673-son) Prezident tomonidan imzolandi. (12.02.2021)


Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

 Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

SHuningdek, voyaga etmagan shaxsni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, voyaga etmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlagan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

(Ilgari ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng, takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlik belgilangan edi.)

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ulmas ABDIEV

Mirzacho‘l tuman adliya bo‘limi boshlig‘i