Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
Hokimlik soatida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yetkazdirilmoqda

Bugun 9-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzachoʻl tuman Kengashining yigirma birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. 
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, kun tartibiga aloqador tashkilotlar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok edi.
Shuningdek, sessiyada, tuman adliya boʻlimi boshligʻi U.Abdiyevning huquqiy targʻibot va maʼrifatning ahvoli toʻgʻrisidagi, tuman prokurori U.Rajabovning qonuniylikni mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi axborotlari tinglandi.
Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli sessiya qarorlari qabul qilinib, sessiya yakunida, adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan soʻngi xaftada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyati yetkazildi.

08
Targʻibot tadbirlari

Zomin tuman adliya boʻlimi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ayollar daftari” ga kiritilgan ayollar uchun uchrashuv tashkil etildi. Targʻibot tadbiri davomida tadbir ishtirokchilariga Ayollar daftariga kiritish, undan chiqarish, bundan tashqari mavjud imtiyozlar toʻgʻrisida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

05
Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga

Davlat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, jamiyatda barqarorlikni, ijtimoiy adolatni, qonuniylikni taʼminlashning muhim sharti xalqning dardu tashvishlari, muammolariga yechim topish, ularning ishonchiga sazovor boʻlish. Fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshar ekan bu mexanizmlar oʻz-oʻzidan ishlay boshlaydi, muammolar ham barham topadi. Ayni kunlarda butun respublikamiz boʻylab tuman adliya boʻlimlari tomonidan uyma-uy kirib yurtdoshlarimizga huquqiy maslahatlar berilayotganligining asl mohiyati va ahamiyati ham shunda aslida.
Forish tuman adliya boʻlimi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda temir daftar, shuningdek yoshlar va ayolllar daftariga kirgan fuqarolariga “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida  huquqiy maslahatlar berildi. 
Shu bilan birga, Adliya vazirligi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan targʻibot materiallari tarqatildi.

04
Yil sarhisobi

Joriy yilning 4-fevral sanasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasida Davlat organlari va tashkilotlarning matbuot xizmati rahbarlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Brifingda, boshqarma boshligʻi Sh.Saidov tomonidan adliya organlarining vazifa va funksiyalari, boshqarma tuzilmasi, yangi loyihalar va tashabbuslar, shuningdek adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va joriy 2021-yilda boshqarma oldida turgan ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berilishi bilan birga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya  boʻlimlari tomonidan 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, murojaatlarning koʻrib chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, oʻtkazilgan oʻrganishlar va monitoringlar, qoʻllanilgan taʼsir choralar hamda ularning natijalari, amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari va boshqa faoliyat turlari haqida toʻliq maʼlumotlar berildi. Hususan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2020-yil davomida 6 692ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib ulardan 5 807 ta murojaatlar hal etilgan hamda 3829 ta murojaat qanoatlantirilgan.

 

Erkin munozara tarzida davom etgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan boshqarma faoliyati yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qildilar.



 Ishtirokchilar joriy yilda ham hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 



Tadbir soʻngida yakunlangan yil davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari bilan samarali faoliyat olib borgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar boshqarma boshligʻi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.






03
Joriy yilning 3-fevral kuni Jizzax davlat pedagogika institutida profilaktika inspektorlari ishtirokida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Mazkur tadbir tuman va shaharlarida faoliyat yurituvchi profilaktika inspektorlarining huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularni yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Kelgusida bu boradagi tadbirlar muntazam davom ettirilishi rejalashtirildi.

02
BOʻSH ISH OʻRINLARIGA NOMZODLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlaridagi yuridik xizmat xodimlari boʻyicha mavjud boʻlgan BOʻSH ISH OʻRINLARIGA NOMZODLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

 

Давлат органи ва ташкилотининг номи

Лавозими

Малакага оид талаблар

Ойлик маоши

1

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Дўстлик туман бўлими юрисконсульт

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

2

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Зарбдор туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

3

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Зафаробод туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

4

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Зомин туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

5

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Пахтакор туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

6

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Ш.Рашидов туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

7

Жиззах вилоят санитария - эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати Янгиобод туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 000 000 сўм

8

БТПЖ Фориш туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 900 000 сўм

 

9

БТПЖ Янгиобод туман бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 400 000 сўм

 

10

Жиззах шаҳар мактабгача таьлим бўлими

Юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 400 000 сўм

 

11

Жиззах вилоят инкассация бошқармаси

Бош юрисконсульт

Олий ҳуқуқшунос

1 400 000 сўм

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar oʻz shaxsiy varaqasini jiz.adliya@exat.uz elektron pochtasiga yoki Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvoqilashtirish boʻlimiga (tel. 223-55-73) yuborishlari lozim. Yuborilayogan maʼlumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari toʻgʻrisidagi hamda qaysi davlat organi va tashkilotning yuridik xizmati xodimi ish oʻrniga hujjat topshirish istagi haqidagi maʼlumotlar ham eks ettirilishi kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

01
Zomin tuman adliya boʻlimi, OʻzLiDeP tuman Kengashi xodimlari, Zomin tumani Xotin qizlar tadbirkorlik markazi, Zomin tuman Davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bugungi kunda tadbirkorlik sohasida faoliyat koʻrsatatyotgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga qulay va ishonchli sharoitlar yaratib berish borasida barcha soha vakillari birdek masʼul va burchlidir.

Zomin tuman adliya boʻlimi, OʻzLiDeP tuman Kengashi xodimlari, Zomin tumani Xotin qizlar tadbirkorlik markazi, Zomin tuman Davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda avvalida Zomin tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Valijon Omanov soʻz oʻrnida fuqarolarning tadbirkorlik sohasida olib borayotgan faoliyatlari yoki rejalashtirgan xizmat turlarini tashkil etish jarayonida yuzaga kelayotgan har qanday sunʼiy byurakratik toʻsiqlar, noqonuniny hatti-harakatlar kuzatilganda, albatta adliya organlari ham ularga chin maʼnoda koʻmakchi ekanliklarini eslatib oʻtdilar.
Shundan soʻng, tadbirkorlar murojaatlari eshitildi. Tadbirkorlar tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar yoʻllandi. Tadbirkorlarning mavjud muammolari boʻyicha tegishli idoralarga yuborilishi belgilab oʻtildi.

29
Safar xarajatlari to'lab berildi.

Jizzax shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi O.Azimovning xizmat safari davrida qilgan sarf xarajatlar qoplanmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati shahar adliya boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan shahar xalq taʼlimi boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, qilingan sarf xarajatlar qayta hisob kitob qilinishi va toʻlab berilishi taʼminlandi. Shuningdek, holat yuzasidan  qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga taklif kiritildi.

28
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adliya yoshlari va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi yosh mutaxassislari oliy taʼlim muassasalari talabalari va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Unda dastlab ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabrʼ kuni Oʻzbekiston yoshlari forumida soʻzlagan nutqi va 27-yanvar kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar yuzasidan  zarur tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtildi.



Oʻzaro muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda “Yosh huquqshunoslar” klubini tashkil etish taklifi berildi. Klubni tashkil etilishi yoshlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanib, oʻzlari tomonidan xam qoʻshimcha tafsiyalar berib oʻtildi.



Uchrashuv viloyat adliya boshqarmasining yosh mutaxassislari va yoshlar oʻrtasidagi savol-javob, fikr-mulohazalar bilan yanada qizgʻin tus oldi.  
“Adliya yoshlari va yoshlar uchrashuvi” talaba va yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


27
Ijtimoiy ahvoli ogʻir xotin-qizlar adliya boʻlimi eʼtiborida.

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda koʻmaklashish tizimini joriy qilish maqsadida 2021-yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2-son qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda xotin-qizlarga amaliy yordam berish maqsadida, Mirzachoʻl tumanining ʻMirzadalaʻ mahallasida manzilli huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan ishtirokchilarining turli savollariga huquqiy tushuntirishlar berilib, 5 nafar fuqaroning murojaati oʻrganib chiqish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.

Ishtirokchilarning pensiya va nafaqalar, ishsizlik va ishga joylashish, imtiyozli kredit olish tartibi bilan bogʻliq boʻlgan savollariga asoslantirilgan javoblar berildi.