Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

01
Zomin tuman adliya boʻlimi, OʻzLiDeP tuman Kengashi xodimlari, Zomin tumani Xotin qizlar tadbirkorlik markazi, Zomin tuman Davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bugungi kunda tadbirkorlik sohasida faoliyat koʻrsatatyotgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga qulay va ishonchli sharoitlar yaratib berish borasida barcha soha vakillari birdek masʼul va burchlidir.

Zomin tuman adliya boʻlimi, OʻzLiDeP tuman Kengashi xodimlari, Zomin tumani Xotin qizlar tadbirkorlik markazi, Zomin tuman Davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda avvalida Zomin tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Valijon Omanov soʻz oʻrnida fuqarolarning tadbirkorlik sohasida olib borayotgan faoliyatlari yoki rejalashtirgan xizmat turlarini tashkil etish jarayonida yuzaga kelayotgan har qanday sunʼiy byurakratik toʻsiqlar, noqonuniny hatti-harakatlar kuzatilganda, albatta adliya organlari ham ularga chin maʼnoda koʻmakchi ekanliklarini eslatib oʻtdilar.
Shundan soʻng, tadbirkorlar murojaatlari eshitildi. Tadbirkorlar tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar yoʻllandi. Tadbirkorlarning mavjud muammolari boʻyicha tegishli idoralarga yuborilishi belgilab oʻtildi.

29
Safar xarajatlari to'lab berildi.

Jizzax shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi O.Azimovning xizmat safari davrida qilgan sarf xarajatlar qoplanmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati shahar adliya boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan shahar xalq taʼlimi boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, qilingan sarf xarajatlar qayta hisob kitob qilinishi va toʻlab berilishi taʼminlandi. Shuningdek, holat yuzasidan  qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga taklif kiritildi.

28
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adliya yoshlari va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi yosh mutaxassislari oliy taʼlim muassasalari talabalari va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Unda dastlab ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabrʼ kuni Oʻzbekiston yoshlari forumida soʻzlagan nutqi va 27-yanvar kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar yuzasidan  zarur tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtildi.



Oʻzaro muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda “Yosh huquqshunoslar” klubini tashkil etish taklifi berildi. Klubni tashkil etilishi yoshlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanib, oʻzlari tomonidan xam qoʻshimcha tafsiyalar berib oʻtildi.



Uchrashuv viloyat adliya boshqarmasining yosh mutaxassislari va yoshlar oʻrtasidagi savol-javob, fikr-mulohazalar bilan yanada qizgʻin tus oldi.  
“Adliya yoshlari va yoshlar uchrashuvi” talaba va yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


27
Ijtimoiy ahvoli ogʻir xotin-qizlar adliya boʻlimi eʼtiborida.

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda koʻmaklashish tizimini joriy qilish maqsadida 2021-yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2-son qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda xotin-qizlarga amaliy yordam berish maqsadida, Mirzachoʻl tumanining ʻMirzadalaʻ mahallasida manzilli huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan ishtirokchilarining turli savollariga huquqiy tushuntirishlar berilib, 5 nafar fuqaroning murojaati oʻrganib chiqish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.

Ishtirokchilarning pensiya va nafaqalar, ishsizlik va ishga joylashish, imtiyozli kredit olish tartibi bilan bogʻliq boʻlgan savollariga asoslantirilgan javoblar berildi.

26
Tadbirkorlar murojaati o’rganib chiqildi.

Jizzax shahar adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Jizzax shahridagi tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasida navbatdagi qabul kuni oʻtkazildi. Qabul davomida tadbirkorlarning yer va kredit masalalariga oid shikoyatlari koʻrib chiqilib, ularga batafsil huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi. Bundan tashqari, huquqiy maslahat soʻrab kelgan tadbirkorlik subyektlari vakillariga ularni qiziqtirgan savollar boʻyicha javob berildi.

25
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “YILNING ENG YAXSHI ADLIYA BOʻLIMI” tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi.

Komissiya tomonidan intiqlik bilan kutilayotgan natija eʼlon qilindi.

 
Ochiq va shaffof tarzda oʻtkazilgan tanlovda oʻz bilim va tajribalariga asoslangan holda har bir bosqich shartlaridan muvaffaqiyatli tarzda oʻtgan ishtirokchilar gʻolib deb topildi.

Tanlov natijalarga koʻra:

birinchi oʻrin – Andijon viloyatining Andijon shahar adliya boʻlimi;

ikkinchi oʻrin – Xorazm viloyatining Yangiariq tuman adliya boʻlimi;

uchinchi oʻrin – Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tuman adliya boʻlimiga nasib etdi.

  1-oʻrin sohibiga 15 000 000 soʻm;
  2-oʻrin sohibiga 10 000 000 soʻm;
  3-oʻrin sohibiga 7 500 000 soʻm taqdim etildi.

GʻOLIBLIK MUBORAK!!!

22
Hodim ishga tiklandi.

Fuqaro O.Mirzanovning 2020-yilning dekabr oyida Zafarobod tuman adliya boʻlimiga “Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimida uslubchi boʻlib 2020-yil sentyabr oyigacha ishlab kelganligi, lekin boʻlim mudiri tomonidan asossiz ravishda ishdan boʻshatilganligi” boʻyicha qilgan shikoyati oʻrganib chiqildi.

Shikoyatni oʻrganish davomida fuqaro O.Mirzanov Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirining 2020-yil 2-sentyabrdagi 93-son “Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandi asosan ishdan ozod etilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 101-moddasi talablariga koʻra, yaʼni ”mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olish jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasini mehnat shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnoma bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi"deb belgilangan.

Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimining 2018-20120-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 19-bandida “mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina Kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilishi” belgilangan.

Ushbu holatlar boʻyicha Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimiga” Qonun xujjatlari buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomaga koʻra fuqaro O.Mirzanov tuman xalq taʼlimi boʻlimining 24.12.2020-yildagi 153-son buyrugʻi bilan oldingi ish joyiga tiklandi.

Qonun buzilishlariga yoʻl qoʻygan Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri E.Tadjiyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va chora koʻrish uchun tuman ABKM ga yuborildi.

21
Mirzachoʻlda Uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy ongi hamda madaniyatini oshirish ishlari davom etmoqda

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4910 va PQ-4940-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini oʻzida aks ettirgan bukletlar tarqatilmoqda.
Albatta ushbu tadbirlar aholi har bir qatlamining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.

20
iloyat davlat soliq boshqarmasida 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidagi asosiy oʻzgarishlar mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni viloyat DSB boshligʻining birinchi oʻrinbosari Erkin Narmanov kirish soʻzi bilan ochib, huquqiy savodxonlik har bir davlat xizmatchisining  asosiy kasbiy sifati boʻlishi lozimligini taʼkidladi. Seminarda adliya katta maslahatchisi Shokir Xudoyqulov va viloyat adliya boshqarmasi xodimi Iroda Oblaqulova maʼruza qildilar. 

Seminar amaliy ruhda, savol-javoblar tarzida tashkil etildi. Soliq xizmati xodimlari tomonidan mehnat hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik meʼyorlarining  ijrosi kabi mavzularda qizgʻin muhokamalar oʻtkazildi.

19
Targʻibot tadbirlarida keng aholini qamrab olinmoqda.

Forish tuman adliya boʻlimi tomonidan “Lola” DMTTda ota-onalar va tashkilot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi yuzasidan maʼruza qilindi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga Prezident qarori asosida bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarni amalga oshirishda belgilangan imtiyoz, Vazirlar Maxkamasining 114- son qarori, shartnoma tushunchasi va uni tuzish tartibi, fuqarolarning boshqa xuquq va majburiyatlari boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ota onalarga bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarni tarbiyachilarga bermaslik, tarbiyachilarga esa fuqarolardan naqd pul shaklida toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgri qabul qilmaslik, aksincha bank muassasalari orqali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.