Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i

Ergashev Akmal Mamarasulovich

Телефон:
0-372-223-52-00
0-372-221-50-50 (3500)

Dushanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

     

Ergashev Akmal Mamarasulovich 1989 yilda Qashqadaryo vilotida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.  U mehnat faoliyatini 2013 yilda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, prokuratura organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish sektori yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2014-2015 yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy nazorat va tahlil sho‘‘basi yetakchi maslahatchisi, 2015-2016 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limining bosh maslahatchisi, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub’ektlari  va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limining boshlig‘i, 2018-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 27 iyuldagi 626-sht-sonli buyrug‘i bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Должностные обязанности

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Vakant

Телефон:
0-372-223-52-42

Chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha
Vakant
Должностные обязанности

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Pirxalov Bekzod Tursunovich

Телефон:
(0-372) 221-50-50 (3600)

Seshanba va payshanba kunlari 15:00dan 17:00gacha.

Pirxalov Bekzod Tursunovich 1983 yil 4 yanvar kuni Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2013 yilda (bakalavr bosqichi) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2013 yilda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi binosiga umumiy xizmat ko‘rsatuvchi ishchisi vazifasida boshlab, 2014-2015 yillarda Jizzax viloyat G’allaorol tuman 1-son notarial idorasi notariusi kotibi, notarius yordamchisi, 2015-2016 yillarda Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash sho‘‘basi katta maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2017-2018 yillarda Jizzax viloyat G’allaorol tuman 2-son davlat notarial idorasi notarius stajyori, 2018-2019 yillarda Jizzax viloyati G’allaorol tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi, Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2019-2021 yillarda Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2021-2022 yillardada Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 28 fevraldagi 90-sht-sonli buyrug‘i bilan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

 


Должностные обязанности