Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

24
Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy

Jizzax shahar adliya bo’limi Jizzax shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi hamkorligida mazkur oylik doirasida joylarda uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.Tadbir davomida shahar Adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi   Abdurauf Abdushukurov, Jizzax shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Nargiza Fayziyeva va Abdulaziz Raxmatovlar tomonidan Jizzax viloyati XTXQT MO hududiy markazi xodimlari va tinglovchilariga xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar, huquq va imtiyozlar hamda xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirilganligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, tadbirda “Buvijonlar maktabi” faoli Dilbar Saidova so‘zga chiqib, oilala va mahallalarda  ijtimoiy- ma’naviy   muhitni   ma’naviy  muhitni  barqarorlashtirish, mahalla va ta’lim muaassasalarida yoshlarni  mustaqil hayotga tayyorlash,    yosh oilalar  o‘rtasida ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlarni milliy odob va urf odatlar ruhida tarbiyalashda ko‘rsatma va maslahatlarini berib o'tdilar.

23
Ish samarasini oshirish yo‘lidagi yangi tashabbuslar

G‘allaorol tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan markaz boshlig‘i tomonidan “E-huquqshunos” tizimi bo‘yicha tashkilotlarning ma’sul xodimlari uchun qabul kunlari tashkil etildi.

Bunda tashkilotlarga borilgani holda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlardan tashqari vaqtlarda ko‘mak berish nazarda tutilgan.

Jumladan, tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazida markaz boshlig‘i Sh.Suvanov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i va ma’sul xodimlari bilan alohida suhbat-qabul o‘tkazildi.

Qabul vaqtida tizimdan foydalanish jarayoni, xususan huquqiy tusdagi hujjatlarni tayyorlash, ularning loyihalarini tizimga biriktirish, xullas, ularning tizim orqali aylanishi borasida yuzaga kelayotgan ayrim muammmolar yuzasidan amaliy ko‘mak berildi.

Shuningdek, birlashmaning ma’sul xodimlariga mehnat qonunchiligiga rioya qilish yuzasidan buyruq loyihalarini qonunchilikka mos ravishda tayyorlash, tizimga loyihalar ilovalari bilan birgalikda biriktirilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Mazkur tadbir boshqa tashkilotlar bo‘yicha ham davom ettirilmoqda.

22
Bir murojaat izidan

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga qonuniy yechim topish, buzilgan huquqlarni tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zafarobod tuman adliya bo'limiga ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro To'ranov Mirzaxitning qilgan murojaati nazoratga olingan edi. Sud tartibida ko'rib chiqilgan mazkur masala fuqaro foydasiga yechim topdi. Sud ma'muriy huquqbuzarlikka oid ish bilan to'liq tanishib chiqib, fuqaro asossiz ma'muriy javobgarlikka tortilganligi sababli, jarima qo'llash haqidagi qarorni bekor qilish haqida adolatli qaror qabul qildi. Natijada fuqaroga qo'yilgan asossiz ma'muriy jarima bekor qilinib, buzilgan huquqi tiklandi.Fuqaro o'z murojaatida Kadastr agentligi Zafarobod tuman bo'limi tomonidan unga nisbatan 6 mln 750 ming so'm ma'muriy jarima qo'llanilganligidan noroziligini bildirgan. Adliya bo'limi murojaat bo'yicha ishga taalluqli hujjatlarni sinchkovlik bilan o'rganish davomida fuqaroga nisbatan mazkur ma'muriy jarima asossiz qo'llanilganligi aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 2022 yil 13 yanvar kuni fuqaro To'ranov tomonidan o'ziga tegishli yer uchastkasining chegaradosh 0,15 gektar yer uchastkasini tegishli hujjatlarsiz egallab olib tomorqa sifatida foydalanib kelganligi holati bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, ma'muriy jarima qo'llanilgan. Vaholanki, Kadastr agentligi Zafarobod tuman bo'limi tomonidan dalolatnomada ko'rsatilgan yer maydon 2018 yilda fuqaro fuqaro To'ranov Mirzaxitning turmush o'rtog'i To'ranova Gulmira nomiga hujjat rasmiylashtirilgan. Adliya bo'limi tomonidan fuqaroga jarima qo'llash haqidagi qaror ustidan jinoyat ishlari bo'yicha Zafarobod tuman sudiga shikoyat qilish huquqi tushuntirildi. Ish tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan jinoyat ishlari bo'yicha Zafarobod tuman sudida ko'rilishi ta'minlandi.

21
Erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlarining 2021 yil davomidagi faoliyati tahlili, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va istiqboldagi rejalarga bag'ishlangan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.O'tgan yil davomida Jizzax viloyati adliya tizimi xodimlari tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 979 ta takliflar ishlab chiqildi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilgan 143 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, xulosa berildi.

Aniqlangan 70 075 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarga 1 761 ta taqdimnoma, 6 711 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 416 ta takliflar kiritildi.

Ko'rilgan ta'sir choralari natijasida 3 292 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 317 nafar shaxslarning ma'muriy javobgarlikka tortilishi ta'minlandi, 837 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, shundan 30 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 9 mlrd. 633 mln. so'mlik 866 ta da'vo arizalari kiritildi.

Kelib tushgan jami 6 975 ta murojaatlarning 6 305 tasi qonuniy hal etildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo'yicha 58 476 marotaba targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Endi, faoliyatimizda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar, muammoli masalalar haqida to'xtalib o'tsam.

Barchamizga ma'lum, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 4 avgustdagi “Hududiy adliya organlarining ish faoliyatining asosiy natijalarini baholash tartibini tasdiqlash to'g'risida”gi 233-um-son buyrug'i bilan hududiy adliya organlari ish faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari tasdiqlangan.

Mazkur buyruqqa asosan adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlari ish faoliyati baholanib, baholash mezonlari bo'yicha ko'rsatgichlar reytingi shakllantirib borilmoqda.

Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va xatolar ham tanqidiy ko'rib chiqildi. Vazifalar sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan kelishib olindi.Shu bilan birga Yangiobod tuman adliya bo'limi boshlig'i O'.Juraevning boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan ko'zatish marosimi bo'lib o'tdi.

Hamjihatlik va mas'uliyat bor joyda baraka bo'ladi. Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari 2022 yilda ham a'lo natijalarni qayd etishni maqsad qildilar.

19
Xodim ishga tiklandi: Xulosa chiqarish uchun avval o'rganish zarur

Mirzacho'l tuman adliya bo'limiga fuqaro F.Jalilova ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda mehnat shartnomasini bekor qilinganligini bildirib, qaytadan ishga tiklashda, shunigdek majburiy bekor yurgan kunlari uchun ish haqlarini undirishda amaliy yordam berishni so'rab yo'llagan murojaati tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli tartibda o'rganib chiqildi.

    Mexnat kodeksining 108-moddasida mehnat shartnmasi bekor qilinran kuni ish beruvchi hodimga uning mexnat daftarchasini va mexnat shartnomasining bekor qilinishi xakidagi buyrukning nushasini berishi shartligi belgilab kuyilgan bo'lsada, ish beruvchi murojaatni o'rganish kuniga kadar fuqaro F.Jalilovani mexnat shartnomasi bekor qilinganligi to'g'risida ogoxlantirmaganligini hamda buyrug'i va mehnat daftarchasini bermaganligi aniqlangan, fukaro F.Jalilova mehnat vazifalarini bir   marotaba  qo'pol  tarzda  buzganligi aniqlanmaganligi , maktab o'quvchilarining arizasi o'qituvchining mehnat shartnomasini bekor qilishga asos bo'lmasligini, chunki maktab o'quvchilar voyaga yetmagan shaxs ekanligini, xodimga nisbatan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazilmaganligini, uch kun oldin ogoxlantirish xati berilmaranligi aniqlandi.

Tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari buyicha Dustlik tumanlararo sudiga kiritgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, xodim o'z ish joyiga tiklandi.


18
O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.
Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadida  BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati  va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasining  texnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bshlib, BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qo‘llanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari joylashtirilgan xolos). Uning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi O‘zbekistondagi islohotlarning , xususan aholini ro‘yxatga olish tadbirini  o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.
Yana bir muhim jihati, o‘zbekcha qo‘llanmaning BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga g‘urur bag‘ishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishni  o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning  bilimini oshirib, tadbirning sifatli o‘tkazilishida muhim rol o‘ynaydi.
                                                                                                                                                                                                                                                      Jizzax viloyat statistika boshqarmasi

17
"E'tiboringiz markazida"

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "E'tiboringiz markazida" tok shousi orqali "Yo'l qoidasi-umr foydasi" mavzusida muhokama tashkil etildi. Unda SHarof Rashidov tuman adliya bo'limi boshlig'i Ilg'or Rashidov ekspert sifatida ishtirok etib, bugungi kunda haydovchilik guvohnomasini olish va berish tartiblari, yo'l xarakati qoidalarini buzganda qonunchilikda qanday javobgarlik belgilangani masalalari yuzasidan ma'lumot berdi. Mazkur sohadagi o'zgarishlar va yangiliklarga ham alohida to'xtalib o'tildi. Ko'rsatuv 19-fevral kuni efirga uzatiladi.

16
"Mexr daftari" muruvvat va insoniylik timsoli

2022-yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zarbdor tuman hududida yashovchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish boʻyicha Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joylarga chiqqan holda huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. “Huquqiy targʻibot kuni” doirasida Markaz xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan “Ravot”, “Toshkesgan” va “Sharq Yulduzi” mahallalarida yashovchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolar bilan yashash joylariga chiqqan holda suhbat oʻtkazildi.

Monitoring suhbat jarayonida bir qator qonunchilik hujjatlari bo‘yicha huquqiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi, jumladan:

Hukumat qarori bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida «Mehr daftari»ga kiritiladi va undan chiqariladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lganda tegishli qaror asosida «Mehr daftari»dan chiqariladi.

Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart. Bandligi ta’minlanmagan holatlarda, «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi ta’minlangungacha, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shu’balari «Mehr daftari»ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori bilan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

Suhbat jarayonida mazkur fuqarolarga ijtimoiy ta'minot masalalaridagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha ham tushuntirish berildi.

Shuningdek, monitoring jarayonida ushbu toifadagi fuqarolarning mavjud muammolari o‘rganib ko‘rildi va ularni yechimini topish masalasida Markaz tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatilishi tushuntirib o‘tildi.

15
Ish beruvchi adolatli bo'lsa, xodim mas'uliyatli bo'ladi

Mirzacho'l tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro D.Xudoyberdievaning ish beruvchi tomonidan ohirgi hisob kitob pullarini berilmaganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli tartibda o'rganib chiqildi. Unga ko'ra:

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Jizzax filiali tomonidan, xodim fuqaro D.Xudoyberdieva bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda qonun buzilish xolatlari borligi, shu bilan birga xodimning to'lanmay qolib ketgan 15 993 225 so'm miqdoridagi pul mablag'i berilmayotganligi aniqlandi. Adliya bo'limining fuqaro manfaatida tashkilotga qiritgan taqdimnomasi asosli deb topilib, to'liq qanoatlantirildi, D.Xudoyberdievaga pul mablag'lari undirib berildi.


14
Adliya va deputatlar hamkorligi

Forish tuman adliya bo'limi va Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Mazkur tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini «E-qaror» elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro'yxatga olish va e'lon qilish tartibi to'g'risida”gi nizom,«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni hamda Adliya vazirining 2021 yil 15 noyabrdagi 19-mh-son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o'tkazish qoidalariga muvofiq Halq deputatlari tuman Kengashining normativ tusdagi qaror loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o'tkazish va qabul qilish tartibi, shu o'rida belgilangan tartibga rioya qilmaslik oqibatlar haqida tegishli tushuntirishlar va tavsiyalar berildi. Tadbirda deputatlar bilan huquq ustuvorligi indeksi bo'yicha so'rovnomalar o'tkazildi.