Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

28
Har bir murojaat ortida insonlar taqdiri bor

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi Baxmal tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Baxmal tuman Xalq qabulxonasi, Baxmal tuman Bosh vazir qabulxonasi, tuman prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi tashkilot va muassasalarda huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tumanidagi davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shu bilfn birga ishtirokchilarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, qonunchilikni amaliyotga bir hilda qo‘llash bo‘yicha tajribalar o'rtaga tashlandi.
Jumladan: Namunaviy nizom «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilanganligi, ushbu Nizom ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik prosessual, jinoyat-prosessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy prosessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga hamda davlat organlarining, tashkilotlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan.
Bundan tashqari, Nizomdagi asosiy tushunchilar ya’ni, ariza, taklif, shikoyat, anonim murojaat, murojaatning dublikati, takroriy murojaat, elektron murojaat, ommaviy qabul, video-konferens-aloqa va davlat ishtirokidagi tashkilot hamda sayyor qabullar murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishi mumkinligi hamda murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega ekanligi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari, murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, davlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlashni tashkillashtirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaatlarni ko‘rmay qoldirish va ko‘rib chiqishni tugatish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarinivideo-konferens-aloqa vositasida qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslarining huquq va erkinliklari, murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, yakunlovchi qoidalar yuzasidan alohida tushuntirishlar berildi.


28
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam aksiyasi Jizzaxda

Sharof Rashidov tumanida aholini ommaviy sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida " Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonda tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari ham marafon doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarini uddaburonlik bilan bajarishdi. Marafon davomida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov "Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni koʻtaradi, tushkunlikni yengishga yordam beradi. Shuningdek, yurish jarayoni kreativ gʻoyalar tugʻilishiga ham turtki boʻladi", - dedi.Yurtimizda tashkil qilinayotgan mana shunday sog’lom turmush tarzi qoidalarini targ‘ib qiluvchi tadbirlar insonlar sog’ligini, immun tizimini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

27
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo'lida

Zarbdor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi bir nechta davlat tashkilotlarida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.Xodimlar tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya, bank va moliya sohalari bo'yicha ko'shimcha savollarga ham huquqiy tushuntirish berib o'tildi.Davlat tashkilotlarida mehnat qilib kelayotgan xodimlarning huquqiy bilimi va savodxonligi oshsa yuristlar uchun ular bilan birga ishlash, muammolarni hal etish va faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish ham bir muncha oson kechadi.

26
Huquqiy targ'ibotni amalga oshirishning samarali usullari

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazib kelinaytgan onlayn vebinarlarning bu galgi mavzusi "Adliya organlari: Jamiyat extiyoji asosiy omil" deb nomlanib, unga viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlarining targ'ibot sohasini amalga oshiruvchi xodimlari ishtirokchi sifatida taklif etildi.Shu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Shokir Saidov, O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huquqiy targ'ibot va ma'rifat boshqarmasi bo'lim boshlig'i Muslimbek Nurmuxammedov, Jizzax viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi xodimi Jaxongir Bobobekov, viloyat adliya boshqarasi Huquqiy tag'ibot va marifat bo'limi boshlig'i Jaxongir Ishonkulovlarlar ma'ruzachi sifatida ishtirok etishdi.Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Shokir Saidov vebinar ishini ochib, 2021 yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo'limlari huquqiy targ'ibotni amalga oshirish borasida quvonarli natijalarga erishganligini ma'lum qildi. Jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali 37697 marotaba huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirilgan. Televidenieda 914 ta ko'rsatuv namoyish etilgan. Radio to'lqinlari orqali 1071 marotaba eshittirishlar efirga uzatildi. Gazetalarda 265 ta maqola chop etildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali 35447 marotaba huquqiy targ'ibot materiallari berilgan.
"Ijtimoy tarmoqlarning barcha turlarida o'z sahifalarimizga egamiz, kanallarimiz, guruhlarimizda jami 70 mingan ziyod a'zolarimiz, kuzatuvchilarimiz bor, demak, OAV va ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga harakat kilamiz", dedi Sh.Saidov.
O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huquqiy targ'ibot va ma'rifat boshqarmasi bo'lim boshlig'i Muslimbek Nurmuxammedov o'z chiqishida normativ huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlami va ijrochilarga yetkazish borasida qilinayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.Shundan so'ng so'zga chiqqan Jizzax viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi xodimi Jaxongir Bobobekov, viloyat adliya boshqarasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i Jahongir Ishonkulovlar ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, huquqiy targ'ibotni amalga oshirishning samarali usullari haqida gapirdilar.

25
Targ`ibot tadbiri o`tkazildi

Joriy yilning 21-yanvar kuni G`allaorol tuman adliya bo‘limi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan tumandagi tuman xalq ta`limi bo`limida targ`ibot tadbiri amalga oshirildi.

Tadbir davomida Adliya varizligi va uning hududiy organlarining vazifa va funkiyalarini tanishtirish bilan birga sohaga oid qonun hujjatlar haqida tushuntirish berildi.

24
Qonun hujjatlarini targ'ib qilishda matbuot yaqin hamkorimiz

"G'allorol ovozi" gazetasining 19-yanvar sonida "Adliya xabar qiladi" sarlavhasi ostida tuman adliya bo'limi boshlig'i F.Mirzaev va bo'lim bosh maslahatchisi F.Subonovlarning qonunchilikdagi yangiliklar aks ettirilgan maqolasi e'lon qilindi.                                                                                                                                                                                                    

21
Huquqiy bilim muvaffaqiyat kaliti

Zomin tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi bir nechta davlat tashkilotlarida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.Xodimlar tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya, bank va moliya sohalari bo'yicha ko'shimcha savollarga ham huquqiy tushuntirish berib o'tildi.

20
Mas'ullar mas'uliyati oshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini muddatida va sifatli ijrosini ta'minlash “Yangi O'zbekiston”da olib borilayotgan islohotlarning eng muhim asosi hisoblanadi.
Jizzax viloyat hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Zoom platformasi orqali «Hududda «Ijro.gov.uz» tizimida Prezident topshiriqlari ijrosini uyushqoqlik bilan ta'minlash» mavzusida tashkiliy va amaliy vebinar tashkil etildi.Vebinarda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari, muassasalaridagi ijro intizomi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo`lgan xodimlar tinglovchi sifatida qatnashdilar.Vebinarda mazkur yo'nalish bo'yicha bevosita faoliyat olib borayotgan mas'ul xodimlar tomonidan elektron tizimda ishlash tartiblari batafsil tushuntirib o'tildi.
Adliya vazirligining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bo`lim boshlig`i Raxmetov Alibek Raxmatullayevich tomonidan viloyatimizda ijro intizomini tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga tahliliy baho berildi. Ishtirokchilar tomonidan yo'llangan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

19
Maqsadimiz huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

Zarbdor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi bir nechta davlat tashkilotlarida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.Xodimlar tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya, bank va moliya sohalari bo'yicha ko'shimcha savollarga ham huquqiy tushuntirish berib o'tildi.Davlat tashkilotlarida mehnat qilib kelayotgan xodimlarning huquqiy bilimi va savodxonligi oshsa yuristlar uchun ular bilan birga ishlash, muammolarni hal etish va faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish ham bir muncha oson kechadi.


18
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

G‘allaorol tumani yuridik xizmat markazi xodimi I.Haydarov tomonidan tumandagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2022 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son Qarorining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishi, bunda reyting baholash 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshirilishi, reyting baholash tizimi 2022 yil 1 fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilishi batafsil tushuntirib berildi.