Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

28
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam aksiyasi Jizzaxda

Sharof Rashidov tumanida aholini ommaviy sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida " Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.Marafonda tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari ham marafon doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarini uddaburonlik bilan bajarishdi.Marafon davomida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov "Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni koʻtaradi, tushkunlikni yengishga yordam beradi. Shuningdek, yurish jarayoni kreativ gʻoyalar tugʻilishiga ham turtki boʻladi", - dedi.Yurtimizda tashkil qilinayotgan mana shunday sog’lom turmush tarzi qoidalarini targ‘ib qiluvchi tadbirlar insonlar sog’ligini, immun tizimini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

27
Hokim yordamchilari uchun o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmoqda

Jizzax viloyati bo'ylab mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha hokim yordamchilari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlari uchun yangi joriy etilgan tizimning tub mohiyati hamda samarali faoliyatni tashkil etish bo'yicha o'quv seminarlari tashkil etilmoqda. Unda adliya bo'limlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari faol ishtirok etmoqda.Jizzax shahrida bo'lib o'tgan o'quv mashg'ulotlari jarayonida shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i F.Ataboev xududdagi 34 ta mahallalarda ish olib boruvchi mas'ullar bilan uchrashib, bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish avvalo qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo'lish, sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishga bog'liq ekanligini ta'kidlab o'tdi. O'quv mashg'ulotlari bir qator hamkor tashkilotlar bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, maqsad - yangi tizimni aholi orasiga yanada yaqinroq kirib borishini ta'minlash, tadbirkorlarga ham huquqiy ham amaliy yordam berishdan iboratdir.O'quv mashg'ulotlari davomida "Mahallalarda tadbirkorlar va aholi o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish" mavzusi keng o'rganilmoqda. Ko'rgazmali qurollar, slayd va videoroliklar orqali bilimlar mustahkamlanmoqda. O'quv mashg'ulotlari so'ngida ishtirokchilar test sinovlari orqali imtihon qilinadi.Mana shundan seminarlar davomida oshirilgan nazariy bilimlar, amaliyotda o'z natijasini albatta namoyon etadi. Jizzax viloyati bo'ylab mana shunday o'quv mashg'ulotlari reja-grafik asosida har bir tumanda tashkil etilmoqda.

24
Prokuratura organlari xodimlari uchun audio muloqot tashkil etildi

Jizzax viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tizim xodimlari uchun audio muloqot shaklida suhbat tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i A.Shermatov ishtirok etdi. Savol-javob shaklida tashkil etilgan suhbat jarayonida mazkur tizimning asosiy vazifa va funksiyalari, davlat tashkilotlarining xujjatilarini huquqiy ekpertizadan o'tkazishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan asosiy jihatlarga to'xtalib o'tildi.
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining prokuratura idoralari bilan samarali hamkorligi natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari tumanlar kesimida tahlil qilindi. Muloqot davomida mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan turli masalalar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

23
Tezkor, qulay va samarali targʻibot

Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturining bugungi-23 dekabr, soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 dagi sonlarida yuguruvchi titrlar orqali 2021 yil 21 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"ga Qarorining mazmun-mohiyati yoritildi.  
Yangi yil munosabati bilan davlatimiz rahbarining kam ta'minlangan oilalarga ko'rsatayotgan bunday g'amxo'rligi ortida ularning bayramni to'kin dasturxon atrofida, tinchlik-totuvlikda kutib olishlarini ta'minlashdek oliyjanob maqsad mujassam desak xato bo'lmaydi. Mazkur qarorning mohiyatini Jizzax ahliga yetkazish borasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan shu va boshqa targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

23
HUQUQIY DARSXONA

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi
o‘rtasida imzolangan
Memorandumga ko‘ra,  
FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "HUQUQIY DARSXONA" radio loyihasiga start berildi. Ushbu loyiha doirasida faol bo‘lgan ishtirokchilar har oyning birinchi seshanba kuni - radio o‘yin davomida viloyat adliya boshqarmasi jamoasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Radio loyihaning navbatdagi mehmoni Do‘stlik tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Shohzod Sherqulov.

22
"Inson va qonun" gazetasining navbatdagi soni

"Inson va qonun" gazetasining navbatdagi sonida:

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov: " Inson va qonunga shaxsan o‘zim obuna bo‘ldim. Har bir adliya xodimining uyiga kirib borishi lozim bo‘lgan gazeta bu! Yangi yilda ham hamkorlik davom etadi. Kuch-quvvat tilayman!

21
FM intervyu

20 dekabr kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra,  2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:

imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

➖ aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

➖ chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

➖ bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

➖ “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 18 oygacha ajratiladi.

Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax radiosining "Intervyu" eshittirishida Paxtakor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Zokir Isaqulov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

20
"TV-Sharh"

22 noyabr kuni Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi.

Ushbu Nizomning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "TV-Sharh" ko‘rsatuvida davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbatda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktori Abror Idiboyev hamda Zafarobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Bunyod Ikromov.

Ko‘rsatuv 26 dekabr, soat 19.30 da efirga uzatiladi.

17
"Madhiyamni kuylayman" tanlovining g'olibi aniqlandi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan e'lon qilingan "Madhiyamni kuylayman" tanlovining g'olibi aniqlandi. Yurtdoshlarimizning iltimoslariga asosan tanlov muddati uzaytirilgan edi. Shu vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoq orqali yuzdan oshiq ishtirokchilar tanlovda o'z iqtidorini namoyon etdi. Viloyat madaniyat boshqarmasi xodimi va boshqarma xodimlaridan tashkil topgan komissiya a'zolari ijrolar ichidan eng yaxshisi deb Jizzax shahridagi 7-umumta'lim maktabining 2-sinf o'quvchisi Saida Anvarovani e'tirof etishdi. G'olibga adliya boshqarmasi tomonidan planshet sovg'asi taqdim etildi. Rag'bat va etibor har qandan insonni ruhlantiradi, yangi zafarlar sari chorlaydi. Vatan madhiyasini sevib ijro etgan mana shunday yoshlarga kelajakda jaxon maydonlarida ham madhiyamizni baralla yangratish nasib etsin!

16
Yuridik xizmat ko'rsatish sifati tajriba almashish asnosida oshib boradi

Jizzax viloyatidagi tuman, shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari o'zlari xizmat ko'rsatadigan davlat tashkilotlarida sifatli yuridik xizmatni ta'minlashi ko'p jihatdan tajriba almashish, bilimlarni mustahkamlash, yangiliklardan o'z vaqtida xabardor bo'lish bilan bog'liq. Shu maqsadda tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda o'quv seminarlari tashkil etilmoqda. Bu galgi o'quv seminariga Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali bosh mutaxasisi Orifxo'ja Meliyev taklif etildi. Yuridik markazlar tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan 12 ta tashkilotda aynan qaysi lavozimdagi xodimlarni tanlov asosida ishga olish tartiblari, bu borada yaratilgan elektron baza faoliyati, tashlovni o'tkazish tartiblari hususida atroflicha tushuncha berildi. Savol javoblar jarayonida esa bu boradagi bilimlar yana bir marotaba mustahkamlandi, bilmagan ma'lumotlarga ega bo'lindi.