Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
MATBUOT ANJUMANI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida “Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlarining faoliyati, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” hamda “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida sohada erishilgan natijalar, yil davomida davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlar, yoʻnalishlar toʻgʻrisida ham aytib oʻtildi. OAV hamda ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalangan holda mazkur aksiya haqida aholi xabardorligini oshirish yuzasidan jurnalist va blogerlar bilan kelshib olindi.

12
Huququy targ'ibot

Notarial palataning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyat Iqtisodiy sudi, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda   notariuslar ishtirokida “Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda mediatsiya institutini qoʻllash va ushbu institutni qoʻllashda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

09
Ziyo_ulash

Buyuk mutafakkir, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan #ziyo_ulash chellenjiga start berildi. Mazkur shior ostida respublika boʻyicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga amalga oshirildi.

Jizzax viloyatining olis Baxmal tumanidagi “Fayzobod” mahallasi yoshlari uchun bu tashabbus haqiqiy bayram tusini oldi. Kutubxonaning ochilish marosimida soʻz olganlar mamlakatimizda yoshlar va oilalar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini joriy qilish orqali ularda milliy gʻurur, iftixor Vatanga boʻlgan muhabbat va daxldorlikni yanada shakllantirishda mana shunday loyihalarning oʻrni beqiyos ekanligini eʼtirof etdi.

Dunyodagi eng yaxshi sovgʻa bu kitob albatta. Uni kimgadir hadya etish orqali esa yanada baxtiyorlikni xis etish mumkin.

08
Zomin tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda biriktirilgan hududiy trenerlar bilan hamkorlikda tumanda “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari davom etmoqda.

07
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda

Aksiya doirasida Jizzax shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Shodlik" MFYdagi zarur hujjatlarga ega bo'lmagan fuqarolarni xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmaqda. Shu bilan bir qatorda, aholiga aksiyadan ko'zlangan asosiy maqsad to'g'risida ma'lumotlar ham berildi.

O'rganishlar natijasida fuqaro Sh.Tojiboyevning onasi T.Xasanova 1991-yil 28-fevral kuni vafot etgan, biroq shu kunga qadar uning  o'limi FXDY organida qayd etilmaganligi aniqlandi. Shunga ko'ra,  Jizzax shahar FHDY bo’limi tomonidan "O'lim haqidagi guvohnomasi" rasmiylashtirilib, guvohnoma uning o'g'li fuqaro Sh.Tojiboyevga topshirildi.

06
Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Unda Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev o‘quvchi yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, Adliya tizimidagi yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, Jizzax shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Asatullayev, Adliya boshqarmasining  Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi I.Ablaqulovalar o ‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvdan yoshlar o‘zlari uchun kerakli tavsiyalar olishdi. Viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy sohaga doir kitoblar jamlanmasi ijod maktabi uchun taqdim etildi.

05
Zarbdor tumanida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bug‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekistan mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati hamda amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda biriktirilgan hududiy trenerlar bilan hamkorlikda  Zarbdor tumanida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tumandagi 24 mahalalardagi “mahalla yettiligi” 11 ta mavzular bo‘yicha o‘quv-seminari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

02
Huquqiy axborot kuni!

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig'i N.Fayziyeva  hamda Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari A.Mamatov tomonidan  Jizzax viloyat yuridik texnikumida  “Huquqiy axborot kuni” doirasida amalga oshirilayotgan
islohotlar va qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini
yoshlarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarning  huquqiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda Jinoyat kodeksining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etish bilan bog’liq jinoyatlarga oid moddalari bo’yicha tushunchalar berildi.
Tadbir so'ngida, tadbir ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.

01
OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Arnasoy tuman adliya bo'limida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Unda tumandagi umumta'lim maktablari o'quvchilari yahlit adliya uyi negizida birlashgan Arnasoy tuman adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda FHDY bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bevosita jonli jarayonlarni kuzatish asnosida o'quvchilar xizmat ko'rsatishda aholiga yaratilgan qulaylik hamda raqamlashgan ish uslubining afzalliklariga ham guvoh bo'lishdi.

Ushbu ochiq eshiklar kuni davomida adliya sohasiga qiziqqan o'quvchilar bu erda faoliyat olib borishi uchun qanday bilimlarga ega bo'lish lozimligi haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.

31
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi davom etmoqda

Viloyatimizning  barcha hududlarida aksiya doirasidagi huquqiy tushintirish va xatlov ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

✅Xususan, Jizzax shahridagi "Sayhon" , Zomin tumanidagi "Mustaqillik" va "Qo'shtol" , Sh.Rashidov tumanidagi "Sharilloq" mahallarida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning murojaatlari o'rganilib, xatlov ishlari o'tkazildai.

♻️Aksiya boshlangandan buyon, ya'ni 26-yanvar kuniga qadar 10 dan ortiq tugʻilganlik, 5 ta oʻlim haqidagi guvoxnomalar berildi.  15 ta davlat roʻyhatidan oʻtmagan ko'chmas mulk obyektlari davlat roʻyhatidan oʻtkazildi. 11 ta tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtkazildi. 147 ta sayyor tartibda xizmatlar koʻrsatildi. 100 dan ortiq elektron kalitlar olib berildi.