Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

26
Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiladigan tuman tashkilotlariga "e-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish yuzasidan amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda

Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilangan tashkilotlarning markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi xujjatlar qabul kilinishiga yo'l qo'yilmasligi, xujjatlar qabul qilingan paytdan e'tiboran xech qanday yuridik kuchga ega emasligi to'g'risida tushunchalar berildi.

Tumandagi davlat organlari va tashkilotlari tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridan so'rashlari mumkin bo'lgan masalalar bo'yicha tarqatma materiallari tarqatildi.

25
Monitoringlar qonun buzilish holatlarini ro'y-rost ochib bermoqda

Joriy yilning sentyabrь oyi davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan NNTlar tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarining fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan ajratilgan pul mablag'lari va mol-mulklarni olinishida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 858-sonli qaror talablariga rioya etilishi ahvoli monitoring tartibida o'rganildi.

Monitoring davomida, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 3 ta nodavlat notijorat tashkilotiga taqdimnoma kiritilishi, shuningdek 37 ming AQSh dollari mablag'ini olishda kelishilmaganlik holati yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma rasmiylashtirilib javobgarlikka tortilishi ta'minlandi.

Moxinur Raximova 

NNT bo'limi

22
Yuridik markazlar xodimlari saylovoldi targ'ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda

Jizzax viloyat Sh.Rashidov tuman Moliya bo'limi, Veterinariya bo'limi va Obodanlashtirish bosharmalarining mas'ul xodimlariga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Sh.Rashidov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i va xodimlari tomonidan Saylov qonunchiligi bo'yicha hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining mazmun mohiyatini, ijrosinini ta'minlash hamda "E-huquqshunos" elektron dasturini ishga tushurish va shu orqali hujjatlar almashuvini yo'lga qo'yish yuzasidan o'quv amaliy seminar o'tkazildi.

Seminar yakunida Moliya bo'limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi va Obodanlashtirish boshqarmalarining xodimlari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lib, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Sh.Rashidov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi.

21
Saylovoldi targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Saylovlar demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi, xalq xohish-irodasining erkin ifodalanishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etishining asosiy ko'rinishlaridan biridir. Shu bois ham bo'lajak saylovni har jihatdan puxta va yuqori saviyada o'tishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, joylarda viloyat adliya boshqarmasi, shahar va tuman bo'limlari xodimlari tomonidan saylovoldi targ'ibot tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Jizzax viloyat yuridik texnikumida tashkil etilgan 33- saylov uchastkasi bo'ldi. Ushbu 33-saylov uchastkasida saylovga tayyorgarlik ishlari qat'iy va belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Saylovlar demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi, xalq xohish-irodasining erkin ifodalanishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etishining asosiy ko'rinishlaridan biridir. Shu bois ham bo'lajak saylovni har jihatdan puxta va yuqori saviyada o'tishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, joylarda viloyat adliya boshqarmasi, shahar va tuman bo'limlari xodimlari tomonidan saylovoldi targ'ibot tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Jizzax viloyat yuridik texnikumida tashkil etilgan 33- saylov uchastkasi bo'ldi. Ushbu 33-saylov uchastkasida saylovga tayyorgarlik ishlari qat'iy va belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

– Saylov uchastkamizda 1738 ta saylovchi ro'yxatga olingan, – deydi 33 - uchastka saylov komissiyasi raisi Suyarbek Saydiev. – Ulardan 47 nafari saylovlardan ilk bor qatnashadigan, birinchi bor ovoz beradigan yoshlardir. Aholi, ayniqsa, yoshlar saylov qonunchiligiga oid tartiblar, ovoz berish qoidalari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlar to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishtirilmoqda, umuman, zarur targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ma'lumki, saylov qonunchiligimizda xizmat safariga borish yoki boshqa sabablarga ko'ra, saylov kuni saylov uchastkasiga kelolmaydigan saylovchilarning oldindan ovoz berishi mumkinligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, uchastkamizda saylov kuni kelolmaydigan saylovchilarning oldindan kelib, tegishli tartibda ovoz berishlari uchun ham zarur choralar ko'rildi.

Viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib, saylovda faol ishtirok etishni taklif etdilar.

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

20
Yuridik markazlar xodimlari saylovoldi targ'ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda

Zarbdor tuman davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i A.Eshbekov tomonidan tuman Xalq ta'limi bo'limi, Tibbiyot birlashmasi, Madaniyat bo'limi xodimlari ishtirokida Saylov kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Targ'ibot tadbirida saylov qonunchiligi bilan bog'liq savollarga tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari Zarbdor tumani Yuridik Xizmat Ko'rsatish Markazi tashkil etilganligi, qanday funktsional vazifalarni o'z oldiga qo'ygani haqida, kimlar Markaz xizmatlaridan foydalanishi mumkunligi to'g'risida to'xtalib o'tildi. Ishtirokchilar o'zlari qiziqtirgan savollariga to'liq javob olishdi.

Adliya boshqarmasi

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

19
"Qadring baland bo'lsin, ona tilim!"

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarlarida sof o'zbek tilida nutq so'zladilar. Bir yuz to'qson uch davlat vakillari va dunyo televideniesida o'zbek tili yangradi. 

Muhabbat, sadoqat koshonasida,

Humo qush parvozi peshonasida,

Uchinchi renessans ostonasida

BMTda yangragan Navoiy tili!

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim…

Darhaqiqat, tarixdan so'z ochsalar, mag'rurlanadigan shonli tarixga egamiz. Jizzax yuridik texnikumi direktori Abror Idiboev tilimizning qadim tarixi, tilimizga bo'lgan e'tibor xususida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" nomli tadbir avvalida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir texnikum binosining faollar zalida, talaba yoshlar ishtirokida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Jahongir Ishonqulov "O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi Qonun mazmun-mohiyati, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlari, O'zbekistonning davlat tili, O'zbekistonda boshqa tillarning maqomi, til bo'yicha kamsitishga yo'l qo'yilmaslik, davlat tilini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari haqida talaba yoshlarga tushunchalar va ma'lumotlar berdi.

Shundan so'ng, tadbirda texnikum talaba yoshlari ona tilimizning jozibadorligini tarannum etuvchi eng sara she'rlar, g'azallardan namunalar o'qidi hamda ular asosida yaralgan mumtoz kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

Abdulla Qodiriy o'zbek adabiy tilining buyuk siymosi. Adibning badiiy so'zida betakror joziba mujassam bo'lgani bois “O'tkan kunlar”ni necha bor o'qisa ham, odam to'ymaydi, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. Roman o'quvchini zeriktirmaydi. Tadbir so'nggida talabalar asardan parchani mahorat bilan ijro qilib berishdi.

Tadbir ko'tarinki kayfiyat bilan yakunlandi. 

Huquqiy targ'ibot ma'rifat bo'limi

18
O'z huquqingizni bilasizmi?

Savol: Turmush o'rtog'imga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2 qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov xarakatlari olib borilmokda. U jabrlanuvchi bilan yarashib, jabrlanuvchi da'vosidan voz kechsa jazo engillatilishi mumkinmi?

Javob: Bunday vaziyatda jinoyat sodir etgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Sizning turmush o'rtog'ingizga nisbatan esa 168-moddasi ikkinchi qismi a bandi bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Shuning uchun turmush o'rtog'ingiz javobgarlikdan ozod etilmasligi mumkin. 

JK 168-moddasi beshinchi qismiga asosan etkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi. 

JK 55-moddasiga muvofiq quyidagi holatlar jazoni engillashtiruvchi holatlar deb topiladi:

a) aybni bo'yniga olish to'g'risida arz qilish, chin ko'ngildan pushaymon bo'lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;

b) etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;

v) og'ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish. 

Agar turmush o'rtog'ingiz qilmishini tan olsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lsa va zararni to'liq qoplasa, sud jazoni engillashtirishi mumkin.Shunday ekan turmush o'rtog'ingiz zararni to'liq qoplasa, unda unga yuqoridagi jazo choralari qo'llanilmaydi.

Rahimberdi Yunusov

Jizzax shahar Madad NNT bosh mutaxassisi

15
Til — millatning ma’naviy boyligi

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash hukumatimiz oldida turgan bosh maqsadlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barchamizga ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunda 21 oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni haqidagi norma o‘z ifodasini topgan. Qayd etish kerak, huquqiy sohada hamda milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq aks ettirish va «Davlat tili haqida"gi Qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida ushbu Qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Shu ma’noda, 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida Til soati doirasida “Til - jamiyat tayanchi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Jizzax pedagogika instituti pedagoglari hamda yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanilishi, ish yuritish tili, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda davlat tilining qo‘llanilishi, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning loyihalarida foydalaniladigan til, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Tadbir davomida Jizzax yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘z ijodlaridan namunalar - she’rlar, hikoyalarini ishtirokchilarga havola etishdi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

15
Markazlar-davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan yana bir qadam

1-oktyabrdan boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida hududiy adliya boshqarmalari huzurida ish olib boradigan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat boshladi. Ushbu Markazlar o‘z faoliyatini “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshiradi. Shuni inobatga olgan holda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov joylarda tizimdan foydalanish hamda Markazlar ishini samarali tashkil qilish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazmoqda.

Zafarobod tumanida tashkil etilgan ana shunday seminarda, avvalo, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun qanday ofis sharoiti yaratilgani, kompyuter texnikalari, moddiy-texnik bazasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

So‘ngra, tuman hokimligi binosida tegishli mutaxassislarga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi amaliy seminarlar viloyatning barcha tumanlarida ham o‘tkazilmoqda.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

14
Yoshlarning siyosiy bilimlari yuksalmoqda

Har bir mamlakatda demokratik jarayonlar darajasi avvalo, saylovlar qanchalik ochiq, oshkora, adolatli o‘tishi va albatta, fuqarolar ayniqsa, yoshlar faolligi bilan belgilanadi. Bu tamoyillar esa saylovchilarning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatiga bog‘liq. Saylovda ilk bor ovoz beradigan yoshlar saylov qonunchiligidan xabardormi? Ular saylov nima ekani, o‘z ovozlari mamlakat taraqqiyotida qanday ahamiyatga egaligini qanchalik tushunib yetmoqda? Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan  Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” targ‘ibot tadbirining bosh g‘oyasi yuqoridagi savollarga javob bo‘ldi.

Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Jizzax shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ermatov  Yangi O‘zbekistonning zamonaviy saylov tizimi yaratilishi ko‘p yillik evolyutsion jarayon va har tomonlama ­siyosiy muloqot mahsuli ekanligini, saylov qonunchiligiga saylov jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab o‘zgartishlar hamda qonunchilik hujjatlarini yosh saylovchilarga tushuntirib  berdi.

Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga qonunchilik hujjatlari asosida javoblar berildi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi