Yangiliklar
Bugun, tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, oʻquvchi-yoshlar va keng jamoatchilik jam boʻlib, Motamsaro ona monumenti poyiga gullar qoʻyishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Musa Anarbayev barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz faxrimiz ekanligini taʼkidladi.
Bayram tadbirida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzax viloyat yuridik texnikumining koʻngilli oʻquvchilari front ortida mehnat qilgan Jizzax shahar Uchariq mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Nosirov Oʻktam bobo xonadonida boʻlishdi.
Ikkinchi jahon urushida qahramonlik koʻrsatgan faxriylarimizning yurtimiz tinchligi uchun chekkan zaxmati, hayot qiyinchiliklarini sabot bilan yengishi yoshlarimiz uchun haqiqiy jasorat va fidoyilik naʼmunasidir.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi Hasanov Orif Qoʻchqarovich 2021-yil aprel oyining eng yaxshi xodimi deb eʼlon qilindi.
O.Hasanov adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2006-yilda boshladi va bugungi kunga qadar tizimdagi turli lavozimlarda mehnat qilib kelmoqda.
O.Hasanov oʻziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishida yuqori natijalarga erishmoqda.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi Hasanov Orif Qoʻchqarovichni tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.
Halq deputatlari Doʻstlik tuman kengashining navbatdagi sessiyasida adliya boʻlimining 2021-yil 1 choragi davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqib boʻlim tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2021-yilning I choragi davomida jami 254 ta, shundan 18 tasi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19 ta Farmon 50 ta qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 123 ta qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning 295 ta buyruqlari va qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 3 ta qarorlari elektron bazasi (banki) xizmatda foydalanish uchun yetkazib berilishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan targʻibotlar soni 1166 tani tashkil etib, ulardan 6 marotaba televideniyaga, 4 marotaba radioga, 4 marotaba gazeta va jurnallarga hamad 1144 marotaba telegram va boshqa elektiron axborot vositalarida qonun hujjattlarining mazmun-mohiyati yoritilgan.
Boʻlimga 2021-yilning I choragi mobaynida jami 191 marotaba fuqarolar tomonidan ogʻzaki va yozma murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 105 tasi qanoatlantirilgan, 86 tasiga huquqiy tushintirish berilgan.
Mazkur murojaatlarning 17 tasi yuzasidan fuqarolik sudiga daʼvo arizalari kiritilgan.
Yuqoridagi murojaatlarning 61 tasi sayyor qabullar oʻtkazish orqali qabul qilingan hamda ish yuritukvga olingan.
Inson huquqlari, yuridik xizmat faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyoti, qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan jami 28 ta oʻrganishlar va monitoringlar oʻtkazilgan, ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 773 ta qonun hujjatlari buzilishi aniqlanib, 28 ta taqdimnoma, 146 ta ogohnoma, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha, 11 ta bayonnoma va takliflar kiritilgan. Ushbu kiritilgan taʼsir choralariga binoan 11 ta masʼul xodim va raxbarlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida tumandagi 12 ta MFYlarida uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy maslahat berish maqsadida aholini muammoli masalalari yuzasidan uyma-uy kirib suhbatlar oʻtkazildi.
Markaziy harbiy okrug Jizzax garnizoni qoʻshinlarida yangi oʻquv yili boshlandi. Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Nuriddin Qadirov oʻtgan oʻquv mavsumida erishilgan yutuqlarni eʼtirof etib, qoʻshinlarni yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi va yangi 2021-2022 oʻquv yili boshlanishi bilan barchani muborakbod etdi. Har bir harbiy boʻlinma boshqa boʻlinma bilan raqobatbardosh, sogʻlom muhitda musobaqalashishi kerakligini taʼkidladi.
Shu bilan birga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov mazkur tantanali marosimda ishtirok etib milliy armiyamizning nufuzi va jangovor salohiyatini takomillashtirishda qonunchilik sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, yangiliklar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar haqida soʻz yuritdi. Oʻz haq-huquqini teran anglagan harbiylargina zimmasidagi burch va masʼuliyatini sitqidildan bajara olishini takidlab oʻtdi.
Mana shunday ulugʻ kunda oʻz xizmat burchini taʼmomlab nafaqaga ketayotgan 5 nafar harbiy xizmatchilar xam tantanovar kuzatildi.
Baxmal tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Madaniyat MFY hamda Mustaqillik MFY binosida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.
Joriy yilning 29-aprel kunida Jizzax viloyat yuridik texnikumi talabalari fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudi binosiga “Ekskursiya”ga kelishdi.
Bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni voyaga yetkazish, ularni mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Jizzax viloyat yuridik texnikumida ham talabalarni yetuk kadr sifatida shakllantirish maqsadida oʻquv jarayonida mutaxassislik yoʻnalishlari koʻpaytirilib, nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻzaro uygʻun holda zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilmoqda. Shuningdek soha muttahasisslari tomonidan amaliy darslar tashkil etilib talabalarning nazariy va amaliy bilimlari uygʻunlashtirilmoqda.
Hususan, joriy yilning 29-aprel kunida Jizzax viloyat yuridik texnikumi talabalari fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudi binosiga “Ekskursiya”ga kelishdi. Dastlab, sud raisining koʻrsatmasiga asosan fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining devonxona mudiri Z.Majidov oʻquvchilarga sud-huquq sohasidagi islohotlar, fuqarolik sudlarining vazifalari, sudlarga elektron tartibda murojaat qilish tartibi, fuqarolik sudlarida ishlarni onlayn tarzda koʻrish hamda boshqa masalalar haqida gapirib berdi. Shuningdek, oʻquvchilarga tumanlararo sudining sudya yordamchisi Sh.Mamaraximov sudya yordamchisining sud majlisi va undan tashqari jarayondagi vazifalari toʻgʻrisida ham maʼlumot berib oʻtdi.
Suhbat davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Suhbatdan soʻng oʻquvchilar sud devonxonasi, sud majlisi zallari bilan tanishib, faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlashib chiqishdi. Sudlarda zamonaviy ilgʻir texnologiyalar, videokonferens aloqa rejimida oʻtkazish imkoyatiga ega boʻlgan sud majlislari, “E-XSUD” axborot almashuvi bazasidan foydalanish amalda koʻrsatildi. Oʻquvchilarga ushbu uchrashuv chuqur taassurot qoldirdi.
Fuqarolar huquqlari tiklanmoqda...
Respublikamizda soʻnggi yillarda ishsizlikka barham berish, ishsiz fuqarolarni bandligini taminlash, ularning sonini kamaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nechogʻlik samara berayotganligi birgina fuqarolar tomonidan berilgan arizalar natijasi misolida koʻrishimiz mumkin. Xususan, joriy yilnig 2-mart kuni fuqaro Z.Qarshiyev bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinmaganligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga shikoyat qilinishiga sabab boʻldi. Murojaat yuzasidan, “Inson xuquqlarini himoya qilish” boʻlimi tomonidan shikoyatda keltirilgan vajlar tegishli tartibda oʻrganib chiqildi. Oʻrganish jarayonida fuqaro haqiqatdan ham Jizzax viloyat musiqali drama teatri ish beruvchisi tomonidan boʻshatilganligi malum boʻldi. Aniqlanishicha, viloyat musiqali drama teatri kasaba uyushmasining 2021-yil 21-yanvar kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida Z.Qarshiyev bilan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi koʻrib chiqilib, xodimning malakasi yetarli emasligi toʻgʻrisida xulosa qilingan.Vaxolanki, bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 100-moddasi 2 qismida koʻrsatilgan tartibda hamda 102-modda 2-qismiga koʻra xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligida ish beruvchi tomonidan 2 hafta oldin ogohlantirilishi yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuviga binoan ushbu modda birinchi qismining 1 va 2 bandalrida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi lozimligi qayd qilingan. Holat boʻyicha, xodimga nisbatan ishdan boʻshashi haqida ogohlantirish berilmaganligi, shuningdek, xodim tomonidan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozilmaganligi qolaversa, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi pochta orqali yuborilganligi malum boʻldi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oʻtgan oyning 27-mart kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatri nomiga qonun xujjatlari buzilishi, ularning sabablari va unga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilishiga olib keldi. Ushbu taqdimnoma viloyat musiqali drama teatrining 2021-yil 1-aprel kungi umumiy yigʻilishida muhokama qilinib, teatr direktorining fuqaro Z.Qarshiyevni ishdan ozod etish boʻyicha 2021-yil 28-yanvardagi 14k-sonli buyrugʻi bekor qilinib, Z.Qarshiyev lavozimiga tiklanganligi va qonun buzilish holatlariga yul qoʻygan aybdor shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi taminlandi. Hulosa oʻrnida aytish mumkinki, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash, himoya qilish ularning qonuniy manfaatlarini taminlash vakolatiga ega boʻlgan har bir davlat organi tomonidan qattiy nazorat qilib borilishi shart.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Zomin tumani Paxtakor MFY va Baxt MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish boʻyicha 2021-yil 1-yarim yillik uchun tasdiqlangan rejasiga asosan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Zomin tumani Paxtakor MFY va Baxt MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.
Qabul vaqtida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi xodimi, tuman Gaz taʼminoti xodimi, Xalq banki xodimi, tuman Paxtakor va Baxt MFY raislari va boshqa tashkilot xodimlarining ishtiroki taʼminlanib, murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalariga toʻliq javob qaytarish uchun sharoit yaratildi va muammolarni hal qilib berish choralari koʻrildi.
Murojaat qilgan fuqarolarning 3 nafariga joyida tushuntirish berilib, 13 nafari ijro uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, sayyor qabul vaqtida fuqarolarga bepul yuridik va davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda murojaat qilish tartibi, jumladan ishonch telefonlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish usullari toʻgʻrisida va ularni qiziqtirgan boshqa savollari yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berildi.
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–6208, 20.04.2021-y.)