Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

24
Jizzaxda Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi

Hayʼat majlisi videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan 81 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.

1374 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

129 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Xususan, mazkur yilda 2020-yil 1-yarim yilligiga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish 45 % ga koʻpaydi.

Kelib tushgan jami 60,1 mingta  murojaatlarning 49,1 mingtasi yaʼni 82 foizi qonuniy hal etildi.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 11,6 mingta taqdimnoma kiritildi, 4,8 ming nafar shaxslar maʼmuriy, 7,5 ming nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 352 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 125,8 mlrd. soʻmlik 7,8 mingta daʼvolar (arizalar) kiritilib, 120 mlrd. soʻmlik 6,5 mingta daʼvolar (arizalar) qanoatlantirildi.

Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 195 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tomonidan 5,4 mln. dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Majlis davomida bugungi kunda adliya organlari faoliyatidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sohaga doir bildirgan fikrlari va koʻrsatmalarini  bajarishga oid ishlar muhokama etildi.

Shu oʻrinda aytish joizki, 2021-yildagi Davlat dasturining 15-bandiga asosan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi 2021-yil 22-iyunda 390-son bilan qabul qilingan.  Yigilishda “E-qaror” elektron tizimining ishga tushirilishi  qogʻoz sarfining oldini oladi hamda hokim qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqishda inson omilining kamayishiga va korrupsiyani oldini olishga yordam beradi, fuqarolarimiz tomonidan hokimliklar qabul qilingan hujjatlari bilan Internet tarmogʻida tanishish imkoniyati yaratilishi aloxida takidlandi.

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalariga taalluqli bulgan 

“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi

xamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonlari va tegishli Qarori mazmun-moxiyati xakida onlayn ishtirokchilarga kiskacha tushunchalar berib utildi.

Shuningdek, asosiy eʼtibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi. Soha xodimlariga kerakli tavsiyalar berildi va kelgusi rejadagi ishlar belgilab olindi.


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi

23
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida» gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahririda diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tizimi soddalashtirilmoqda, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinib, diniy taʼlim muassasasidan tashqarida diniy taʼlim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Bundan tashqari, diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasini olgach tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi joriy qilinmoqda. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi majlislar zalida tashkil etilgan seminarda viloyat adliya boshqarmasining masul xodimlari mavzu yuzasidan ishtirokchilarga batafsil malumot berdi.

Seminarda qonun bir nechta muhim yangiliklar va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishni oʻz ichiga olgan: Diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xizmatlar toʻliq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni koʻrib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, yaʼni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Bu bilan ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilishi alohida taʼkidlandi.

Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, Oʻzbekiston — koʻp millat va elatli mamlakat. Ularning oʻzaro tinch, totuv va hamkor faoliyat koʻrsatishi Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligini taʼminlashga xizmat qiladi. Seminarda fuqarolarning huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda tinch-totuvlikni taʼminlashga, fuqarolarning munosib hayot kechirishiga shart-sharoit yaratishga davlatning kafil ekanligi masullar tomonidan alohida qayd etildi.

Mazkur qonun diniy bagʻrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshadi. Din ishlari qoʻmitasi tuman, shahar targʻibot rahbarlari ishtirok etgan seminar qizgʻin savol va javoblar tarzida davom etdi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi 
targʻibot boʻlimi

19
Jizzax viloyatidagi xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius litsenziyalarining to’xtatilganligi haqida

Jizzax viloyatidagi xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius litsenziyalarining to’xtatilganligi haqida

X A B A R

O’zbekiston Respublikasi “Notariat to’grisida”gi Qonunining
15 2-moddasiga asosan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining 2021 yil
19 iyuldagi 99-um-son buyrug’iga asosan:

G’allaorol tumanidagi xususiy amaliyot bilan shu’g’ullanuvchi notarius Abdiev Baxtiyor O’ktamovichнинг (litsenziya GZ № 0025 y 09.12.2020 y.) litsenziyasi 2021 yil 19 iyuldan 3 oy muddatga to’xtatildi.

16
“Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”

Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida ikki mintaqa mamlakatlari oʻrtasida tinchlik va doʻstlik, ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

15
Adliya vaziri R. Davletov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo ishlari va Hamdoʻstlik masalalari boʻyicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi

2021-yil 15-iyul kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo ishlari va Hamdoʻstlik masalalari boʻyicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi.




Mazkur uchrashuv Lord Tarik Ahmadning joriy yil 15-16-iyul kunlari boʻlib oʻtayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga tashrifi davomida tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri R. Davletov Lord Tarik Ahmad delegatsiyasini Adliya vazirligi faoliyati, huquq va adliya sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Oʻzbekistonda huquq va adliya sohalarining rivojlanishida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining tutgan oʻrni va istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Lord Tarik Ahmad Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng koʻlamli va yuqori ahamiyatli ekanligini taʼkidlab, Adliya vazirligining kelgusi faoliyatida omad tiladi.

Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik 

bilan aloqalar boʻlimi


13
Har bir murojaat adliya eʼtiborida

Davlat organlari va xalq oʻrtasida samarali aloqani oʻrnatish murojaatlar yechimida oʻz ifodasini topmoqda. Doʻstlik tumani adliya boʻlimi tomonidan har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, aksariyat muammolar ijobiy hal etilmoqda. Bundan tashqari fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida targʻibot tadbirlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.

12
“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “Adliya brifingi” rukini ostida maqolasi chop etildi.

“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “Adliya brifingi” rukini ostida maqolasi chop etildi.

09
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar qamrovi Adliya nigohida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-sonli “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmonida davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida koʻrsatib oʻtilgan.

Shunga koʻra, Forish tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi hamda 2 ta MFYlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 237-son qarorining ijrosini tashkil etish yuzasidan faoliyatiga uslubiy rahbarlik amalga oshirildi.

Jumladan, “Mahallabay” va “Xonadonbay” ishlash uslubida Sayyod hamda Osmonsoy MFYlarida uyma uy yurilib, jami 4 nafar yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxslar aniqlanib, ularga yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Natijada 3 nafar fuqarolarning oʻz roziligi bilan ularni ijtimoiy xizmatga olish yuzasidan arizalari olinishi taʼminlandi.

Ushbu fuqarolarning arizalari yuzasidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimiga hamda MFY raislariga Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilishi yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi


08
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlandi.

Yurtimizda kasallik avj olmoqda. Undan himoyalanishda vaksinaning samarasi va ahamiyatini yurtdoshlarimiz kundan-kunga tushunib bormoqda.
Koronavirusga qarshi vaksina olish ayni paytda faqatgina shaxsiy emas, endilikda bu jamoaviy masala hamdir. Sizning salomatligingiz faqatgina oʻzingiz uchun emas, balki atrofingizdagi boshqa insonlar, oila aʼzolaringiz, hamkasblaringiz, yon-atrofdagi boshqa odamlar uchun ham muhim.



“Men vaksina oldim” aksiya qamrovi tobora kengayib bormoqda.   Aksiya doirasi Jizzax viloyatini ham oʻz ichiga oldi. Bugun viloyat Adliya boshqarmasi jamoasi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.

Virusga qarshi emlandingiz! 
Demak, ayni damda siz vaksina masalasida nafaqat huquqli insonga, balki boshqalarga xavf tugʻdirmaslik uchun ular oldida burchli, masʼuliyatli va majburiyatli insonga ham aylandingiz!
Karantin qoidalariga amal qiling va emlaning!
Oʻshandagina pandemiyani birgalikda yenga olamiz!


Viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi