Yangiliklar
Adliya vazirligi va uning tizimidagi organlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy koʻmak koʻrsatish, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Mirzachoʻl tumani Ipak yoʻli QFY, A.Temur koʻchasi 10-uy 1-xonadonda istiqomat qiluvchi 1994-yilda tugʻilgan, Tursoatova Fazilatning ijtimoiy tarmoq orqali sogʻligʻini tiklashda amaliy yordam soʻrab, Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga qilgan murojaati boʻlim xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.(Asos-Adliya vaziri oʻrinbosari A.Tashkulovning 2021-yil 1-martdagi 8/03-1/806-son topshiriq xati)
Oʻrganishda, ushbu fuqaro 2021-yil yanvar oyida tuman markaziy kasalxonasining ginekologiya boʻlimida ogʻir xastalik bilan statsionar sharoitda davolanganligi, bugungi kunga kelib, sogʻligʻi yomonlashgani, tibbiyot birlashmasi tomonidan dori-darmon vositalari yetishmasligi sababi bilan birlashmaga qabul qilinmaganligi aniqlanib, adliya boʻlimining aralashuvi bilan F.Tursoatova 2021-yil 09-mart kuni tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar davolanish uchun yotqizildi. Shuningdek, unga shifokor B.Eshmurodov biriktirilib, shifoxonada mavjud boʻlgan dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlandi.
Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi
Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Shayjigitov Adxam Shayjigitovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Shayjigitov 1986-yilda Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2009-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U Adliya vazirligi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasida oʻz mehnat faoliyatini 2010-yildan boshlab tizimdagi turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Jizzax shahar adliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi A.Shayjigitovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Ayni damda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Advokatlar palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida “Yosh huquqshunoslar va advokatlar” uchrashuvi bulib utmokda.
Vazirlar Mahkamasining ʻXotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisidaʻgi 2021-yil 8-yanvardagi 2-son qarori tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida tumanning Ipak yoʻli QFYdagi ayollarga huquqiy xizmat koʻrsatish vaqtida fuqaro Norqulova Lola Shamsiyevnaning pensiyaga chiqishida sarson boʻlayotganligi, 56 yoshga toʻlsada, shu kunga qadar pensiya tayinlanishi rad etilayotganligini bildirib ogʻzaki qilgan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishda, fuqaroning mexnat 14.04.1985-yildan 17.12.1990-yilgacha Jizzax viloyati Paxtakor tumani Navbahor (sobiq Ulyanov) nomli jamoa xoʻjaligida, 03.05.1991-yildan 2000-yilgacha Mirzachoʻl tumani Toshkent savxozida ishchi boʻlib ishlaganligi biroq, L.Norqulovaning ishlagan davri BTPJ Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan inobatga olinmayotganligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan 2021-yil 8-fevral kuni №01-08/30-01-37/980-sonli xati orqali fuqaro L.Norqulovani “Yoshga doir” pensiya tayinlash uchun talab etilgan 7 yil staji yetmaganligi sababli pensiya tayinlash imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida maʼum qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Mexnat kodeksining 81-moddasida “Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir” belgilab qoʻyilgan boʻlsada, BTPJ Jizzax viloyati xodimlari tomonidan ushbu qonunchilik normasiga amal qilinmagan.
Adliya boʻlimining aralashuvi bilan huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqaro Norqulova Lolaga yoshga doir pensiya tayinlanishi taʼminlandi.
Bobur Esanov
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi
Texnikumning 1-bosqich qizlari soch o’rish,mohir qo’llar,zamonaviy qiz obrazi,yurist qiz obrazi,milliylikni o’zida ifoda etgan obraz,shashka,kuch sinash,meva-sabzavotlarni tozalash,quvnoq startlar,stol tennisi kabi shartlarda yakka va jamoa bo'lgan holda bellashishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi hamda “Shodiyev” halqaro jamoat fondi tomonidan yuborilgan sovgʻalar Jizzax villyatidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga topshirildi.
Jizzax viloyat adliya boshkarmasi va tuman (shaxar) adliya bulimlari sovgʻalarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga topshirar ekan ularni “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda ularning xonadonlariga kut-baraka tiladi.
“Bizni bayram bilan tabriklab, oʻz sovgʻalarini yuborgan saxovatli insonlarga oʻzimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deydi Forish tuman Xonbandi maxalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Barno Alimova.
Mamlakatimizda aziz va moʻtabar ayol zotini ulugʻlash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, qizlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash asosiy vazifamiz sanaladi.
Bugun Jizzax viloyat adliya boshqarmasida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma rahbari hamda bir qator xodimlar tizimda faoliyat yurituvchi ayol xodimlarni bayram bilan tabriklab, esdalik sovgʻalarni topshirdilar.
Adliya boshqarmasi jamoa orasidan 2021-yilning fevral oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi. Unga koʻra, Yangiobod tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Abduxoliqov Jaxongir Maxmutbayevich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Abduxoliqov Jaxongir Maxmutbayevichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida rivoj va zafar, gʻayrat va shijoat tilaydi.
"Jizzax viloyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga masʼul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash”ga bagʻishlab, videoselektor shaklida boʻlib oʻtgan tadbirda viloyat, shahar va tumanlar hokimligi mutasaddilari, davlat hokimiyati boshqaruv idoralari rahbarlari, ijro intizomi uchun masʼullar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari Mustanov Abduvali Saidovich Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda zamonaviy boshqaruv uslublarining joriy etilishi, nazorat qilish va ijroni tekshirish shakllarining takomillashtirilayotgani, bunda hududlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar xususida toʻxtaldi. Olib borilayotgan islohotlar samaradorligi ana shu ijro intizomiga qatʼiy amal qilishga bogʻliq ekanligi taʼkidlandi.
Seminarda respublika Adliya vazirining oʻrinbosari Karimov Alisher Nishanovichning farmon mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan maʼruzalari tinglandi. Unda ishtirok etganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan prokuratura, IIB xodimlari bilan hamkorlikda bugungi kungacha 300 nafar xotin-qizlarga sayyor qabullar oʻtkazilib huquqiy maslahatlar berilishi taʼminlandi.
Huquqiy muammolarning aksariyati aliment undirish, uy-joy olish, yoʻl taʼmirlash, moddiy yordam, kredit va boshqa masalalarga toʻgʻri keldi.
Huquqiy maslahatlarga zarurat yuqori boʻlgan Forish tumanida 3 ta mahalla va Jizzax shahrida 2 ta mahallada boshqarma rahbariyatining xotin-qizlarga sayyor qabullari tashkil etilib, kerakli huquqiy maslahatlar berib borish yoʻlga qoʻyildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi