Yangiliklar
Adliya sayili Jizzax
Jizzax shahri markazidagi “Oʻrda” istirohat bogʻida Adliya sayili boʻlib oʻtdi.
Dastlab ushbu tadbir Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov tomonidan kirish soʻzi bilan ochib berildi va davlatimiz madhiyasi yangradi.
.png)
Sayilda huquqiy maslahatlar berilish bilan birga “Kitoblar” va “Hunarmandlar” koʻrgazmalari tashkil etildi.
.png)
Shuningdek iqtidorli yoshlar ushbu sayilga jamlandi. Ular rasmlar tanlovi orqali oʻz iqtidorini namoyon qilishdi. Shovvoz bollar “varraklar” loyihasida uchirilgan varraklar saylga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
.png)
.png)
Sayilda viloyatdagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan koʻrgazmalari tashkil etildi hamda fuqarolarni qiziqtirgan masalalari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.
.png)
.png)
.png)
Sayilda viloyatdagi barcha tashkilot va idoralar tomonidan xam koʻrgazmalari tashkil etildi hamda fuqarolarni qiziqtirgan masalalari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.
Saylda “Oʻrda” bogʻi markazida yangragan kuy qoʻshiqlar barchaning kayfiyatiga koʻtaringki ruh bagʻishladi.
.png)
.png)
.png)
Barchangizni 2021-yil 2-aprel kuni soat 10:30 da Jizzax shahridagi markaziy “Oʻrda” istirohat bogʻida oʻtkaziladigan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Adliya sayli”ga taklif etamiz.
Ushbu sayilda Siz: huquqiy bilimlaringizni yanada oshirishingiz; huquqiy maslahatlar olishingiz; mehnat yarmarkasida oʻzingizga munosib ish topishingiz; viktorinalar va savol-javoblarda ishtirok etib qimmatbaxo sovgʻalardan birini qoʻlga kiritishingiz mumkin.
Tadbirda ishtirok etish istagi bor barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz. Niqob taqishni unutmang “ADLIYA SAYLI”GA MARHAMAT
Jizzax viloyati yuridik texnikumida o’quvchilar o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va oldini olish, yoshlarda yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatiga O'ratepalik Jome masjidi imom xatibi S.Jabborov taklif qilindi.Inson o’zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo’lmasdan, dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o’rganish va bilish doimo izlanishda bo’lsa albatta "Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha olishini ta’kidlandi.
Bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni voyaga yetkazish, ularni mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Jizzax viloyat yuridik texnikumida ham talabalarni yetuk kadr sifatida shakllantirish maqsadida oʻquv jarayonida mutaxassislik yoʻnalishlari koʻpaytirilib, nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻzaro uygʻun holda zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilmoqda. Shuningdek soha muttahasisslari tomonidan amaliy darslar tashkil etilib talabalarning nazariy va amaliy bilimlari uygʻunlashtirilmoqda.
Hususan, joriy yilning 24-mart kunida ham Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax viloyat sudi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati yuridik texnikum oʻquvchilari uchun jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudiga “Ekskursiya” qilishdi.
Dastlab sud raisi tomonidan oʻquvchilarga sud-huquq sohasidagi islohotlar hamda Konstitutsiya va qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida gapirib berdi. Yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi. Suhbat davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Suhbatdan soʻng oʻquvchilar bir necha ochiq sud majlislarida ishtirok etishdi, Jumladan, 2 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazolardan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73 moddasi tartibida jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
6 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazodan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 74 moddasi bilan jazoning yengilrogʻiga almashtirildi.
Shuningdek, oʻquvchilar sud binosi bilan tanishib, faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlashib chiqishdi. Sudlarda zamonaviy ilgʻir texnologiyalar, videokonferens aloqa rejimida oʻtkazish imkoyatiga ega boʻlgan sud majlislari, “E-XSUD” axborot almashuvi bazasidan foydalanish amalda koʻrsatildi. Oʻquvchilarga ushbu uchrashuv chuqur taassurot qoldirdi.
Har bir mamlakatning kelajagi, ertangi kuni, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga, salohiyatiga bevosita bogʻliq. Shu bois yoshlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylanishi, oʻz iqtidor va isteʼdodini namoyon etishi uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida oʻz manfaatlarini mustaqil amalga oshirish yoʻllarini erkin tanlay olish koʻnikmalarini shakllantirishda targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman prokuraturasi bilan hamkorligida tuman tibbiyot texnikumida tashkil etilgan tadbir ana shu maqsadlarni oʻzida ifoda etdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini ”Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz bordi.
Uchrashuv davomida diniy ekstremizm, odam savdosi, korrupsiya singari illatlarning salbiy va ayanchli oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Bu borada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumotlar berildi.
Erkin muloqot maydoniga aylangan tadbirda oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi boshligʻi
Asatullayev Musaxon Neʼmatullayevich
Adliya vazirligi tomonidan @huquqiyaxborot telegram kanalida “Sovrinli viktorina” oʻtkaziladi.
“Sovrinli viktorina” joriy yilning 27-mart kuni soat 11:00 da boshlanib, 12:00 ga qadar davom etadi.
Ishtirokchi huquqiy sohaga oid jami 25 ta test savollariga tezkorlik bilan (har bir savolga 15 soniya) javob topishi kerak.
Test savollariga eng koʻp va qisqa muddatda toʻgʻri javob bergan 50 nafar ishtirokchilar respublika boʻylab boʻlib oʻtadigan “Adliya sayillari” tadbirida diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Huquqingizni biling va gʻolib boʻling!
Jumladan, Jizzax shahar Qaliya MFY X.Pirnazarov koʻchasida yashovchi fuqaro S.T.ning tugʻish taʼtilidan soʻng ishga qaytib olinmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijasida, boʻlim aralashuvi bilan fuqaro Jizzax shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikaga qaytib ishga olinishi taʼminlandi.
Sherzod Qaynarov
jizzax shahar adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi
Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi S.Rahimov tomonidan joylarga borgan holda huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hususan Oʻzneftgazinspeksiya” Jizzax hududiy boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-fevraldagi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiklash xaqida”gi 64-sonli Qarori mazmuni va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyhatdan oʻtkazilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-mh-sonli Buyrugʻi targʻiboti ham shular jumlasidandur.
Yuqorida keltirib oʻtilgan mavzular yuzasidan S.Rahimov tomonidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtilib mavzuga doir berilgan savollarga toʻliq va asoslantirilgan javoblar berildi.
2021-yilning 24-26-fevral kunlari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Mirzachoʻl tuman filialida huquqni qoʻllash amaliyoti, mehnat qonunchiligi normalariga rioya etilishi ahvoli monitoring qilindi.
Mehnat kodeksining 154-moddasida mehnatga haq toʻlash kafolatlari koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra, ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shartligi belgilangan boʻlsa-da, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Mirzachoʻl tuman filialining 4 nafar xodimiga 2020-yilning dekabr oyidan 2021-yilning 24-fevral kuniga qadar oylik maoshlari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Mehnat kodeksining 161-moddasida Mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir marotabadan kam boʻlishi mumkin emasligi shuningdek, haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanishi lozimligi, jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq toʻlash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkinligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Jizzax filialiga taqdimnoma taʼsir chorasi qoʻllanildi va yuqorida nomlari zikr etilgan xodimlarga 6 million 125 ming 775 soʻm ish haqlari shu kunning oʻzida toʻlab berilishi taʼminlandi.
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlim
2021-yil 2-mart kuni Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga tumanning “Mirzadala”MFY, Oqbuloq koʻchasi 7A-uy 2-xonadonda yashovchi fuqarosi B.Nurmanova tuman soliq inspeksiyasi va tuman kadastr xizmati maʼsul hodimlarining mol-mulk soligʻini notoʻgʻri hisoblaganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada huquqiy yordam berishni soʻrab, yozma murojaat qilgan.
Ushbu murojaat tuman adliya boʻlimi tomonidan ish yurituvga qabul qilinib, oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishda, haqiqatdan ham fuqaroning yashash honadoni yaʼni Mirzachoʻl tumani “Mirzadala” SHFY, Oqbuloq koʻchasi 7a- 2-uyning umumiy maydoni 0,12 ga ekanligi, lekin Davlat kadastr palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Mirzachoʻl tuman filiali maʼsul hodimlarining masʼuliyatsizligi tufayli, tuman soliq inspeksiyasiga berilgan xisobotda (2546 metr kv) ortiqcha yer maydoni koʻrsatilganligi aniqlandi. Ushbu notoʻgʻri hisobot natijasida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan fuqaro B.Nurmanovaga 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha molk-mulk soligʻi hisoblagan.
.png)
Tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taʼsir chorasining ijrosi taʼminlanib, 2019-yil 10-yanvar kuni kadastr xizmati tomonidan tuman soliq inspeksiyasiga yuborilgan elektron maʼlumot oʻrniga fuqaroning yashash honadoni toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar elektron tarzda tuman soliq inspeksiyasiga takroran yuborildi va fuqaroning sarsongarchiligiga sabab boʻlgan, mol-mulk soligʻi uchun hisoblangan 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha soliq toʻlovi bekor qilindi.
Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi