Yangiliklar
Mirzacho‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan “TURGUNBOYEVA SEVINCH UROZBOY QIZI” Yakka tartibdagi tadbirkor Mirzacho‘l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limidan shartnomaga asosan to‘lanmay kelayotgan qarzdorlikni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, “TURGUNBOYEVA SEVINCH UROZBOY QIZI” YTT va Mirzacho‘l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi o‘rtasida 2024-yil 26-noyabrda “mahsulot yetkazib berish” shartnomasi tuzilgan. Biroq shartnoma shartlari tadbirkor tomonidan o'z vaqtida bajarilgan bo'lsada, buyurtmachi Mirzacho‘l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasdan tadbirkorga 133.028.000 (bir yuz o‘ttiz uch million yigirma sakkiz ming) so‘mlik yetkazib berilgan mahsulot uchun to'lov amalga oshirilmagan.
Tuman adliya bo'limi tomonidan tadbirkorning huquqlari himoya qilinib, Do'stlik tumanlararo iqtisodiy sudiga davo ariza kiritilishi ta'minlandi.
An'anaviy tarzda o'tkazib kelinadigan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi bu yil ham Jizzax viloyatida keng qamrovda tashkil etildi.
Tanlov natijasiga ko‘ra saralash bosqichlaridan o'tgan Jizzax politexnika instituti talabasi Jalolova Parizod 1-o‘rinni, Arnasoy tumani 13-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ibbayeva Ruxsora 2-o‘rinni, Paxtakor tumani 2-maktab o‘quvchisi Holosova Mehribon 3-o‘rinni egalladi va boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xuddi shuningdek, konstitutsiya kuniga bag'ishlab o'tkazilgan diktant va insholar tanlovi g'oliblari ham aniqlanib, g'oliblar munosib taqdirlandi
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o'rtasida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etildi.
Ushbu tadbirda g'olib bo'lgan ishtirokchi esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!
Yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vataniga bo‘lgan muhabbatini, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshirish maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Targ'ibot poezdi” keng qamrovli loyihasi tuman yoshlarni birlashtirmoqda.
Sharof Rashidov tumani 12-son umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari davomida O'zbekiston Respublikadi Konstututsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish olib borilmoqda.
Bundan tashqari “Huquqiy viktorina" o'yinlari tashkil etilib, faol ishtirokchilarga estalik sovg'alari taqdim etilmoqda.
Yuridik xizmat xodimlarini kelishish va attestatsiyadan o'tkazishda tushishi mumkin bo'lgan savollar ro'yxati elon qilindi!.
Batafsil: https://adliya.uz/adliya-ochiq-malumotlar
Jizzax viloyat teleradiokomapaniyasi bilan hakmkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bosh qomusimiz mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan hamda Korrupsiyaning huquqiy oqibatlari mavzusida brifing tashkil etildi.
Yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta kafolat
Ommaviy axborot vositalariga oid 5 ta muhim qoida
So'ngi yillarda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, har soxada o'z o'rniga ega bo'lishlariga ko'maklashish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada ular bandligini taminlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish ham asosiy masalalardan biridir.
“Taraqqiyot” mahallasida tadbirkorlikka ko'maklashish markazining tashkil etilishi ham tadbirkorlik bilan shug'ullanishga qiziqishi bor ayollar uchun ayni muddao bo'ldi.
Tadbirga taklif etilgan tadbirkorlik faoliyatida yutuqlarga erishgan xotin-qizlarning hayot yo'li, chekkan mashaqqatlari va bu yo'ldagi sabru matonati yig'ilganlarga o'rnak qilib ko'rsatildi. Ular o'z tajribalari bilan o'rtoqlashar ekan, yig'ilganlarga bu borada tog'ri yo'nalish va maslahatlar berishdi.
Zarbdor tuman adliya bo‘limiga fuqaro M.Mning foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirishni so‘rab murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, M.M bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2019 yilda bekor qilingan bo‘lsada, 16 yil foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun 103.305.400 so‘m kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmagan.
Holbuki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Shunga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha moliya va mehnat idoralarining ma’lumotlari olinib, foydalanilmay M.Mning foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillarini undirib berish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, toʻlanmasdan turgan pul mablagʻini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinishi taʼminlandi.