Yangiliklar
Jizzax shahar adliya bo‘limi “Madad” NNT va idoraviy notarial arxiv mas’ul xodimlari tomonidan Adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 21.04.2025-yilda tasdiqlangan “Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridan tanlangan chegara va olis hududlardagi, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hamda “og‘ir toifa”dagi va murojaatlar oshgan mahallalarda aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha adliya organlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan Reja-grafik”ka asosan 9.06.2025-yilda shahrimizdagi "Ittifoq" MFY binosida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, “mahalla yettiligi”ga Davlatimiz rahbarining 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–133-son va 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, Prezidentimizning PQ-1-son qaroriga asosan mahallada 2025-yil II choragi uchun huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlarning “Yo‘l xaritasi”da har bir mas’ul tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va notarial arxiv hujjatlarini yuritilishi yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berilib, qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.
Baxmal tuman Adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Axborot-resurs markazida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida tumanning 11 ta mahallasidan yosh kitobxonlar ishtirok etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy, tarixiy va ma’naviy adabiyotlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularni kitobga, bilimga oshno qilishga xizmat qilmoqda.
Zomin tumani adliya bo‘limi binosida "Ziyo ulash" kutubxona burchagi tashkil etilgan!
Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.
Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati MK a’zosi X.Qilichevning fuqaro T.Bobobekov manfaatida yo'llagan Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga murojaat.gov.uz orqali kelib tushgan 136112-r/25-sonli murojaatiga asosan Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar U.Abdujalilov, S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva va Sh.Shernazarovning xatti-harakatlari xizmat tekshiruvi o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganib chiqilgan.
O‘rganish davomida, 2025 yilning 12-13 may kunlari fuqaro T.Bobobekov Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar S.Abduraxmonov va Z.Habibullayevalarning qabuliga kelib fuqaro X.Qilichevga o‘zining nomidan tegishli tashkilot va muassasalarda hamda sud organlarida vakil sifatida qatnashish uchun ishonchnoma rasmiylashtirib berishni so‘rab murojaat qilganligi, notariuslar tomonidan vakil sifatida qatnashish huquqi berilayotgan fuqaroning kimligi va ishonchnoma berish uchun qonun hujjatlarida vakil sifatida ishtirok etishi mumkin yoki mumkin emasligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida qanday hujjatlari borligi so‘ralganda fuqaro T.Bobobekov tomonidan hech qanday hujjatlar taqdim qilinmaganligi, shuningdek fuqaro T.Bobobekovni notariuslar Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar qabuliga kirmasdan faqatgina notarius yordamchilariga uchrashib qaytib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida notariuslar S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva, Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar xatti-harakatlarida Ma’muriy reglament talablari buzilmagan va fuqaro T.Bobobekovning ishonchnoma berish bilan bog‘liq murojaatini ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan deb topilgan.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limi xodimlari, intellektual mulk yo'nalishi xodimlaridan tarkib topgan jamoa Do'stlik dehqon bozorida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, ular o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o'rganish va yechimi yuzasidan huquqiy ko'mak berishdan iboratdir. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari tadbir davomida tadbirkorlarga firibgarlik va boshqa huquqbuzarlikdan ogoh bo'lish, kontrafakt maxsulotlar haqida tushunchalar berilib, bir vaqtning o'zida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 10 dan ortiq sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi va davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Madaniyat” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Madaniyat” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda iyun oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadidaJizzax shahar "Madaniyat" MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etilganligi sababli, mahalla hududida joylashgan 13-sonli DMTTda shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari A.Arakulov va M.Yokubjonova tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning mehnat munosabatlariga oid hujjatlari, ya’ni jamoa shartnomasi, mehnat shartnomalari, buyruqlari va boshqa lokal hujjatlari monitoring qilinib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Hurmatli fuqarolar, ayni paytda Jizzax shahar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazida vaqtincha xizmat ko‘rsatilmaydi.
Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori asosida Forish tuman adliya bo‘limiga bir qancha yoshlar biriktirilgan.
Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan biriktirilgan kambag‘al oilalar hamda otaliqqa biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlar muammolari xonadonbay muntazam o‘rganilib, hal etib borilmoqda.
Ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida muammolari nazoratga olinmoqda.
Bundan tashqari fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar, huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadi.
Shu bilan birga huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida ham tushuntirishlar berib borilmoqda.