Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 15-son majlis bayonida mutasaddilar tomonidan “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” faoliyatini olib borish va unda maxsus o‘quv kurslarni tashkil qilish belgilangan.
Forish tumani Adliya bo‘limi binosida tuman prokuraturasi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi va 1-umumta’lim maktabi psixologi bilan hamkorlikda "Yosh kelin-kuyovlar maktabi" maxsus o‘quv kursi tashkil etilib, yosh nikohlanuvchilar o‘qitildi.
Maxsus o‘quv kursida turmush qurish ostonasida turgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila huquqi, iqtisodiyoti, psixologiyasi, o‘zaro munosabat, reproduktiv salomatlik masalalari, farovon oilani yaratishga ko‘maklashish, ularga an’anaviy qadriyatlarni singdirish va boshqa mavzular bo‘yicha hayotiy misollar orqali tavsiyalar berildi.
O‘quvga tajribali psixologlar jalb etilib, oila psixologiyasi, oilada farzand tarbiyasida ota-onalikka tayyorligini ta’minlashning shakl, usul hamda vositalari bo‘yicha bilim berilib, oila mustahkamligi sirlari, muvaffaqiyatli ijtimoiylashish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi, mavzuga oid psixologik treninglar o‘tkazildi.
O‘quv yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Ma’lumot uchun, Forish tumanida joriy yilning iyul oyida nikohlanuvchi yoshlardan 90 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 88 nafar juftlik o‘quv kursida ishtirok etdi. Tumanda ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan 15 taga kamaygan.
Baxmal tumanining "Fayziobod" MFYsi aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. O' rganish talab etiladigan muammolar ish yurituviga qabul qilindi. Fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga, "Oqtosh o'ray" qishlog'ida uyma-uy yurgan xolda honadonlarda bo'lishib, o'z tomorqasidan samarali foydalanayotgan va halol mehnat qilib tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan oilalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar haqida ham tushunchalar berildi.
Adliya vaziri o'rinbosari Baxmal tuman adliya bo'limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlarga farmon yazasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida aniq tavsiyalar berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor hisoblanadi, ko‘zlangan maqsadga erishishda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan oilaning o‘rni esa beqiyosdir.
Jamiyatdagi har qanday illatga qarshi kurashni oiladan boshlasakkina uni ildizi bilan quritish mumkin. Zero, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida muvofiq, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
Konstitutsiyaning 26-moddasida esa, Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2019 yil 2 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi.
O’zbekistonda xotin-qizlar va bolalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga katta e’tibor qaratilayotgan, onalik va bolalikni himoya qilish uchun keng ko‘lamli ishlar qilinayotgan bir vaqtda, mazkur sohadagi ishlar tahlili oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashda qator kamchilik va to‘siqlar ham mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Xo‘sh mazkur to‘siqlar nimalardan iborat? Nega bu to‘siqlar paydo bo‘lmoqda yoki bartaraf etilmayapti?
Avvalo mazkur savollarga javob topishdan oldin oiladagi zo‘ravonlik nima ekanligini tushunib olishimiz lozim. Chunki yuqoridagi holatlarning barchasi aynan mazkur ijtimoiy xavfli qilmish bilan chambarchas bog‘liq.
Zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik).
Jismoniy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shaklidir.
Ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik) da nomoyon bo‘ladi.
Oiladagi zo‘ravonlik — bu o‘zlarining yaqinlari (asosan ayollar va bolalar) ustidan hukmronlik va nazorat qilish maqsadida, odatda aynan bir shaxsga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘rlik qilishda namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, ayrim hollarda zo‘ravonning jismoniy va ruhiy zo‘rligi natijasida xotin-qizlar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishi hollari ham kuzatilmoqda.
Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan sodir etiladi. Shuning uchun o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarinii boshqara olmagan shaxsning harakatlari, hatto ijtimoiy-xavfli oqibatlarga olib kelgan taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi.
Zo‘ravonlikka uchragan ayollar yengib bo‘lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy zo‘rlik ta’siri ostida qonun bilai qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga xavf soluvchi qilmishi va uning oqibati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Shu o‘rinda jismoniy va ruhiy zo‘rlik nima degan o‘rinli savol tug‘iladi!
Jismoniy zo‘rlik, deganda shaxsning boshqalarning jismoniy ta’sirida jamiyat uchun xavfli qilmishlarning amalga oshirishi tushuniladi va bunda jismoniy ta’sir uning ixtiyorini butunlay olib qo‘yadi (masalan, er xotinini urib tan jarohati yetkazsa yoki haqorat qilsa, natijada xotini o‘zini himoya qilish maqsadida eriga yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holat O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasining d) bandiga muvofiq, jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish deb topiladi va sud tomondan jazo tayinlashda jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida hisobga olinishi mumkin.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi! Oiladagi zo‘ravonlikning asosiy qurbonlari bo‘lgan ayollar va bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik nimalarda namoyon bo‘ladi? Ko‘pchilik zo‘ravonlar oiladagi hukmronliklarini kuchaytirish maqsadida qanday usullardan foydalanadi? Bu asosan tahdid ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tahdidlar esa quyidagicha bo‘lishi mumkin: moddiy ta’minlamaslik, ya’ni pul bermaslik (moddiy ta’minlamaslik), uydan haydash, bolalarini olib qo‘yish yoki ularni ko‘rish imkoniyatidan mahrum qilish bilan qo‘rqitish, badaniga shikast yetkazish yoki o‘ldirish bilan qo‘rqitish va hokazo. Zo‘ravonlar tahdidlar bilan bir qatorda quyidagi harakatlar orqali ham o‘zlarining hukmronligini namoyish qilishga urinishlari mumkin: telefoninin olib qo‘yish, kiyimlarini yirtish yoki shaxsiy buyumlarini sindirish, uyga qamab qo‘yish, mushtini ko‘rsatish orqali qo‘rqitish va hokazo.
Ammo zo‘ravonlik bilan bir qatorda tazyiqqa uchrayotgan xotin- qizlar ham yo‘q emas.
Tazyiq — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 2019 yil 2 sentyabrdagi Qonunida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari belgilangan.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;
maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax
tumanlararo sudi sudyasi A.A.Baybekov
Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning sektor raxbarlari, mahalla yettiligi va ularning yuqori turuvchi tuman tashkilotlari raxbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni mazmun mohiyati va ushbu Farmonga asosan qo‘shimcha vazifalar to‘g‘risida tushunchalar berilishi hamda Farmonda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Barcha joylarda bo'lgani kabi Zomin, Forish, Zarbdor, Zafarobod, Yangiobod tumanlarida fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.
Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.
Aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha joylarda targʻibot tadbirlari keng koʻlamda tashkil etib borilmoqda.
"Huquqiy axborot kuni" loyihasi doirasida adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Pirxalov tomonidan Do'stlik tumani “Qahramon” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, muammolarning yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga mahallada tashkil etilgan “Adliya burchagi” qonunchilikdagi yangiliklar, aholi oʻrtasida eng koʻp uchraydigan muammolar yechimi yuzasidan berilgan huquqiy maslahatlar aks ettirilgan tarqtma materillari bilan boyitildi.
Ushbu mahallada aholi xonadonlarida uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolari oʻrganildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha joylarda targʻibot tadbirlari keng koʻlamda tashkil etib borilmoqda. Adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari B.Ikromov tomonidan Sh.Rashidov tumani “Bobur” mahallasi binosiga oʻrnatilgan infokiosk faoliyati bilan tanishildi. Dastlab ushbu uskuna bilan ishlash tartiblari mahalla yettiligiga toʻliq tushuntirildi. Ushbu mahallada aholi xonadonlarida uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolari oʻrganildi.
Shu bilan birga, Zafarobod tumani “Samarqand” mahallasida boʻlib, ishchi guruhi tomonidan mahalla yettiligiga oʻzlarining faoliyatlari boʻyicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushunchalar berildi. Mahalla statusiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, ish faoliyatidagi qulayliklar bilan tanishib, ularning muammolar va takliflari eshitildi. Ish faoliyatlari boʻyicha metodik yordam berish maqsadida tegishli yoʻnalish va koʻrsatmalar berildi.
Xususan, tumandagi tibbiyot birlashmasida ham boʻlib, tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga, ayniqsa tashkilot xodimlariga kasalligi boʻyicha berilayotgan maʼlumotlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi haqida koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik normalarida yuzaga kelayotgan ayrim holatlar yuzasidan taklif kiritish boʻyicha takliflar olindi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash nafaqat ota-onaning balki jamiyatning ham vazifasi. Shu sabab joylardagi xotin-qizlar faolari bilan FHDY xodimlari oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha uchrashuvlar muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.
G'allaorol, Yangiobod tuman FHDY boʻlimi hamda tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yoshlarni oilaga tayorlash boʻyicha o'quv kursi oʻtkazildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
O'quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Barcha joylarda bo'lgani kabi Forish, Sharof Rashidov, Arnasoy, Yangiobod tumanlarida fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.
Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.
Aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatilmoqda.
Yoshlarni kitobga qiziqtirish, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovi adliya vazirligining ezgu tashabbusi sifatida kitobxon yoshlarni bir davraga jam qilmoqda. Mazkur tanlovning tuman, shahar bosqichlarida Jizzax viloyati boʻyicha adliya organlariga biriktirilgan 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan jami 130 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishgan edi. Ulardan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan kitobxonlar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma olishgan.
Tanlovning viloyat bosqichida ana shu gʻoliblar yana bir bora sinovdan oʻtkazildi. 2 bosqichdan iborat boʻlgan tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrinni Davron Adanov
2-oʻrinni Diyorbek Jabborov
3-oʻrinni Goʻzal Akramova egallashdi.
Gʻoliblar adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
“Zukko kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida Jizzax viloyati shaʼnini himoya qiladigan gʻolib kitobxonga omad va zafarlar tilaymiz!