Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

30
Sayyor qabul” orqali fuqarolar muammolari o'rganilmoqda.

Jizzax shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Obod" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan 32 nafardan ortiq fuqarolardan 22 nafari muammolari bilan murojaat qilishdi, ushbu murojaatlarning 14 tasiga joyida tushuntirish berilgan bo‘lsa, 8 tasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”gi a’zolariga Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qaroriga asosan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

26
Baxmal tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-mart kuni Baxmal tumani Mo’g’ol mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshligʻiga biriktirilgan nizoli oilalar salmogʻi yuqori boʻlgan mahallalarda sayyor qabul o’tkazish topshirig’i ijrosi yuzasidan Baxmal tuman adliya bo’lim boshlig’i O.Allayarov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Adliya bo‘limi tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qilingan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Qabul davomida ishtirokchilarga aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar sodda, xalqchil tilda tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli  Qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

25
Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatida!

Paxtakor tuman Davlat xizmatlari markazi direktori T.Bektemirov hamda markaz xodimi J.Yaxshilikovlar tomonidan tumanning Buyuk ipak yo'li mahallasida 20 dan ortiq fuqarolarga jami 4 turdagi 30 ga yaqqin davlat xizmatlari sayyor tartibda ko'rsatildi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan tadbirkorlarni davlat ro'yhatidan o'tkazishda "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili doirasida xizmatlar ko'rsatilishi yuzasidan mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga huquqiy tushuntirish berildi.

Fuqarolar qonunchilik tizimidagi yangiliklardan ham xabardor qilindi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

24
#Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘li Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasida tashkil qilingan tadbirda boshqarma boshligʻi A.Ergashev lavozimga tayinlangan Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘lining tarjimai holi bilan tanishtirdi hamda adliya organlari oldida turgan sharafli va masʼuliyatli vazifani vijdonan bajarib, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlidagi ishlarida omad tiladi.  

Adliya boshqarmasi jamoasi Chuliyev Bekzod Oybek o‘g‘lini ushbu tayinlov bilan  samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

23
Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlariga navbatdagi hay'at majlisida boshqarma boshlig'i Akmal Ergashev korrupsiyaga qarshi murosasiz bo'lish borasida murojaatnoma yo'lladi.

"Bugun biz mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida, inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun etib belgilangan jamiyatda yashamoqdamiz. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomalarida belgilangan 6 ta eng muhim ustuvor vazifa barchamizdan yangicha tafakkur va yuksak mas'uliyatni talab etmoqda. Ayniqsa, “Korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga to'siq” ekani haqidagi qat'iy pozitsiya, bu illatning nafaqat iqtisodiyotimizga, balki millatimiz ma'naviyatiga, kelajagiga bo'lgan jiddiy xavf darajasini yaqqol ko'rsatib berdi",-deya ta'kidladi boshqarma boshlig'i A.Ergashev.

Xabaringiz bor korrupsiyadan holi tashkilot sifatida adliya tizimi ISO sertifikatiga ega tashkilot hisoblanadi. 2026-yil davomida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada mustahkamlash, sohada shaffoflikni oshirish va "korrupsiyaga murosasizlik" tamoyilini qaror toptirish bo'yicha tizimli ishlar olib borildi. Asosiy e'tibor xizmat ko'rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish va ichki nazoratni kuchaytirishga qaratildi.

Bu borada 2026-yilgi asosiy yo'nalishlarni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin.
Raqamlashtirish va shaffoflik: Adliya organlari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida yangi elektron platformalar ishga tushirildi va mavjudlari modernizatsiya qilindi. Notariat va FHDY sohalarida korrupsiya xavfi mavjud jarayonlar to'liq avtomatlashtirildi.

Ichki nazorat va monitoring: vazirlikning "Komplaens-nazorat" bo'linmalari tomonidan xodimlarning faoliyati doimiy ravishda o'rganilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi asosida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Ochiqlik va jamoatchilik nazorati: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hududiy kengashlar faoliyati jonlantirilib, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazorati kuchaytirildi, murojaatlar bilan ishlash tizimi shaffoflashtirildi.

Targ'ibot-tashviqot: Xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan o'quv seminarlari va treninglar muntazam o'tkazib borildi. Bu ishlar endilikda muntazam davom ettirib boriladi.

Hurmatli hamkasblar! Biz huquqshunos degan sharafli va mas'uliyatli kasbni o'z zimmamizga olib, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat va ochiqlik kabi tamoyillarni qaror toptirish uchun sitqidildan xizmat qilmog'imiz, o'z burchimizni bajarmog'imiz lozim. Korrupsiya har qanday zamonda va har qanday makonda faqat va faqat jaholatga yetaklovchi salbiy illat sifatida qoralangan. Shunday ekan bu illatga doimo qarshi chiqishimiz, murosasiz ruhda bo'lishimiz lozim.

20
Jizzax viloyatida yana 708 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 18-martdagi tegishli qaroriga asosan, 708 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.

Mazkur qarorga muvofiq, fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda tan olindi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda. Bu esa mulkiy nizolarni, meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni kamaytirish, shuningdek, aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar viloyatda jami 4058 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

19
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Jizzax yuridik texnikumi faollar zalida 2026-yilning 19-mart sanasida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"  tashkil etildi.

Boshqarma boshlig‘i bo‘lajak yuristlarning jamiyatda qonunlarga hurmat, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifamiz ekanligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni mukammal egallash, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘z qiziqishlari, maqsad va kelajak rejalari haqida gapirib berishdi. Ularning  har qanday ijobiy tashabbuslari rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

18
#Xotin_qizlar_huquqi

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko'rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkaziladi.  (https://lex.uz/ru/docs/6257288#6266427)

Bunda, ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o'tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.

Homilador ayolga yengilroq ish yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta'siridan xoli bo'lgan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

16
Yuridik xizmat xodimlari uchun seminar tashkil etildi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hududidagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida mehnat qonunchiligi, mehnat ta’tillari berish, xodimlarni rag‘batlantirish va boshqa masalalar yuzasidan qonunchilikka kiritilgan yangiliklar bo‘yicha atroflicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-160-son Farmoni talablariga asosan yuridik xizmat xodimlariga yuklatilgan vazifalar yetkazildi.

Bundan tashqari, hozirda tobora avj olib borayotgan kiberjinoyatlarning mazmuni yetkazilib, tashkilotlarda ushbu jinoyatni oldini olish maqsadida xodimlar uchun seminar tashkil etish bo‘yicha yuristlarga tavsiyalar berildi.

13
Ekologik madaniyatni shakllantirish oiladan boshlanadi

Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan “Lolazor” MFY hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lgan atrof muhit muhofazasida kuchaytirishga bag'ishlangan targʻibot tadbirlari o’tkazildi.

Uyma-uy yurgan xola aholiga firibgarlik, giyohvandlik, oʻgʻirlik va kissavurlik jinoyati shuningdek kiber jinoyat boʻyicha tushuntirishlar berilib, buklet va infografikalar tarqatildi. Atrof-muhitni asrash, uni himoya qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish oiladan, mahalladan boshlanishi, aholiga bu borada kerakli tushunchalarni yetkazish borasida mahalla faollari bilan kelishib olindi. Avvalo har kim o'z yashab turgan honadonini, istiqomat qilayotgan mahallasini toza va pokiza saqlasa mamlakatning ekologik barqarorligiga munosib hissa qo'shgan hisoblanadli.