Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

08
Xalq bilan yanada yaqinroq...

Zomin tuman FXDY boʻlimi xodimlari “Farovon” MFY ga qarashli Qiziloy va Ittifoq qishloqlarida boʻlib, fuqarolar bilan uyma-uy yurgan xolda huquqiy tomondan mavjud muammolarini oʻrgandi. Mazkur muammolardan kelib chiqayotgan savollarga tegishli tartibda qonuniy javoblar berishdi.

Shu bilan birga, qonunchilikdagi o'zgarishlar, sohadagi eng soʻnggi yangiliklar haqida fuqarolarga tushunchalar berildi.

05
Bepul huquqiy xizmat bilan har bir uyga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʻmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini taʻminlash maqsadida Arnasoy tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Gʻoliblar” mahallasida uyma-uy yurgan holda targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida aholining  huquqiy axborotga boʻlgan talabini qondirish, fuqarolar orasida eng koʻp uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini tushuntirish, qonunchilikdagi imtiyoz va yangiliklar haqida xabardor qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

03
Zarbdor tuman adliya bo'limi tomonidan yillar davomida yechimini kutib turgan murojaat ijobiy hal etildi

Fuqaroligi bo'lmagan shaxs A.Safarov tuman adliya bo'limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olishda yordam so'rab murojaat qilgan.

Murojaatda A.Safarof 1991-yil Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatida tug'ilgani, ayrim sabablarga ko'ra unga tug'ilganlik guvohnomasi olinmaganligi, 1992-yildan hozirgi kunga qadar Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Yangikent MFYda oila azolari bilan yashab kelayotgani, Zarbdor tuman FHDY bo'limiga tug'ilganligini qayd qilish to'g'risida bergan arizasi rad qilingani va sudga murojaat qilishi to'g'risida tushintirilganini ma'lum qilgan.

Jizzax viloyat FHDY arxivining 2024-yil 3-apreldagi hamda Tojikiston Respublikasi adliya bo'limining 2018-yil 30-apreldagi ma'lumotnomalariga ko'ra, ushbu shaxsning tug'ilganligi haqida 1991-1992-yillar dalolatnoma yozuvi arxiv ma'lumotnomalarida mavjud emasligi aniqlangan.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Samarqand viloyat bo'limining 2024-yil 24-maydagi odam DNKsi sud biologik ekspertizasi xulosasiga ko'ra R.Safarovaning A.Safarovga nisbatan biologik onaligi 99,99% extimollik darajasi bilan tasdiqlangan.

Yuqorida ko'rsatilgan dalillar hamda A.Safarovning onasi R.Safarovadan tug'ilganligi tasdiqlanganligini inobatga olib sud tug'ilganlik faktini belgilash to'g'risidagi arizasini qanoatlantirdi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan A.Safarovga tugʻilganlik guvohnomasi va shaxsni tasdiqlovchi O'zbekiston Respublikasining fuqarolik paspoti olib berildi.

Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.

02
Ishchi guruhi tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʻmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini o'rganish va bir xil amaliyotni shakllantirish, targ'ibot tadbirlarini qay yo'sinda tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bu galgi manzil ham viloyatning olis hududlaridan biri Baxmal tumanining “Gulbuloq” mahallasi boʻldi. Ishchi guruhi tomonidan aholi bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etilib, aholining muammolari tinglandi. Murojaatlarning huquqiy yochimi yuzasidan maslahat berildi.

Shu bilan birga endilikda adliya organlarining aholi orasiga yanada yaqinroq kirib borishi, bunda har bir xonadon toʻla qamrab olinishi, yoshlarning muammolari, orzu intilishlari bilan qiziqish, kelajak rejalari bilan oʻrtoqlashish, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berib borish, bir soʻz bilan aytganda xalqning eng yaqin koʻmakchisi boʻlish kerakligi kabi vazifalar aynan farmonda mustahkamlab qoʻyilganligi va bu yoʻlda samarali qadamlar tashlanganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng mahalla aholisi bilan yaqindan tanishish maqsadida uyma-uy yurilib, aholi orasida eng koʻp uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimi yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar tarqatildi.

2023-yil Rashidovlar xonadonida quvonchli voqea roʻy berdi. Oilada 4 nafar egiz farzand dunyoga keldi. Baʼzi sabablarga koʻra forzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvoxnoma ololmagan oila boshligʻi tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat FHDY boʻlimi tomonidan tez fursatda hal etilib, xonadoniga guvohnomalar yetkazildi. Uyma-uy yurgan holda 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi

Shu bilan ishchi guruhi aʼzorlari tuman adliya boʻlimi xodimlari bilan suhbatlashdi. Farmonda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni samarali tashkil etish borasida maslahatlashildi. Bu borada xodimlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.

Shu bilan birga ishchi guruhi G'allaorol tumanida ham bo'lishib, "G'ubdin" mahallasi faollari bilan uchrashdi. Uyma-uy yurib aholi muammolarini o'rgandi.

01
Huquqiy targ'ibot tadbirlari aholi orasida

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tashabbusi bilan hududiy adliya organlarining aholi orasida olib boradigan huquqiy targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish ishlariga ham amaliy ham uslubiy ko'mak ko'rsatish maqsadida vazirlik xodimlari mas'ul sifatida biriktirilgan.

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʻmuriy islohotlar yoʻlida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini o'rganish va bir xil amaliyotni shakllantirish, targ'ibot tadbirlarini qay yo'sinda tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Do'stlik tumanining chekka hududi hisoblangan “Manas” MFY da bo'lib o'tgan uchrashuv davomida mahalla yettiligi bilan suhbatlashilib, tadbirlarni hamkorlikda o'tkazish yuzasidan kelishib olindi. Mazkur qishloq aholisiga xizmat ko'rsatayotgan infokiosk faoliyati va tashkil etilgan “Adliya burchagi” bilan yaqindan tanishildi.

Shu bilan birga tuman adliya bo'limi xodimlari bilan uchrashib, farmonda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni samarali tashkil etish borasida maslahatlashildi. Bu borada xodimlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.

28
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida “Mahalla yettiligi” uchun oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash hamda murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur oʻrganishlar doirasida Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida Arnasoy tumani sektor rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun oʻquv-seminarlar boʻlib oʻtdi.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov ochib berdi va Jizzax viloyat hokimi oʻrinbosari Hamid Hasanov, Davlat boshqaruvi  akademiyasi prorektori Alisher Umarov, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi Sh.Sulaymonovlar maʼruzalari tinglandi.

27
“Huquqiy axborot kuni”

Hududlarda viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida o'tkazilayotgan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

Yoshlar va ularning qonuniy vakillari bilan muntazam ravishda olib  borilayotgan yuzma-yuz muloqotlar davomida mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinlarini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, yoshlar siyosati doirasida olib borilayotgan ishlar, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berib borilmoqda.

Yoshlarni qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tushintirishlar berish bilan bir qatorda yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan turli xil tarqatma materiallar tarqatilmoqda.

26
Gallaorol tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi

Tuman aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish borasidagi amalliyotni yo'lga qo'yishga e'tibor qaratildi.

Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarga imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari topshirildi. Bu imkoniyatdan unumli foydalanib endilikda har bir ayol o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yib, oilasiga daromad olib kirishga ko'maklashadi.

Bunday uchrashuvlar rahbarlarning xalq orasiga yanada yaqinroq kirib borishiga va bu orqali muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga, eng muhimi ularning sabablarini aniqlashga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

25
ADLIYA KUNI

Xabar berganimizdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi "Ma'muriy islohotlar yo'lida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmonida adliya organlari rahbarlari tomonidan mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o'tkazib borish belgilangan edi.

Shunga ko'ra, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari B.Ikromov rahbarligida Do'stlik tumanining Manas MFYda tadbir tashkil etildi.

Sayyor qabul tarzida o'tgan tadbirda aholini qiynayotgan muammolar tinglanib, 3 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etilgan bo'lsa, 6 nafar fuqaroga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 10 nafar fuqarolarning murojaatlari o'rganish talab etilganligi sabab ish yurituviga olindi.

Bundan tashqari DXM xodimlari tomonidan 16 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun davlat ro'yxatidan o'tkazilib, yana 7 nafariga har xil turdagi sayyor davlat xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek, “Huquqiy ko‘mak” aksiyalari doirasida mahallaning “Alpomish” ko‘chasida uyma-uy yurgan holda aholi muaammolari yuzasidan huquqiy tushintirishlar ham berildi.