Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

15
#Zakovat_2023

Xodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek, mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat adliya tizimida muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazib kelinmoqda.

Bugun o'yinning final bosqichi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahsda jamoalar bor bilim va salohiyatini ishga soldilar. Finalgacha etib kelgan 3 ta jamoa ishtirokida o'tkazilgan o'yin yorqin lahzalarga boy bo'ldi.

1-o'rin ISHONCH
2-o'rin UNION
3-o'rin ADOLAT jamoasiga nasib etdi.

14
Adliya aralashgach...

Baxmal tuman adliya bo'limiga fuqaro S.Xolmo'minovadan murojaat kelib tushdi. Uning mazmuni quyidagicha;
Men tuman tibbiyat birlashmasiga qarashli KTMP tibbiy brigada hamshirasi vazifasida ishlar edim. 2022-yildan 1-iyundan hamiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqdim. 2023-yil 1-noyabrda TTB boshlig'i nomiga ish joyimga qaytishni so'rab ariza bilan murojat qilgan bo'lsamda, shu kunga qadar ish joyimga qaytarilmadim. Ushbu masalada qonuniy yordam ko'rsatishingizni so'rayman.

O'rganishlar natijasida fuqaroning murojaatda bayon etgan gaplari asosli ekanligi ma'lum bo'ldi. Adliya aralashuvi bilan S. Xolmo'minovaning tuman adliya bo'limiga yo'llagan murojaati ijobiy hal etilib, ishga qaytish to'g'risidagi arizasi 24.11.2023-yilda TTB boshlig'i tomonidan rezolutsiya qo'yildi va hozirgi kunda fuqaro o'z ish faoliyatini davom ettirmoqda

13
KORRUPSIYA NIMA?

“Korrupsiya soʻziga taʼrif bering” deb nomlangan tanlovimiz g'olibi aniqlandi.

Mazkur tanlovda Korrupsiya - jamiyat rivojlanishi va barqarorligining kushandasi, inson manfaatlari paymol etilishi garovidir ushbu tarif 100 ta ovoz bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

G'olib JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Tajibayev Jamshid Farhod o‘g‘li.

11
Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati

Har bir xalq, millat o‘z istiqloliga erishganidan so‘ng jahonda yangi mustaqil davlat sifatida tashkil topganligi, maqsadi, kelajak istiqbollarini Konstitutsiyada belgilab qo‘yadi. Chunki dunyodagi mavjud konstitutsiyalarning barchasi ularni ijod etgan xalqning, millatning siyosiy tafakkuri, ma’naviyati va madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham xalqimiz tabiatiga mos barcha ma’naviy-madaniy qadriyatlarni, xalqimiz donishmandligini, axloqiy fazilatlarini o‘zida mujassam etgan. Asosiy qonunimiz yillar davomida xalqimizning dilidan joy oldi, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda majburiyatlarini o‘zida mujassam etgan dasturul amal sifatida namoyon bo‘ldi. Yillar o‘tgan sayin Konstitutsiyamizning mukammalligi, hayotiyligi, uning kelajakning ham talablariga javob bera olishi isbotlanmoqda. Bu esa istiqlolning ilk yillarida Asosiy qonunni yaratish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan va mashaqqatli mehnat samarasidir. O’tgan davr ichida nimaga erishgan bo‘lsak Konstitutsiya asosida amalga oshirildi, uning normalariga amal qilgan holda erishdik.

Konstitutsiyaning 23-moddasida davlat o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko‘rsatishi, 24-moddasida respublika hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq himoyalanishi kafolatlab qo‘yildi. Konstitutsimizning
13-moddasida: “O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” deb belgilab qo‘yilgan.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, barcha qonunlarimiz, olib borilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga, himoya qilishga yo‘naltirilgan. Shu ulug‘ maqsad yo‘lida davlatimiz umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslanib, fuqarolarimizning erkinliklari, huquq va qonuniy manfaatlarini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Istiqlol yillarida Yurtboshimizning tashabbusi va bevosita rahbarligida milliy qonunchiligimizda nafaqat inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, balki insonparvarlik tamoyillari ham kuchaytirildi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq Inson huquqlari umujahon deklaratsiyasi ratifikatsiya qilindi va undagi insonparvar mezonlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy me’yorlariga aylandi. Har bir insonning o‘z haq-huquqlarini bilib olishi uchun yetarli sharoitlar tashkil qilindi. Shuning uchun ham davr o‘tishi bilan biz Konstitutsiyamizning ahamiyati va mohiyatini, hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglab bormoqdamiz va unga bo‘lgan hurmat-e’tiborimiz tobora ortmoqda. Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligi, Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanganidir.

B.T.Zulfiqorov
X.Sulaymonova nomidagi RSEMning
Jizzax viloyat bo‘limi
yetakchi eksperti

11
Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Yangi O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasi xalqimizning hohish-irodasi, takliflari asosida yaratildi. Bu yilgi Konsitusiya bayramining 31 yilligi shu jihatlari bilan ham xalqimiz uchun ahamiyatlidir.

Bayramda “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi. Xalqimizning erki, huquqini o‘zida ifoda etgan ko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi. Adliya boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquqiy maslahat burchaklarini tashkil qilib, yoshlar hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda faollik ko‘rsatishdi.

Shu bilan birga huquqiy viktorina o'yinlari o'tkazilib, bilimdon yoshlarga sovg'alar ulashildi.

08
KONSTITUTSIYAM FAXRIM

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan aholi orasida o'tkazilayotgan tadbirlarning eng samaralisi jonli muloqotlar va noodatiy loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kun davomida 1000 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz tashrif buyuradigan Jizzax shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida "Bilasizmi" loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar yurtdoshlarimiz uchun ham qiziqarli ham foydali bo'ldi.

Viktorina savollari Yangilangan Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan moddalar mazmun-mohiyati yuzasidan tuzilgan bo'lib, fuqarolarimiz ulardan qay darajada xabardor ekanliklari sinovdan o'tkazildi.

Ishtirokchilarga hozirlangan sovg'alar ichida aynan Konstitutsiya kitobining borligi, uni har bir oilaga kirib borishiga erishish kabi maqsadni ro'yobga chiqaradi.

08
Adliya boshqarmasi boshlig'i va yoshlar uchrashuvi

8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan turli tadbirlar, fleshmoblan, viktorinalar tashkil etilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini sodda va xalqchil tilda tushuntirish maqsadida boshqarma boshligʻi A.Ergashev viloyatdagi “Nurli maskan” maktab internati oʻquvchilari bilan uchrashdi.

271 nafardan ziyod oʻquvchilar tahsil olayotgan mazkur taktab internatida bolalarning oʻqib oʻrganishlari, qiziqishlari doirasida kasb egallashlari, dam olishlari, sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilgan eʼtibor tufayli yangidan  taʼmirlanib, yanada chiroy kasb etgan taʼlim maskani oʻquv xonalari, bolalarning yotoqxonalari zamon talablariga mos holda jihozlangan.

Xalqchil Konstitutsiyamizning inson huquqlari borasida belgilangan moddalari batafsil tushuntirib oʻtildi. Imkoniyati cheklangan fuqarolarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ham maʼlumotlar berildi. Ochiq dars shaklida tashkil etilgan mashgʻulotlar oʻzaro samimiy suhbat tarzida davom etdi. Bolalarning kelajakdagi orzulari, qiziqishlari, rejalari tinglandi.

Shu bilan birga, maktab faoliyati, boshlangʻich sinf oʻquvchilari dars jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Bugun imkoniyati cheklanganligiga qaramay oʻqishga, oʻrganishga xarakat qilayotgan, oʻz ustida izlanayotgan mana shunday oʻquvchilarni koʻrib, ular shu kabi aʼlo sharoitlarga, imkoniyatlarga va imtiyozlarga arzirli yoshlar ekanligiga guvoh boʻlish mumkin. Uchrashuv davomida hamkorlikda ishlash, adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy masalalarda doimiy koʻmak berib borish yuzasidan kelishib olindi.

07
Konstitutsiyada mening huquqlarim

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Jizzax viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiyada mening huquqlarim" nomli rang tasvirlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor yoshlar oʻrtasida boʻlib o'tdi.  Imkoniyati cheklanganligiga qaramasdan bolajonlar o'z ijod namunalari bilan barchani hayratlantirdi.

Tanlov gʻoliblari va qatnashchilari adliya boshqarmasi va homiylar tomonidan tashkil etilgan estalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

05
"TARG'IBOT POYEZDI"ning bu galgi manzili DO'STLIK tumani bo'ldi

Adliya organlari tomonidan Doʻstlik tumanida Konstitutsiyaning yangilangan tahririning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan “Targʻibot poyezdi” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaviy normalar xalqchil tilda tushuntirildi.

Tadbir soʻngida faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari  bilan taqdirlandi.

04
Radioviktorina gʻolibi aniqlandi

Savollarga eng tez va toʻgʻri javob bergan tinglovchi Eʼzoza O'rinboyeva viktorina gʻolibiga aylandi. Ishtirokchiga Jizzax viloyat adliya boshqarmasining estalik sovgʻasi topshirildi.